O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir
II BOB. SAFAVIYLAR DAVLATIDA ABBOS I HUKMRONLIGIING O‘RNATILISHI
Download 205.84 Kb.
|
abbos I
II BOB. SAFAVIYLAR DAVLATIDA ABBOS I HUKMRONLIGIING O‘RNATILISHI
Safaviylar davlati shoh Abbos I davrida (1587—1629) kuch-qudratga to‘lgan. Abbos I ning hukmdorlik davri, markaziy shoh davlatining eng yirik mustaqil feodallarni tugatish hisobiga so‘zsiz o‘sishi bilan xarakterlanadi. Bu feodallar bir vaqtlar yangi sulolaning yuksalishiga yordam bergan Ozarbayjondagi turkman qabilalarining boshliqlaridan tashkil topgan edi. Safaviylar hokimiyat tepasiga kelgan davrdan to Abbos I podsholik qilayotgan paytgacha o‘tgan sakson yillik davr mobaynida ular ko‘chmanchi qabila zodagonlarining eng yirik vakillaridan qudratli o‘troq feodal yer egalariga aylanib, shohning oliy hokimiyati ostida amalda ko‘p jihatdan mustaqil bo‘lgan juda katta hududlami nazorat ostida saqlaganlar. Ana shu mustaqil xonlarga qarshi kurash - Abbos 1 hukmronlik qilgan dastlabki davrning katta qismini tashkil etgan. O‘ndan ortiq xon davlatlari Abbos I tomonidan tamomila tugatilib, ko‘pgina xonlar qatl etilgan, ularning yer va mol-mulklari esa musodara qilingan. Natijada shohning obro‘si ancha oshib, markaziy hokim iyat ahamiyatining o‘sishidagi sabablardan biri bo‘lib xizm at qilgan8. Abbos I davriga kelib safaviylar Eronning o‘z feodallari va Eron savdogarlari bilan juda yaqinlashib ketganlar. Bu narsa poytaxtning shimoldan janubga Tabrizdan Isfaxon shahriga ko‘chirilishida o‘z ifodasini topgan. Abbos I harbiy ishga katta e’tibor bergan. U Turkiya bilan hal qiluvchi urushga tayyorgarlik ko‘rib, 12 ming kishilik piyoda va g‘ulom lar deb ataluvchi 10 ming kishilik otliqlardan iborat muntazam armiya barpo etgan. G‘ulomlar o‘z tuzilishlari jihatdan turk yanicharlariga o‘xshagan. Chunki, ular ham xristian aholidan, asosan Kavkazortining gruzin va arman aholisidan zo‘rlik bilan tortib olingan bolalardan tashkil topgan edi. Ushbu bolalar musulmonga aylantirilar va Eronda o‘ta mutaassib ruhda tarbiyalanganlar. Abbos ingliz muhandislari yordami bilan o‘z armiyasida o‘q otuvchi qurol va to‘plarni joriy qilgan. Muntazam doimiy qismlar tashkil qilish bilan bir vaqtda Abbos I feodal lashkariaridan ham foydalangan. Bu lashkarlar turli qabilalar va ayniqsa ko‘chmanchi qabilalar orasidan to‘planib, shohlar qo‘shinida eng asosiy rolni o‘ynagan. Umuman olganda Abbos I ning 120 ming kishidan iborat juda katta armiyasi bo‘lib, shoh ana shu armiyasi bilan 1602-yilda turk sultoniga qarshi urush boshlagan. Turkiya—Eron urushi o‘n yil davom etib, 1612-yilgi sulhga binoan, Eron XVI asr 90-yillarining boshlarida Turkiyaga berishga majbur bo‘lgan deyarli barcha viloyatlarini o‘ziga qaytarib olgan. Bu yerlar tarkibiga Gruziya, Armaniston, Shirvon, Ozarbayjonning Janubiy viloyatlari, Kurdiston, Bag‘dod va Mesopotamiya kirar edi. Turkiya sultoni va Eron shohi o‘rtasidagi navbatdagi kurash Eronning g‘alabasi bilan tugagan. Natijada yuqorida sanab o‘tilgan ko‘pchilik mamlakatlar aholisining ahvoli yaxshilanishi o‘rniga yomonlashgan. Xususan, Abbos I ning alohida chegara dasht zonalarini (turklar bilan yangi urush ehtim oliga qarshi) yaratish sohasidagi tadbirlari Gruziya bilan Armaniston aholisi uchun ayniqsa og‘ir bo‘lgan. Buning natijasida juda ko‘plab aholi o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylarni tashlab ketishga majbur bo‘lgan9. Turkiya bilan urush tamom bo‘lgandan so‘ng ko‘p o‘tmasdan Abbos I uning davriga kelib yana ajralib ketgan Xurosonni, shuningdek Afg‘onistonning kattagina qismini o ‘z yerlariga qo‘shib olgan. 1622-yilda Abbos I qo‘shinlari Fors qo‘ltig‘idagi Ormuz portidan portugaliyaliklami haydab chiqargan. Eron qo‘shinlarining Ormuzni qo‘lga olish jarayoni ingliz flotining harakatlari bilan qo‘shib olib borilgan. Ammo inglizlarning yordami beg‘araz emas edi. Abbos I Angliyaning Ost-lndiya kompaniyasiga o ‘z davlatida savdo qilish huquqini berishga majbur bo‘lgan. Isfaxonda va boshqa shaharlarda ingliz idoralari va savdo uylari ochilgan. Keyinchalik hukumat inglizlar bilan raqobat qiluvchi Gollandiyaning Ost-lndiya kompaniyasiga ham ko‘pgina savdo imtiyozlarini bergan. XVI asr oxiri – XVII asr boshlariga kelib Eronning iqtisodiy ahvoli ancha yaxshilandi, Safaviylar davlati ham mustahkamlandi. Davlatga qarashli yerlarmulki devoniy (amlok) Shohning mulki – xos yerlar ancha kengaydi. Shoh yerlari dastlabki safaviylar davrida ham katta edi. Lekin eng ko‘p yerlarni Abbos I (1571–1629) egalladi. Frantsuz sayohatchisi Shadrenning yozishicha, Shohning mulklariga Eronning eng hosildor yerlari va iqtisodiy rivojlangan hududlari kirib, bu yerlar mamlakat umumiy yerlarining 2/3 qismini tashkil qilardi. Davlat va Shoh yerlaridan tashqari vaqf yerlari ham mavjud bo‘lib, bu yerlardan qoladigan foyda shia ruhoniylariga tegishli edi. Safaviylar o‘z xizmatida bo‘lgan zodagonlarga yerlarni suyurg‘ol shaklida emas, asosan tiul shaklida, ya’ni bir umrga, lekin meros bo‘lib qolmaslik sharti bilan tarqatishardi. Safaviylar davlati bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan sust bog‘langan hududlarni birlashtirgan harbiy-siyosiy uyushma edi. Shunga qaramasdan XVII asrda Eron iqtisodida, ayniqsa markaziy, G‘arb iy va shimoliy hududlarda ma’lum o‘sish yuz beradi. Qishloq xo‘jaligi rivojlanib, yo‘llar, sun’iy sug‘orish inshootlari barpo qilindi, tovar ishlab chiqarishi o‘sdi, savdo, ayniqsa tashqi savdo aloqalari kengaydi. Tovar-pul munosabatlarining kengayishi shaharlarning rivojlanishiga, savdo va hunarmandchilik markazlariga aylanishiga olib keldi. Mamlakatdagi nisbatan iqtisodiy va siyosiy barqarorlik bir qator islohotlarni o‘tkazish uchun sharoit yaratdi. Bu islohotlar Shoh Abbos I davrida o‘tkazilib, asosan markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratildi. Abbos I 1587 yili 17 yoshida qizilboshlilar qabilalarining oqsoqollari tomonidan taxtga o‘tqazilgan bo‘lsa-da, o‘z homiylari qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qolmadi, u qizilboshlilarni tez orada hokimiyatdan uzoqlashtirdi. Shoh markaziy hokimiyatning mustahkamlanishidan manfaatdor bo‘lgan katta yer egalariga tayanib ish ko‘rdi10. Tashqi siyosat ham mamlakatda barqarorlik o‘rnatishga xizmat qildi. Abbos I 1590 yili turklar bilan Istambul shartnomasini imzoladi. Unga ko‘ra Sharqiy Gruziya, Sharqiy Armaniston, Kurdiston, butun Ozarbayjon va Luristonning bir qismi usmoniylarga o‘tdi. Abbos I esa turklar bilan sulh imzolangandan so‘ng butun kuchini O‘zboshimcha ayirmachi feodallarni bo‘ysundirishga va shimoldagi O‘zbek xonlariga qarshi qaratdi. Natijada 1597 yili Nishopur, Mashhad, Hirot va Marv O‘zbek xonlaridan tortib olindi. Abbos I ning davlatni markazlashtirish va ma’muriy tuzumni takomillashtirish siyosati asosan feodal tarqoqlikni tugatishga qaratilgan edi. Abbosgacha armiya harbiy feodal qizilboshlarning alohida otliq guruhlaridan, dehqonlarning ko‘ngilli piyoda qo‘shinlaridan va Shohning xavfsizligini ta’minlovchi otliq guruhlardan iborat edi. Harbiy islohotlar o‘tkazish natijasida Abbos I 12 ming kishidan iborat o‘qchi-mushketyorlar, 10 ming kishilik asosan kavkazliklardan tashkil topgan otliq g‘ulomlar, 12 ming kishi va 500 to‘pdan iborat artilleriya korpusidan tashkil topgan muntazam armiya tuzdi. Qo‘riqchilar korpusi (Shohning xavfsizligini ta’minlovchi otliq guruh) saqlab qolindi. Shoh qizilboshlilarning qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Masalan, 1596 yili Shohning buyrug‘i bilan qizilboshlilarning taqali qabilasi qirib tashlandi. Shohning xizmatiga sodiq qolgan qabilalar «Shohsevar» (Shohni sevuvchilar) nomini oldi. Harbiy islohotlar o‘tkazib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandan so‘ng, 1602 yili Abbos I Turkiyaga qarshi urush boshladi. Urush davom etgan o‘n yil ichida u Ozarbayjon, Luriston, Kurdistonning bir qismi, Sharqiy Armaniston va Sharqiy Gruziyani usmoniylardan qaytarib olishga erishdi. Bu urush kavkaz xalqlariga juda katta kulfatlar keltirdi. Safaviylar tashqi siyosatdagi singari ichki siyosatda ham juda shafqatsiz edilar. Masalan, Abbos I yaxshi jang qilmaganligi uchun o‘g‘illaridan bittasini o‘ldirishni, ikkitasini esa ko‘zlarini ko‘r qilishni buyurgan. Abbos I davrida butun davlatni boshqarish ishlari Shoh saroyida to‘plangan edi. Saroyda «ulug‘lar majlisi» deb ataluvchi O‘ziga xos davlat kengashi ham faoliyat yuritardi. Shohning hokimiyati cheklanmagan bo‘lsa-da, muhim masalalarni hal qilishda Shoh va «ulug‘lar majlisi» shariat qoidalariga amal qilishlari va musulmon ruhoniylarning fikrlari bilan hisoblashishlari lozim edi. Abbos I davlat daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlar yig‘ishda ham ehtiyotkor siyosat olib bordi. U o‘z hokimiyati uchun xavfli hisoblangan hududlardan olinadigan qo‘shimcha va favqulodda soliqlarni qisqartirdi, markaziy tumanlarni esa bunday soliqlardan butunlay ozod qildi. Ammo qolgan yerlarning dehqonlari davlat va armiya uchun juda ko‘p sonli soliqlar to‘lar edi, Shuningdek, sug‘orish inshootlari, ko‘priklar, saroylar qurish kabi majburiyatlarni bajarar edi. Vaqti-vaqti bilan Shohning maxsus farmoniga ko‘ra aholidan o‘smirlar va qizlar saralab olinardi. Yigitlar ko‘proq Kavkazortidagi xristianlardan olinib, muntazam g‘ulomlar korpusiga yoki saroy soqchilari safiga qo‘shilardi. Qizlar esa Shoh haramiga olinar yoki boshqa amaldorlarga cho‘ri qilib berilardi. Ichki bozorning kengayishi, tashqi savdo aloqalarining mustahkamlanishi natijasida dehqon xo‘jaliklarining tovar-pul munosabatlariga tortilishi ularning sudxo‘rlarga qaramligini oshirdi va qishloqda mulkiy tengsizlikning kuchayishiga olib keldi. Shariat bo‘yicha bir musulmon ikkinchisiga tobe emasdi, Shuning uchun barcha dehqonlar rasman ozod hisoblanardi. Safaviylar davlatida dehqonlarning qaramlik darajasini har bir viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib baholash mumkin edi. Abbos I davrida o‘tkazilgan ma’muriy islohotlar jarayonida davlat poytaxti 1598 yili Qazvindan Isfahonga ko‘chirildi. Shoh yangi poytaxtni yuksaltirish uchun hamma imkoniyatlarini ishga soldi. Isfahon ajoyib saroylar majmuidan iborat qilib qayta qurildi. Shoh saroyi va Shoh machiti ayniqsa mahobatli va serhasham qilib qurilgan edi. Poytaxtda hunarmandchilik va savdoni jonlantirish maqsadida Shoh Julfa shahridan mashhur savdogar va hunarmand arman oilalarini bu yerga ko‘chirishni buyuradi. Julfadan ko‘chirilgan 15 ming oiladan Isfahonga faqat 3 mingi yetib keladi, xolos, qolganlari yo‘lda vafot etadi. Shu tariqa Isfahonning yonginasida Yangi Julfa deb ataluvchi savdo markazi paydo bo‘ladi. Umuman Isfahonda oltita yirik savdo-hunarmandchilik markazlari vujudga keladi. SHahar aholisi tez suratlar bilan o‘sib, XVI asr boshlarida 500–600 ming kishiga yetadi. Shu paytda Isfahonda 162 ta machit, 49 ta madrasa, 1802 ta karvonsaroylar, markaziy yopiq bozor va 273 ta hammom mavjud edi. O‘z davrining mashhur ustahunarmandlari, mohir rassomlari shu yerda to‘planishgan edi. Hunarmandchilikning sohalari orasida ayniqsa to‘qimachilik keng rivojlandi. Isfahon atrofida bozor uchun turli-tuman mato ishlab chiqaradigan 1460 ta mahalla ma’lum edi. Isfahondan tashqari Sheroz, Tabriz, Mashhad kabi boshqa shaharlarda ham Shohi, baxmal, parcha kabi matolar ichki va tashqi bozor uchun ko‘plab ishlab chiqariladi. Eronda to‘qilgan zardo‘zlik mahsulotlari ayniqsa Yevropa bozorlarida yuqori baholangan11. Ipak va zar iplardan do‘ppi va belbog‘lar tikish, gilam to‘qish ham keng tarqalgan edi. Ayniqsa Eron gilamlari mashhur bo‘lib, o‘sha paytdagi Yevropa monarxlarining saroylarini bezab turardi. XVI–XVIII asrlarda Eronda ishlab chiqarilgan badiiy san’at buyumlari – gilamlar, sopol va bronza buyumlari, qurollar pishiqligi va bezaklarning nafisligi bilan hozirgacha odamlarni hayratga soladi. Eronlik ustalar metallga ishlov berishda ham katta yutuqlarga erishadi. Ular tayyorlagan metall buyumlar – mushaklar, astronomiya asboblari, idishlar G‘arb iy Yevropa va Rossiya bozorlarida xaridorgir edi. Hunarmandlar ichki bozor uchun o‘simliklardan olingan bo‘yoqlar, teri buyumlari, oyna, sovun va boshqa xalq iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqarardi. Biroq qazilma boyliklardan foydalanish darajasi o‘ta past bo‘lib, xazinaga ulardan keladigan daromad umumiy daromadning bor-yo‘g‘i 0,18 foizini tashkil qilardi, xolos. Download 205.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling