O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Qon ketishining batamom to'xtatish
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon-ketishini toxtatadigan fizik omillar gruppasiga quyidagilar kiradi
Qon ketishining batamom to'xtatish vrachlar shifoxonalarda o'tkazadi. Qon tomiri yo'lini berkitish uchun: 1) mexanik; 2)fizik: 3)ximik: 4) biologic preparatlar yuborib ivishni ta'minlashdan iborat.
Qon ketishini mexanik usulda to'xtatishga quyidagilar kiradi: yarani bog'lash yoki qon ketayotgan tomirni tikish, yarada ajralib turgan qon tomirni bog'lash, protez tomir qo'yish qo'llaniladi. Qon-ketishini to'xtatadigan fizik omillar gruppasiga quyidagilar kiradi: 1)diatermokoagulyasiya-bu efektr pichoq bilan qon tomir va to'qimalarni kuydirish; 2) past haroratda sovutilgan suv, muz parchalari, qor bilan to'qimalarni muzlatib qo'yish; 3) yuqori energiya (lazer "pichog'i", plazmali skalpel) qo'llaniladi. Qon ketishning kimyoviy usulda to'xtatish mahalliy qon tomirlarining local qisqarishiga asoslangan bo'ladi (shilliq qavatga adrenalin surtish). Ba'zi dorilar organizmga umumiy yuborilganda qon tomirlarini qisqartiriladi va qon ketishini to'xtatadi (sporinya, pitutrin). Ca tuzlari, gelofibin, epsilon-aminakapron qonning ivishini tezlatadi. Biologik usullari-qon ketayotgan to'qimalar sathini charvi, mushak, moy to'qimasi, fassiya bilan berkitish (tamponada), qon ketishni to'xtatish uchun qon plazmasi, trombositar massasi, qon Preparatlari, vitaminlar beriladi. Organizmda qon miqdorining kamayishi yurak faoliyatini yomonlashtiradi, hayotiy muhim organlar: miya, buyrak, jigarning kislorod bilan ta'minlanishi buziladi. Ichki qon ketish shikasttlangan qon tomirlaridan bo'shliqqa, oraliqqa, ichki organlar joyiga va uning atrofiga tarqalish yo'li bilan namoyon bo'ladi. Shikasttlangan qon tomiridan ichki organlar yoki plevra bo'shlig'iga qon kelish baddan tashqari katta bo'ladi. Ichki qon oqishi teshib kirgan yaralanishdan, yopiq shikasttlanishlarda. (qattiq zarb tegishi, balandlikdan yiqilishi, biror narsaning bosilib qolishi natijasida teriga shikastt yetmay ichki organlar yorilganda) shuningdek, ichki organlar kasalliklari (yara, rak, sil, qon tomirlar anevrizmasi) da kuzatiladi. Plevra va qorin bo'shlig'iga organizmda aylanib yuradigan qonning hammasi sig'adi, shuning uchun bunday qon oqish o'limga sabab bo'lishi mumkin. Ichki qon ketishning o'z-o'zidan qon to'xtatishining iloji yo'q, chunki qon tomirini bosish mumkin emas, katta anatomik hajm ichki bo'shliq bosimining ko'tarilishiga yo'l qo'ymaydi, ichki qon ketish katta hajmda bo'lsa, aniq belgilar (terining oqarishi, arterial qon bosimining pasayishi, tomirlar tez urishi, nafas olishning qiyinlashishi, gemoglobinning kamayishi, eritrositlar sonining kamayishi) umumiy kamqonlik kasalligining klinik belgilari bilan xarakterlanadi. Xotin-qizlarda ichki qon ketishi bachadondan tashqari homiladorlikda ko'p qon yo’qotsh bilan,(2,3 litrgacha ) sodir bo’lib , u o’zidan-o’zi toxtamaydi, balki peritonit holatini keltirib chiqarish havfini tug’diradi . Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling