O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Yuza va chiqur jaroharlar


Download 0.82 Mb.
bet83/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Yuza va chiqur jaroharlar farq qilinadi. Yuza jarohatlar teri va shilliq pardalarning shikastlanishi bilan harakterlanadi. Chuqur jarohatlar tomirlar, nervlar, suyaklar, paylar, ichki organlarni shikastlanishi bilan o'tadi.
Jarohatlarning klinikasi va asoratlari.
Har qanday jarohat og'riq, terining ochilib qolishi va qon oqishi bilan o’tadi.
Og’riq jarohat yuzaga chiqqan zahoti kuchli bo'ladi. Og'riqning keskin kuchayishi xarakterining o'zgarishi jarohatlarda asoratlar yirglanish, anaerob infeksiya avj olayotganidan dalolat beradi.
Yara chetlarining ochilishi-yumshoq to'qimalarning qayishqoqligiga va qisqarish xususiyatlariga bog’liq. Jarohat qancha katta va chuqur bo'lsa, chetlari shuncha ko’p ochilib qoladi.
Jarohatdan qon oqishi shikastlangan tomirlar turiga (arleriya, vena, kapillyar) arierial bosim darajasiga va jarohatning xarakteriga bog’liq. Kesilgan va chopilgan jarohatlardan qon ko'p oqadi. Majaqlangan ya'ni urilgan jarohatlarda to'qimalarda tomirlar ezilgan bo'lib kam qonaydi.
Jarohatlanishning quyidagi formalari farqlanadi: yengil, o'rtacha og’irlikdagi, og'ir formalar, bular tashqi jarohatning qanchaligi, jarohatning chuqurligi, ichki organlarda shikastlanishning harakteri va vujudga keladigan asoratlar bilan belgilanadi.
Asotatlari: Qon oqishi, jarohatlangan organlar funksiyasi buzilishi, peritonit, pnevmotoraks, shok, hushdan ketish va terminal holatlarga bogliq bo’ladi. Jarohatlanishda qon oqishi va jarohatga infeksiya tushishi katta xavf tug'diratli. Chuqur jarohatlar ko'p qon oqishi bilan kechib, kamqonlikka sabab bo'ladi.
Katta va kichik yaralanishlarda yiringli-yallig'lanish prosessi shunchalik jadal o'tadi-ki, organizm yiringlagan joy atrofida himoya to’garakcha hosil qilishga ulgura olmaydi, va infeksiya qon oqimiga o'tib ketib hamma organlar hamda to'qimalarga tarqalishi mumkin, bu-umumiy zaharlanish, sepsisdir.
Yiring hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari jarohatga qoqshol va gazli gangrenasi singari kasalliklarni keltirib chiqaradigan bir muncha xavfli mikroblar tushishi mumkin.
Sepsis - umumiy nospisfik yiringli inteksiya turli mikroblar va toksinlar tufayli kelib chiqadigan og'ir kasalliklar hisoblanadi. Sepsisda potogen mikroblar qonga tarqaladi va organism reaktivligi o'zgaradi.Turli mikroblar: stafilakokklar, streptokokklar, entrobakteriyalar, anaeroblar, va zamburug'lar ham sepsis kasalligiga sabab bo'la oladi.
Sepsis mahalliy yiring jarayoniga qo'shilganda, birlamchi yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin abstsiss, karbunkul, infeksiyaning kirish darvozasi sepsisning avj olishida muhim omil hisoblanadi. Ular quyidagilar: 1) yumshoq to'qimalar, suyaklar, bo'g'imlar va bo’shliqlarning og'ir jarohatlanishi, shu jumladan jarohatlarning nekrotik to'qimalari va qon quyilishi bilan davom etadigan kattagina yorilgan joylar: 2) mahalliy yiringlash jarayonlari (chipqonlar, abssess,aseptika va antiseptika qoidalari buzilgandan kelib chiqadigan jarohatlar infeksiyaning kirish darvozasi hisoblanadi. Scptik asorailar ko'proq yot jismlar ajialib chiqqanda, yiringli uchoqlar operasiya qilinganda uchrab turadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling