O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet85/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik kechishi. lnkubasion davri o'rtacha ikki hafta davom etadi. Boshlanishida bosh og’rig'i, charchoq ,uyqusirash belgilari nomoyon bo'lib, bemor terlaydi va jarohat atrofida og’riq paydo bo’ladi.Tonik va klonik trishishlar paydo bo'lishi asosiy belgilaridan bo'lib, chaynash mushaklari charchab trizm yuzaga keladi. Bu esa og'izni ochishni qiyinlashtiradi. Mimik mushaklar tirishib, yuzda o’ziga xos “Sardonik” kulgu paydo bo'ladi. Tirishish o’qtin -o’qtin bo'lganligi uchun bemorni charchatadi, yengil yelvizak, tovush ham yangi tirishish holatini keltirib chiqarishi mumkin. Agar tirishish xalqum va nafas mushaklarida bo'lsa,
bo’g’ilishga olib keladi. Harorat 42 C ga ko’tariladi.Yashin tezligidagi qoqshol bir ikki kunda o’limga olib keladi .Agar qoqshol yaxshi kechsa 14- 60 kunda bemor tuzaladi .
Oldini olish choralari. Spesifik profilaktikaga organizmning qoqshol taksiniga qarshi himoya kuchini oshirish kerak .Bunig uchun qoqsholga qarshi anatoksin zardobi yuboriladi .Bu muolajalar har bir tasodifiy jarohatdan so’ng qilinadi.
Nospesifik profilaktikaga mikroblar yot jismlarni jarohatdan olib tashlash ya’ni birlamchi xirurgik tozalashdan iborat .
Anaerob infeksiya:Gazli gangirena -klostridial infekesiya cheklangan qo'zg’аtuvchisi bo'lib, ularning xususiy belgilariga yallig'lanish jarayonining yo'qligi, shish, gaz hosil qilish, to'qimalar yemirilishi, bakteriyalar toksini va to'qimalar yemirilishi natijasuda vujudga keluvchi zararlanish kiradi.
Anaerob infeksiya asosan, jarohatlarning asorati bo'lib, ko'proq urish davrida, kamroq tinchlik davrida uchraydi.
Keltirib chiqaruvchi sabablari: birlamchi jarrohlik ishlovining sifatsiz o'tkazilishi, snaryad parchalari tekkanda paydo bo'lgan ifloslangan jarohatlar (tuproq, kiyim parchalari, mushak ezilishi), mahalliy va umumiy qon aylanishining buzilishi hollari (jgut ,tomirlar bog'lanishi, tiqin qilib bog'lash, anemiya, shok), chunki kislorod yetishmasligi anaeroblar uchun yaxshi muhit hisoblanadi, organizm himoya kuchining kamayishi, jarohat sathining transportdan shikastllanishi, yomon tahtakachlash gazli gangrenaga sabab bo'ladi.
Klinik kechishi- Jarohatda lo’qillagan sezgi paydo bo'lishi boshlanayotgan asoratning eng dastlabki belgisi hisoblanadi tez orada u chidab bo'lmaydigan og’riqqa aylanadi. Jarohat atrofidagi to'qimalar tezda shishadi. Teri muzday bo'lib qoladi, qora dog'lar bilan qoplanadi, tomirlar urushi yo’qoladi. Jarohat sohasidagi to'qimalar bosilganda barmoqlar ostida krepitatsiya g'ijirlash, qirsillash seziladi. Bu kasallikda hosil bo'ladigan gaz pufakchalarining to'qimalariga kirishiga bog’liq. Gavda temperaturasi tezda 39 – 40 C gacha ko'tariladi. Puls tezlashadi. Arterial bosim tushib ketadi. Gazli gangrena asosan орerаsiya yo’li bilan davolanadi: O’lik to'qimalar kesib, tashlanadi, agar jarayon zo’rayaversa amputasiya qilinadi. Spesifik davolash gangrenaga qarshi zardob qo'llaniladi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling