O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168
Geosiyosiy istiqbollar. 
1. Yaponiya rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‗rsatadigan tendentsiyalar orasida 
ikkitasini ajratish mumkin: iqtisodiy integratsiya va mintaqaviy (osiyochilik) 
o‗ziga xoslikning shakllanishi.
Iqtisodiy integratsiya darajasi ichki mintaqaviy savdo hajmi bilan 
belgilanadi. (ASEAN mamlakatlari Yaponiya, Koreya, Xitoy, Gonkong, Tayvan, 
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston davlatlari bilan savdo iqtisodiy 
munosabat). 2006 yilda tashqi savdo aylanmasi taxminan 57% ni (yoki 3,0 trillion 
dollardan ko‗proq) mazkur davlatlar bilan bo‗lgan munosabat tashkil etdi. Iqtisodiy 
o‗zaro bog‗liqlikning o‗sib borishi Osiyo mintaqasi jiddiy harbiy to‗qnashuvlar 
maydoniga aylanmasligini ko‗rsatmoqda. Mintaqaning o‗sib borayotgan iqtisodiy 
integratsiyasi va Yevropa ittifoqi va NAFTA kabi iqtisodiy bloklarning raqobati 
Osiyo o‗ziga xosligini shakllantirishga olib keladi. Bunga tobora ortib borayotgan 
o‗ziga bo‗lgan ishonch va XXI asr Osiyo asri bo‗lishi haqiqati yordam bermoqda. 
Osiyo identifikatsiyasining shakllanishi bir-biriga bo‗lgan qiziqishning ortishi
mintaqaviy hamkorlikni turli sohalarda institutsionalizatsiya qilishda (turli Osiyo 
forumlari va tashkilotlarining gullab-yashnashida) va ―Osiyo qadriyatlari‖ maxsus 
yo‗llar va boshqalar haqidagi munozaralarda namoyon bo‗ladi. Osiyo integratsiyasi 
doirasida Yaponiya yuqori ilmiy-texnik salohiyatga va ulkan nomoddiy resurslarga 
ega mamlakat sifatida yetakchi o‗rinni egallashi mumkin.


168 
2. Qo‗shma Shtatlar mintaqaning o‗zgaruvchan geosiyosatini inobatga olgan 
holda yangi dunyo tartibini qurishga harakat qilmoqda. Shubhasiz, bunday 
loyihaning muvaffaqiyati uchun mintaqadagi barcha asosiy geosiyosiy 
o‗yinchilarni paydo bo‗layotgan munosabatlar tizimiga qo‗shib qo‗yish zarur. 
Xitoy XXI asrda AQSh tashqi siyosati uchun katta muammo sifatida qaralmoqda. 
Yaponiya mintaqadagi ustuvor va yagona ittifoqchi bo‗lganligi sababli AQSh 
tomonidan hal qilinishi kerak bo‗lgan asosiy savollar mavjud: Yaponiya va Xitoyni 
mintaqaviy va dunyo tartibotiga qanday qo‗shish kerak? Keyingi davr uchun 
Yaponiya ekspansiyasining konturlari qanaqa? Mazkur savollar
1
quyidagi 
muammolarga ishora qiladi:
- AQSh va Xitoy o‗rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanadi;
- Xitoy iqtisodiy dinamikani qanchalik muvaffaqiyatli ushlab tura oladi;
- Yaponiya o‗zining tashqi siyosatini faollashtirish uchun ittifoqchilariga 
(sheriklariga) nimalarni taqdim etadi
- Hindiston qaysi yo‗nalishni tanlaydi;
- ASEAN mamlakatlari o‗zini qanday tutishi. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling