O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168
Pivot Area – asosiy o‗lka. Kaspiy va Orol dengizi havzalaridan Shimoliy muz 
okeani qirg‗oqlarigacha bo‗lgan hududlar;
Outer Crescent – tashqi yarim oy davlatlari. Unga AQSH, Buyuk Britaniya, 
Yaponiya hududlari kiradi; Tаshqi yarimоy (yoki оrоl yarimоyi) – Tаlаssоkrаtik tа‘sir 
zоnаsigа kiruvchi gеоsiyosiy mаkоnni (Buyuk Britаniya, Shimоliy vа Jаnubiy Аmеrikа, 
Jаnubiy Аfrikа, Yapоniya) bildiruvchi аtаmа. Hоzirgi vаqtdа – аtlаntizmning strаtеgik 
nаzоrаti оstidаgi zоnа. 
Inner Crescent – ichki yarim oy. U o‗z ichiga Xitoy, Janubiy - sharqiy Osiyo va 
Hindistonni oladi. Oradan qancha vaqt o‗tmasin Makinderning o‗ziga xos ta‗limoti o‗z 
ahamiyatini 
yo‗qotgani 
yo‗q. 
Uning 
qarashlari 
qator 
geosiyosatchilarni, 
amaliyotchilarning diqqat markazida bo‗lib kelmoqda. Ichki yarimоy (qit‘а yarimоyi 
yoki Rimlаnd) – Yevrооsiyoning qirg‗оq zоnаsini bildiruvchi аtаmа. Gеrmаniya
Turkiya, Hindistоn, Хitоy vа оchiq dеngizgа chiqаdigаn bоshqа mаmlаkаtlаr Rimlаndgа 
kirаdi. 
XIX аsrdа Rоssiyaning Buyuk Britаniya bilаn ―Kаttа o‗yin‖i аynаn Mаrkаziy 
Оsiyo mintаqаsidа bоrgаn edi. XXI аsrdа esа u АQSH vа Хitоy hаrаkаtlаrini 
mintаqаdа chеklаsh mаqsаdidа fаоl siyosаt оlib bоrishi tаbiiy. Mintаqаgа nisbаtаn 
―tа'sir zоnаsi‖ аtаmаsini qo‗llаshi hаm buning yaqqоl isbоtidir. 


38 
1943 yilda Makinder o‗z geosiyosiy mulohazalari va modeliga tuzatishlar kiritdi. U 
yuzaga kelgan yangi voqelik – sobiq SSSR, Buyuk Britaniya va AQSh ittifoqini, bu 
ittifoqning mushtarak geostrategik maqsadlarini va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini 
hisobga olishga majbur bo‗ldi. Uning yangi formulasida ―Hartland‖ga endi Shimoliy 
Atlantika (Atlantika okeanining shimoliy qismi) ham kiritildi. Bu yerga G‗arbiy 
Yevropa, Angliya va Karib havzasi mamlakatlari bilan birga Amerika ham kiritildi. 
Makinder faqat qulay geografik makongina emas, balki geosiyosiy va geostrategik 
nuqtai nazardan sayyorada eng oʼrta, markaziy mavqeda joylashuvi davlat uchun eng 
foydali joylashishdir, deb hisoblagan. U oʼz davrining geosiyosiy bilimlariga asoslangan 
holda, dunyoning geosiyosiy va harbiy-stretegik maʼnodagi markazi Yevroosiyo qitʼasi, 
uning markazi esa ―jahonning yuragi‖ hisoblanishi mumkin boʼlgan ―Hartland‖ 
ekanligini daʼvo qilib, oʼzining mashhur ―Hartland‖ nazariyasini ilgari surdi. Makinder 
―Hartland‖ – Yevroosiyoning quruqlikdagi qismi (hozirgi Sharqiy va Gʼarbiy Yevropa, 
Osiyo va Аfrikaning qitʼa qismi, Rossiyaning Yevropa qismi va boshqa hududlar) 
jahonni nazorat etish uchun eng qulay hudud ekani toʼgʼrisidagi fikrni asoslashga 
uringan
1

Makinderning ta'kidlashicha, davlat uchun eng foydali geografik joylashuv o‗rta, 
markaziy joylashuv bo‗ladi. Markazlik nisbiy tushunchadir va har qanday geografik 
sharoitda farq qilishi mumkin. Ammo sayyora nuqtai nazaridan dunyoning markazida 
Yevroosiyo qit'asi joylashgan bo‗lib, uning markazida ―dunyo yuragi‖ yoki ―heartland‖ 
joylashgan. Heartland - bu Yevroosiyoning kontinental massalarining kontsentratsiyasi. 
Bu butun dunyoni boshqarish uchun eng qulay geografik tayanchdir.
Yevroosiyo materigining qirg‗oq bo‗shliqlariga to‗g‗ri keladi. Makinderning 
fikriga ko‗ra, ―ichki yarim oy‖ sivilizatsiyaning eng intensiv rivojlanish zonasi 
hisoblanadi. Bu sivilizatsiya dastlab daryolar yoki dengizlar bo‗yida paydo bo‗lgan deb 
nomlangan tarixiy gipotezaga mos keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, oxirgi nazariya 
barcha geosiyosiylarning muhim nuqtasidir. Suv va quruqlikning kesishishi xalqlar va 
davlatlar tarixining asosiy omilidir. Ushbu mavzu kelajakda Shmitt va Spikmen 
tomonidan maxsus ishlab chiqiladi, ammo u birinchi bo‗lib ushbu geosiyosiy formulani 
Makinder yaratdi. Keyinchalik tashqi aylana keladi: "tashqi yoki ichki yarim oy" (outer 
or insular crescent). Bu Jahon oroli (World Island)ning materik massasidan butunlay 
tashqi (geografik va madaniy) hudud.
Siyosiy darajada bu Rossiyaning strategik ma'noda yetakchi rolini tan olishni 
anglatardi. Makinder yozgan: ―Rossiya butun dunyoda Germaniya singari 
Yevropaga nisbatan bir xil strategik markaziy pozitsiyani egallaydi. U har tomonga 
hujumlarni amalga oshirishi va shimoldan tashqari har tomondan ularga 
bo‗ysunishi mumkin. Uning temir yo‗l imkoniyatlarini har tomonlama 
1
Halford Mackinder "Geographical Pivot of History" in "Geograghical Journal", 1904. Русский перевод в ж-ле 
"Элементы. Евразийское обозрение", 1996, №7, стр. 26 –31. 


39 
rivojlantirish masalasi vaqtga bog‗liq (Tarixning geografik o‗qi). Bundan kelib 
chiqib aytish mumkinki, Makinder Angliya-Saksoniya geosiyosatining asosiy 
vazifasi ―tarixning geografik o‗qi‖ (Rossiya) atrofida strategik kontinental ittifoq 
shakllanishiga yo‗l qo‗ymaslik deb hisoblagan. Binobarin, ―tashqi yarim oy‖ 
kuchlarining strategiyasi yurak sohilidan maksimal darajada qirg‗oq bo‗shliqlarini 
yulib olish va ularni ―orol sivilizatsiyasi‖ ta‘siriga o‗tkazishdir‖
1

X.Makkinder "Tarixning geografik o‗zagi" (1904) asarida A.Mexenning dengiz 
kommunikatsiyasining ahamiyati borasidagi qarashlarini yanada g‗oyaviy jihatdan 
to‗ldirdi. Uningcha, tarixning har bir davri "dengiz" va "quruqlik"ni qo‗lga kiritgan 
xalqlar o‗rtasidagi doimiy konfliktdan iborat. Konfliktlarning o‗chog‗i jahon tarixiy 
voqealarining markazi bo‗lgan Yevrosiyodir. Xalqlarning tarixida, ularning iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy taraqqiyotida geografik makon, joylashgan o‗rin muhim ahamiyat 
kasb etadi.
X.Makkinder ―Demokratik ideallar va voqelik‖ asarida dunyo geosiyosati tarixini 3 
bosqichga buladi:
Kolumbgacha bo‗lgan davr. Bu davrda Dunyo Oroli atrofida yashovchi barcha 
xalqlar, masalan, rimliklar, hamisha ―Yer yuragi‖dagi kuchlar tomonidan bosib olish 
xavf ostida yashagan. Rimliklarga qarshi bu tahdid germanlar, xunlar, alanlar va forslar 
tomonidan bo‗lib turgan. O‗rta asrlarda esa tahdid Oltin O‗rda xoni va oykumenlar 
tomonidan bo‗lgan. 
Kolumb davri. Bu davrda ―ichki yarim oy‖ (qirg‗oq hududlari) vakillari 
sayyoraning nomaʼlum hududlarini bosib olishga otlanadi va hech qayerda jiddiy 
qarshilikka uchramaydi. 
Kolumbdan keyingi davr. Zabt etilmagan hududlar qolmaydi. Dinamik 
harakatlanishda bo‗lgan tamaddunlar tuqnashuvga mahkum bo‗lib, Yer yuzidagi xalqlar 
umumjaxon miqyosidagi fuqarolar urushiga jalb etiladi.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling