O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Pivot Area – asosiy o‗lka. Kaspiy va Orol dengizi havzalaridan Shimoliy muz
okeani qirg‗oqlarigacha bo‗lgan hududlar; Outer Crescent – tashqi yarim oy davlatlari. Unga AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya hududlari kiradi; Tаshqi yarimоy (yoki оrоl yarimоyi) – Tаlаssоkrаtik tа‘sir zоnаsigа kiruvchi gеоsiyosiy mаkоnni (Buyuk Britаniya, Shimоliy vа Jаnubiy Аmеrikа, Jаnubiy Аfrikа, Yapоniya) bildiruvchi аtаmа. Hоzirgi vаqtdа – аtlаntizmning strаtеgik nаzоrаti оstidаgi zоnа. Inner Crescent – ichki yarim oy. U o‗z ichiga Xitoy, Janubiy - sharqiy Osiyo va Hindistonni oladi. Oradan qancha vaqt o‗tmasin Makinderning o‗ziga xos ta‗limoti o‗z ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. Uning qarashlari qator geosiyosatchilarni, amaliyotchilarning diqqat markazida bo‗lib kelmoqda. Ichki yarimоy (qit‘а yarimоyi yoki Rimlаnd) – Yevrооsiyoning qirg‗оq zоnаsini bildiruvchi аtаmа. Gеrmаniya, Turkiya, Hindistоn, Хitоy vа оchiq dеngizgа chiqаdigаn bоshqа mаmlаkаtlаr Rimlаndgа kirаdi. XIX аsrdа Rоssiyaning Buyuk Britаniya bilаn ―Kаttа o‗yin‖i аynаn Mаrkаziy Оsiyo mintаqаsidа bоrgаn edi. XXI аsrdа esа u АQSH vа Хitоy hаrаkаtlаrini mintаqаdа chеklаsh mаqsаdidа fаоl siyosаt оlib bоrishi tаbiiy. Mintаqаgа nisbаtаn ―tа'sir zоnаsi‖ аtаmаsini qo‗llаshi hаm buning yaqqоl isbоtidir. 38 1943 yilda Makinder o‗z geosiyosiy mulohazalari va modeliga tuzatishlar kiritdi. U yuzaga kelgan yangi voqelik – sobiq SSSR, Buyuk Britaniya va AQSh ittifoqini, bu ittifoqning mushtarak geostrategik maqsadlarini va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga olishga majbur bo‗ldi. Uning yangi formulasida ―Hartland‖ga endi Shimoliy Atlantika (Atlantika okeanining shimoliy qismi) ham kiritildi. Bu yerga G‗arbiy Yevropa, Angliya va Karib havzasi mamlakatlari bilan birga Amerika ham kiritildi. Makinder faqat qulay geografik makongina emas, balki geosiyosiy va geostrategik nuqtai nazardan sayyorada eng oʼrta, markaziy mavqeda joylashuvi davlat uchun eng foydali joylashishdir, deb hisoblagan. U oʼz davrining geosiyosiy bilimlariga asoslangan holda, dunyoning geosiyosiy va harbiy-stretegik maʼnodagi markazi Yevroosiyo qitʼasi, uning markazi esa ―jahonning yuragi‖ hisoblanishi mumkin boʼlgan ―Hartland‖ ekanligini daʼvo qilib, oʼzining mashhur ―Hartland‖ nazariyasini ilgari surdi. Makinder ―Hartland‖ – Yevroosiyoning quruqlikdagi qismi (hozirgi Sharqiy va Gʼarbiy Yevropa, Osiyo va Аfrikaning qitʼa qismi, Rossiyaning Yevropa qismi va boshqa hududlar) jahonni nazorat etish uchun eng qulay hudud ekani toʼgʼrisidagi fikrni asoslashga uringan 1 . Makinderning ta'kidlashicha, davlat uchun eng foydali geografik joylashuv o‗rta, markaziy joylashuv bo‗ladi. Markazlik nisbiy tushunchadir va har qanday geografik sharoitda farq qilishi mumkin. Ammo sayyora nuqtai nazaridan dunyoning markazida Yevroosiyo qit'asi joylashgan bo‗lib, uning markazida ―dunyo yuragi‖ yoki ―heartland‖ joylashgan. Heartland - bu Yevroosiyoning kontinental massalarining kontsentratsiyasi. Bu butun dunyoni boshqarish uchun eng qulay geografik tayanchdir. Yevroosiyo materigining qirg‗oq bo‗shliqlariga to‗g‗ri keladi. Makinderning fikriga ko‗ra, ―ichki yarim oy‖ sivilizatsiyaning eng intensiv rivojlanish zonasi hisoblanadi. Bu sivilizatsiya dastlab daryolar yoki dengizlar bo‗yida paydo bo‗lgan deb nomlangan tarixiy gipotezaga mos keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, oxirgi nazariya barcha geosiyosiylarning muhim nuqtasidir. Suv va quruqlikning kesishishi xalqlar va davlatlar tarixining asosiy omilidir. Ushbu mavzu kelajakda Shmitt va Spikmen tomonidan maxsus ishlab chiqiladi, ammo u birinchi bo‗lib ushbu geosiyosiy formulani Makinder yaratdi. Keyinchalik tashqi aylana keladi: "tashqi yoki ichki yarim oy" (outer or insular crescent). Bu Jahon oroli (World Island)ning materik massasidan butunlay tashqi (geografik va madaniy) hudud. Siyosiy darajada bu Rossiyaning strategik ma'noda yetakchi rolini tan olishni anglatardi. Makinder yozgan: ―Rossiya butun dunyoda Germaniya singari Yevropaga nisbatan bir xil strategik markaziy pozitsiyani egallaydi. U har tomonga hujumlarni amalga oshirishi va shimoldan tashqari har tomondan ularga bo‗ysunishi mumkin. Uning temir yo‗l imkoniyatlarini har tomonlama 1 Halford Mackinder "Geographical Pivot of History" in "Geograghical Journal", 1904. Русский перевод в ж-ле "Элементы. Евразийское обозрение", 1996, №7, стр. 26 –31. 39 rivojlantirish masalasi vaqtga bog‗liq (Tarixning geografik o‗qi). Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, Makinder Angliya-Saksoniya geosiyosatining asosiy vazifasi ―tarixning geografik o‗qi‖ (Rossiya) atrofida strategik kontinental ittifoq shakllanishiga yo‗l qo‗ymaslik deb hisoblagan. Binobarin, ―tashqi yarim oy‖ kuchlarining strategiyasi yurak sohilidan maksimal darajada qirg‗oq bo‗shliqlarini yulib olish va ularni ―orol sivilizatsiyasi‖ ta‘siriga o‗tkazishdir‖ 1 . X.Makkinder "Tarixning geografik o‗zagi" (1904) asarida A.Mexenning dengiz kommunikatsiyasining ahamiyati borasidagi qarashlarini yanada g‗oyaviy jihatdan to‗ldirdi. Uningcha, tarixning har bir davri "dengiz" va "quruqlik"ni qo‗lga kiritgan xalqlar o‗rtasidagi doimiy konfliktdan iborat. Konfliktlarning o‗chog‗i jahon tarixiy voqealarining markazi bo‗lgan Yevrosiyodir. Xalqlarning tarixida, ularning iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyotida geografik makon, joylashgan o‗rin muhim ahamiyat kasb etadi. X.Makkinder ―Demokratik ideallar va voqelik‖ asarida dunyo geosiyosati tarixini 3 bosqichga buladi: Kolumbgacha bo‗lgan davr. Bu davrda Dunyo Oroli atrofida yashovchi barcha xalqlar, masalan, rimliklar, hamisha ―Yer yuragi‖dagi kuchlar tomonidan bosib olish xavf ostida yashagan. Rimliklarga qarshi bu tahdid germanlar, xunlar, alanlar va forslar tomonidan bo‗lib turgan. O‗rta asrlarda esa tahdid Oltin O‗rda xoni va oykumenlar tomonidan bo‗lgan. Kolumb davri. Bu davrda ―ichki yarim oy‖ (qirg‗oq hududlari) vakillari sayyoraning nomaʼlum hududlarini bosib olishga otlanadi va hech qayerda jiddiy qarshilikka uchramaydi. Kolumbdan keyingi davr. Zabt etilmagan hududlar qolmaydi. Dinamik harakatlanishda bo‗lgan tamaddunlar tuqnashuvga mahkum bo‗lib, Yer yuzidagi xalqlar umumjaxon miqyosidagi fuqarolar urushiga jalb etiladi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling