O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Hozirgi paytda bolalar jarohatlanishning quyidagi tasnifi qabul qilingan


Download 0.82 Mb.
bet78/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Hozirgi paytda bolalar jarohatlanishning quyidagi tasnifi qabul qilingan.
1. Kundalik hayotda va ko’chada (transport vositalariga aloqasi bo'lmagan) ro'y beradigan baxtsiz hodisalar tufayli kelib chiqadigan jarohatlar.
2. Transport vositalari (mashina, traktor, motosikl, velosiped, tramvay, trolleybus va boshqalar) bilan urilish tufayli kelib chiqadigan jarohatlar.
3 Maktabda tanaffus, mehnat va jismoniy tarbiya darsi paytida kelib chiqishi mumkin bo'lgan jarohatlanishlar.
4 Sport musobaqalarida jarohatlanish. Bunday jarohatlanishni tashkil qilingan turli xil o'yin musobaqalari natijasida ro'y beradigan baxtsiz hodisa tufayli yuzaga keladi.
Hozirgi paytda jarohatlanishlar kundalik hayotda 82,6%, maktabda 7,7%, sport musobaqalarida 3,3%,transportda 1,3 %, va boshqalarda 5,1 % uchramoqda.
Suvga cho’kish.
Ochiq suv havzalarida cho'milganda ko'pincha suvga cho’kish hollari kuzatiladi. Odam suv ostiga tushib qolganda kuchli harakatlanish holatiga keladi va suv yuzasiga turishga harakat qilib tez-tez moslashmagan harakatlar qiladi. Cho’kish vaqtida cho’kuvchi nafas ushlab suv uzasiga chiqadi va havo olib yana suvga botadi.
Suvga cho’kishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: suzishni bilmaslik, mast holda suzish, bolalarning qarovsiz cho’milishi, man qilingan joylarda cho’milish va suv ostida suzish apparatidan foydalanishni bilmaslik. katla suv havzalarida cho’milish, uzoq masafaga suzib borib charchab qolish, suvga bosh bilan tashlaganda, shikasttlanish (boshning toshga yoki biror narsaga urilib yorilishi, suvga tushganda sovuqni yomon sezganligi uchun sovuq qotib hushdan ketishi, oftobda qizib turib birdan suvga tushish natijasida harorat keskin o'zgarganda, me'da ovqatga to’lib ketib, zo’r berib ovqat hazm bo’layotganda muskullar zo'riqishi natijasida organizmda qon noto'g'ri taqsimlanadi va suvga birdaniga tushganda qo'rquvdan odam hushidan ketib cho'kadi.
Suv ostida uzoq muddat bo'lganda kislorod yetishmashligi va karbonat angidrit gazi ko'payib ketishi natijasida kishi hushidan ketishi mumkin. Suvga cho'kish quyidagi turlarga bo'linadi:

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling