O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Rossiya tashqi munosabatlari tizimida Osiyo tomon burilish. Rossiya-Xitoy


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168
Rossiya tashqi munosabatlari tizimida Osiyo tomon burilish. Rossiya-Xitoy 
munosabatlari ob‟ektiv zaruriyat sifatida. Soʻnggi paytlarda Rossiya bir yoʻla 
bir nechta yoʻnalishlarda samarali harakat qilmoqda. U inqirozning oldini olish 
bilan bir qatorda, Xitoy bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatishga harakat 
qilyapti. Moskva va Pekin munosabatlari kuchayishi Vashingtonga juda katta 
muammolar keltirib chiqarishi mumkin, deb yozadi AQSh milliy xavfsizlik sohasi 
vakillari Mishel Shevan-Koettsi va Eksel Xellman The National Interest 
maqolasida. 
Rossiya Xitoy bilan oʻta yaqin harbiy, iqtisodiy va energetik aloqalarni 
oʻrnatmoqda. Buni oʻzaro manfaatli hamkorlik deb atash mumkin. Moskva bu 
bilan oʻziga alternativ eksport bozori hamda qoʻshimcha siyosiy taʼsir hududini 
yaratmoqda. Xitoyda esa dunyoda yangicha tartib oʻrnatilishiga tish-tirnogʻi bilan 
qarshi chiqayotgan AQShga munosib zarba berish imkoni paydo boʻlyapti, 
taʼkidlaydi maqola mualliflari. 
Xavfsizlik nuqtai-nazaridan AQShga Osiyo-Tinch okeani regionlaridan 
tahdid solinmoqda. Jumladan, Rossiya Xitoy armiyasini zamonaviylashtirishda 
muhim rol oʻynamoqda. U Xitoyga eng soʻnggi raketa va radar moslamalarini 
yetkazib beryapti. 
Oʻtgan yili ikki mamlakat oʻrtasida S-400 radiusida taʼsir kuchiga ega zenit-
raketa-kompleksi borasida shartnoma imzolandi. Bu ikki mamlakat munosabatida 
yuqori bosqich deyish mumkin. Sababi, Rossiyadan bunday texnikani xarid 
qilayotgan birinchi chet el davlati Xitoy boʻldi. Bundan tashqari, ikki davlat 


135 
oʻrtasida munosabatlar mustahkamlanishi AQShning iqtisodiy va moliyaviy 
sohalarda oʻz soʻzini oʻtkazishiga nuqta qoʻyishi mumkin. Xitoy-Rossiya 
hamkorligi Rossiyaga qarshi eʼlon qilingan sanktsiyalarning salbiy oqibatini ancha 
yumshatishi turgan gap. 
Oʻtgan yil Moskva va Pekin oʻrtasida 24,5 milliard dollarlik qisqa muddatli 
valyuta oldi-sotdi operatsiyasi shartnomasi imzolandi. Bu bir tomondan 
Rossiyaning dollarga tobeligi darajasini pasaytirsa, boshqa tomondan valyuta 
bozoriga yuan kiritilishini taʼminladi. AQSh bilan munosabatlar ziddiylashgani 
bois, Rossiyaning aksariyat firmalari Pekin bilan aloqalarni mustahkamlaydilar. Bu 
esa AQSH va uning ittifoqdoshlari qoʻlidagi boshqaruv dastagini ishdan chiqaradi. 
Moliyaviy munosabatlar barqarorlashuvi tufayli AQSh dunyo koʻz oʻngida nobop 
oʻyinchi sifatida namoyon boʻlishi ehtimolga yaqin. Rossiya-Xitoy kelishuvi 
AQShga toʻgʻridan toʻgʻri chaqiriq tashlash degani. Amerika endi bu ikki 
mamlakatni diqqat bilan kuzatishga majbur. U vaziyatni oʻzgartirishga urinishga 
harakat qilmogʻi lozim. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling