Klinik kechishi. Sepsisning o’ziga xos simptomlari bo'lmaydi. Sepsisning umumiy va mahalliy simptomlari tafovud qilinadi. Umumiy simptomlar turli organlar va tizimlardagi o'zgarishlar bilan, mahalliy belgilari esa dastlab birlamchi o’choqda,keyin esa yiringli metastazlar mahalliy namoyon bo'ladi.Sepsis ko'pincha asta-sekin rivojlanadi. Bemorni ahvoli og’irlashadi ko’zlari kirtayib, yuzi qizaradi, u ko'p terlaydi, a'zoi-badani qaqshab og’riydi. Keyinchalik bemorni tashqi ko'rinishi ham o'zgaradi: ko'zlari xira tortadi, terisi oqish ko’kimtir tusga kiradi (tsianoz), sariq kasalligi paydo bo'ladi. Badanida juda mayda to'q ko'kimtir dog'lar toshadi.
Umumiy belgilariga bemorning boshi og'riydi u qusadi, uyqusi buziladi, es-hushi kirarli-chiqarli bo'lib qoladi, septik shok ro'y berganda bemor hushidan ketadi. Harorati juda yuqori 39-40 C darajagacha ko'tariladi, harorat tushganda bemor ko'p terlaydi. Tez orada bemor ozib ketadi, umumiy quvvatsizlik, septik ich qotishi kuchayib boradi. Harorat pasayib ketadi, tomir tez-tez ura boshlaydi. Yurak faoliyati yomonlashadi, qon bosimi pasayadi,qonda kamqonlik rivojlanadi.
Jigar kattalashadi, taloq kattalashadi, buyraklar faoliyati buziladi siydikda oqsil, toksinli silindrlar paydo bo'ladi, azot qoldiqlari va qon miqdori oshib boradi. Bemorlar kasalxona sharoitida davolanadi.
Sepsisning oldini olish choralari. Jarohatlarga puxta va o’z vaqtida e'tibor berish kerak.Birinchi navbatda ularni jarrohlik yo'li bilan yiringni chiqarib, bo'shliqni yuvib tozalashga,shuningdek mahalliy yallig'lanish jarayonlariga davo qilishga va organizmning himoya kuchini mustahkamlashga qaratilishi lozim.
Qoqshol -spesifik o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, sporali anaerob tayoqcha qo'zg’atadi. Bu tayoqcha ikkita toksin-tetanospazmin va tetanogemolizin ishlab chiqaradi. Tetanospazmin asab tizimiga ta'sir qilib, targ'il mushaklarda tonik va klonik tirishishlar paydo qilsa,
tetanogemolizin esa eritrositlarni eritadi.
Keltirib chiqaruvchi sabablari.Ifloslangan jarohatlar, infeksiyadan so'ng kuyishdan, elektr tokidan shikastlanishlar, sovuq qotishdan va operatsiyadan so’ng ,chala homila tashlaganda qoqshol kasalligi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |