Qon ketishi kelib chiqishiga ko'ra ikki turga bo'linadi;
1.Travmatik turi-odam yarador bo'lganda, biror joyi urilganda, shikasttlanishlar oqibatida vujudga keladi.
2.Jarrohlik turi-operatsiya qilinganda qon tomirlar ma'lum darajada shikasttlanadi va qon oqadi. Shikasttlangan qon tomirning anatomik va fiziologik holatiga qarab:
1) Arterial 2) venoz; 3) aralash; 4) kapillyar va 5) parenximaloz qon ketishi.
Arterial qon ketishida qon juda tez va kuchli fontanga o'xshab otilib chiqadi. Xavfli bo’lib tezlikda yordam berilmasa, bir necha minut ichida bemor o'lib qolishi mumkin. Agar каttа arteriуа tomiri shikasttlangan bo'lsa, bunda vishillagan ovoz bilan qon ketadi. Arteriyadan qon oqayotganini qo’yidagi belgilardan bilish mumkin: oqayotgan qon uzilib - uzilib ingichka bo'lib oqadi, rangi och qizil bo'lib (kislorodga boy), yaraning markaziy qismidan otilib chiqadi.
Venoz qon oqishi venalar shikasttlanganda paydo bo'ladi. Venalarda qon bosimi arteriyalardagiga nisbatan past bo’lganidan, u shikasttlanganda qon otilib chiqmasdan sekinroq, bir maromda va to’xtovsiz oqim bilan oqadi. Bunda qon to’q olcha rangda bo'ladi, qon yaraning periferik qismulan qib mradi. Venadan qon oqishi arteriyadan qon oqishidan sekinroq o'tadi, shuning uchun kamdan-kam hollarda hayot uchun havfli bo'ladi, biroq bo'yin va ko'krak qafasi venalari yaralanganda o'lim havfi vujudga keladi. Bo'yin va ko'krak qafasi venalarida nafas olish vaqtida manfiy bosim paydo bo'ladi va shunga ko'ra bu venalar yaralanganda chuqur nafas olish paytida ular ichiga havo kirishi mumkin, havo pufakchalari qon oqimi bilan yurakka kirib, yurak yoki qon tomirlarini bekitib qo’yishi-havo emboliyasi yuz berishi va tezda o'lim ro'y berishiga sabab bo'lishi mumkin. Mayda vena qon tomirlari shikasttlangan bo'lsa, qonning ivishi natijasida qon tomiri uchlarida tromb hosil bo'lib, oqayotgan qon o'z-o’zidan to'xtashi mumkin.
Aralash qon oqishi. Arteriya va vena qon tomirlarining alohida shikasttlanishi kam uchraydi, shuning uchun ko'pincha qon ketishda, ya'ni bir vaqtning o'zida ham arteriya, bam vena tomirlari
shikasttlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |