O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam korsatish.
Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1) Tug'ma suyaklar chiqishi: 2) Travmatik suyaklar chiqishi; 3) Patologik suyaklar chiqishi: 4)Odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi. Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi. Harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o`zgaradi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'g`mda kuchli ogriq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksatsiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l yoki oyoq karaxt bo'lib qolishi ro`y beradi, bu holat nerv tolasi qisilihidan va chiqqan suyak bo`lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay quyishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish vaqtida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo`g'im sohasining shakli buziladi. Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor, odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemoг oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashhisi rentgenografiya yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib kuriladi. Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan oyoq voki qolning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo`yish kerak, qimirlamaydigan qilib immobilizatsiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxla, reykalar bilan immobilizatsiya qilish kerak. Qo`l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga osib qo’yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo`lganda, og`riq qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak. Bemor tezda davolash muassasiga olib boriladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi. Teri va shilliq pardaning mexanik ta'siri natijasida butunligi buzilishiga ochiq shikastlanishlar yoki jarohatlar deyiladi. Bunday buzilish natijasida ancha chuqur to'qimalar xatto ichki organlar ham zararlanishi mumkin. Jarohatlar kelib chiqishi, xususiyatlariga va to'qimalarning zararlanish xarakteriga qarab quyidagicha farqlanadi: 1. O'q tekkan jarohatlar. 2. Sanchilgan jarohatlar. 3. Kesilgan jarohatlar. 4. Chopilgan jarohatlar. 5. Urib olingan jarohatlar. 6. Ezilgan jarohatlar. 7. Yirtilgan jarohatlar. 8. Lat yegan jarohatlar. 9. Tirnalgan jarohatlar. 10. Tishlangan jarohatlar. 11. Zaharlangan jarohatlar. 12. Aralash jarohatlar. 1. O'q tekkan jarohatlar-otish qurollarining ishlatilishi natijasida kelib chiqib, ikkiga bo'linadi: a).O'q tekkan va b).Oskolkali jarohatlanishga bo'linadi. Bu jarohatlanishida jarohat kanali hosil bo'ladi. Shikast yetkazuvchi narsani tanа ichkarisiga kirishi natijasida to'qimalar orasida hosil bo'ladigan bo'shliqqa jarohat kanali deyiladi. Q`q tekkan jarohatlanishda o'q kirgan teshiklar yo'lakchasi yoki bo'shlig`i, o'q teshib chiqish joyi, yara kanalida ivigan qon qoldiqlari, yot jismlar, snariyad, kiyim parchasi bo'lishi mumkin. Bu esa infektsiya xavfini tug`diradi. 2. Sanchilgan jarohatlar-pichoq, nayza, bigiz, mix kabi o'tkir asboblar ta'sirida sodir bo'ladi. Ko'pincha ichki organlar va yirik qon tomirlar shikastlanadi. 3. Kesilgan jarohatlar-bular o'tkir kesish asboblari (oyna, pichoq, ustara) natijasida yuzaga chiqadi. Bunday yaralar ochiq, atrofi tekis bo'lib, ko'pincha ulardan qon kctadi. 4. Chopilgan jarohatlar-o'tkir va og`ir qurol (qilich, bolta, tesha va xokozo) ta'siri natijasida yuz beradi. Bunday jarohatlar chuqur bo'ladi. qattiq zarb natijasida atrofidagi to'qimalar zararlanadi. 5. Urib olingan jarohatlar yirtilgan jarohatlar ham deyiladi. O'tmas quroldan yuzaga keladi, to'qimalar qattiq shikastlanadi, chetlari bo`lmay to'qimalar osilib luradi bu jarohatlar ifloslanishga tez uchraydi. 6. Ezilgan jarohatlar to'mtoq asboblar ta'sirida (tayoq, tosh va boshqalar) kelib chiqadi. Bunga majaqlangan, yulingan jarohatlar kiradi, ular to'qimalarning umumiy shikastlanishi va ozroq qonash bilan kechadi.Majaqlangan yerning katta bo'lishi ko'pincha jarohat atrofi uyilishi va infeksiya to'planishiga olib keladi. 7.Yirtilgan jarohatlar. Biror joydan yiqilib tushganda sodir bo'ladi. Bu jarohatlarda qon kam ketadi, ular kuchli og'riq beradi, ifloslanadi ko'pincha ular to'qimalarning mahalliy nekrozi, qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. 8.Lat yegan jarohatlar to’mtoq narsalar ta'siri natijasida kelib chiqadi. Jarohat chetlari majaqlangan, notekis, qonga belangan bo'ladi. 9.Tirnalgan jarohatlar. Bevosita odamlar, hayvonlar yoki biror narsaning tegib ketishidan yuzaga chiqadi. Bu jarohatlar juda уuzа bo'ladi. 10. Tishlangan jarohatlar. Hayvonlar va odamlar tishlashi natijasida yuzaga kelib, bu jarohatlar faqat o'zining kattaligi, chuqurligi, yriklashishi bilan farqlanadi. Bu esa og'ir asoratlarga ya'ni quturish kasalligiga olib keladi. 11. Zaharlangan jarohatlar. Ilon, chayon chaqqanda terini zaharlovchi moddalar ta'sirida kelib chiqadi. 12. Aralash jarohatlar – deganda, hozirgi kunda jangavor zaharlovchi moddalar yoki radiasiya ta'sirida, boshqa jarohatlar bilan ro'y berayotgan holatlar nazarda tutiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling