omillar + ho„jalik + xalq + boshqaruv shakli
Shuningdek, R.Chellen geosiyosat fanining quyidagi bo‗limlardan
iboratligini aytadi:
toposiyosat
-
davlatning
siyosiy
jihatdan
qanday
muhit
bilan
qurshalganligini o‗rganadi. Bu jihatdan R.Chellen davlatning geografik
joylashuvini ―davlat siyosatining kalitidir‖, - deydi;
morfosiyosat - davlatning hududiy shakllarini o‗rganuvchi bilimlar
majmuasi. Bunda davlat hududan qanday ko‗rinishga ega, yoysimon, dumaloq
yoki uzunchoq holatda joylashganligi, davlatda markaz bilan joylar o‗rtasidagi
aloqalarning geografik tizimi va davlatning tashqi dunyoga geografik jihatdan
chiqish imkoniyatlari masalasiga e‗tibor beriladi. Masalan, Norvegiya, Italiya
davlatlarining geografik joylashuvi. R.Chellen fikricha, davlatning katta -
kichikligi uning qudratiga poydevor bo‗lishi mumkin;
fiziosiyosat – davlat hududlarining markazga qanday pozitsiyada ekanligini,
ular munosabatlari ko‗lamini tadqiq etuvchi bilimlar. R.Chellen fiziopolitikani
davlatning, davlatga qarashli boshqa hududlarning qay darajada jismoniy kuchga
egaligi yoki ega emasligi bilan bog‗laydi. Joylarning (davlat hududlarining) davlat
siyosatiga ta‗sir etuvchi jismoniy - geografik xususiyatlarini o‗rganish va tahlil
etish fiziopolitikaning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Chellen har qanday davlatda oʼzini-oʼzi asrab qolish, oʼsish va hukmronlik
qilish tuygʼusi mavjud boʼlib, davlatning eng oliy darajasi imperiya, deb
hisoblagan. Insoniyat tarixi hududlarni egallash uchun kurashlar tarixidan iborat,
deb hisoblagan Chellen, buyuk davlat oʼzining harbiy qudratiga tayanib, oʼz
chegaralaridan uzoq-uzoqlarda boʼlgan hududlarga ham daʼvogarlik qiladi va oʼz
taʼsirini oʼtkazadi. Buyuk davlatlarning barchasida bosqinchilik ustuvorlik qilishini
taʼkidlagan Chellen, dunyoda bugun kimgadir tegishli hududlarning barchasi
kimdandir tortib olingan hududlardir, degan xulosaga keladi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |