O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Yevrosiyochilik harakati. Petr Savitskiyning geosiyosiy konsepsiyasi
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Yevrosiyochilik harakati. Petr Savitskiyning geosiyosiy konsepsiyasi.
Yevrosiyoliklarning kontseptsiyasida Rossiya G‗arb va Sharq, Yevropa va Osiyo o‗rtasida o‗rta pozitsiyani (Heartland) egallagan maxsus etnografik va madaniy dunyo hisoblanadi. Yevroosiyo harakati 1920 yil boshlarida oktabr emigratsiyasidan keyin ruslar orasida paydo bo‗ldi. U Sofiyada paydo bo‗lgan, ammo tez orada Pragaga, keyin esa Berlinga ko‗chib o‗tgan. Yevroosiyosizm asoschilari tilshunos va filolog N.S. Trubetskoy (1890- 1938), tarixchi G.V. Vernadskiy (1887-1973), geograf va iqtisodchi P.N. Savitskiy (1895-1968), pravoslav dinshunosi, keyinchalik ruhoniy G.V. Florovskiy (1893- 1979), faylasuf L.P. Karsavin (1882-1952) va san'atshunos P.P.Suvchinskiy (1892- 1985). Petr Nikolayevich Savitskiy 1895 yilda dunyoga kelgan. Birinchi rus geosiyosatchisi. V.Vernadskiy va P.Struvelarning o‗quvchisi bo‗lgan. P.Savitskiy dunyoqarashining takomillashib borishida slavyanofilchilik (A.S.Xomyakov, aka - uka Kireyevskiylar, Aksakovlar, Y.F.Samarin) harakati vakillarining ta‗siri katta bo‗lgan. 1916 - 1917 - yillarda Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasida xizmat qilgan. Fuqarolar urushi davrida general Vrangel shtabida tashqi ishlar qo‗mitasini boshqargan. Mashhur asarlari: «Dasht va o‗troqlik» (1922), «Rossiya - Yevrosiyoning geografik tahlili» (1926), «Yevrosiyoning geografik va geosiyosiy asoslari» (1933). P.Savitskiy geosiyosiy qarashlarida Rossiyaning geografik joylashuviga katta e‗tibor berilgan. Tadqiqotchining fikricha, Rossiya jahon siyosiy xaritasida joylashuvi jihatidan sivilizatsion shaklga ega. Davlat nafaqat geografik qulay makonda joylashgan, balki uning hududlari jahon geosiyosiy maydonida «o‗rtaliq» makonni tashkil etadi. P.Savitskiy Rossiyaga milliy davlat sifatida qaramaydi. U Rossiyaga geosiyosiy omillardan kelib chiqib munosabat bildiradi va uni birinchi navbatda geosiyosiy kuch deb biladi. Rossiya oriy - slavyan madaniyati, turk ko‗chmanchilik va pravoslav an‗analarini mujassamlashtirgan o‗ziga xos sivilizatsiya ekanligini va mazkur madaniyatlar «o‗rtaliq» makonda jahon tarixining sintezi sifatida shakllanganligini ta‗kidlaydi. P.Savitskiy tarixan rus madaniyatining takomillashishi va rivojlanishini «imperiyaga aylangan sharqiy slavyanlar»ning harakatlari bilangina bog‗lamaydi. Uningcha, rus davlatchilik madaniyatining rivoji slavyan va turk madaniyatining o‗zaro munosabatga kirishuvi davriga bog‗liq (XIII - XV asrlar). Bu jihatdan uning Turon konsepsiyasiga to‗xtalmoq o‗rinlidir. ―Mo‗g‗ul-tatarlarsiz Rossiya bo‗lmas edi‖ deydi- Savitskiy o‘z ―Dasht va aholi punkti‖ maqolasida ushbu tezis yevroosiyochilikning asosiy formulasi edi. Shuning uchun to‗g‗ridan-to‗g‗ri geosiyosiy bayonotga o‘tilsa. "To‗g‗risini 54 aytganda: dunyo tarixiy makonida g‗arbiy yevropaning dengiz sensatsiyasi, teng, qutbli bo‗lsa ham, qit'aning yagona mo‗g‗ul sensatsiyasiga qarshi turadi; bu orada, rus ―kashfiyotchilarida‖, ruslarning bosib olinishi va izlanishlari doirasida, xuddi shu ruh, qit'aning bir xil tuyg‗usi mavjud. "Rossiya Buyuk Xonlarning merosxo‗ri, Chingiz va Temur ishining davomchisi, Osiyoni birlashtiruvchi degan fikrni aytadi. U tarixiy joylashtirilgan ―dasht‖ elementlarini birlashtiradi 1 . Rus landshaftining asosiy ikkiyoqlamaliligi - uning O‗rmon va Dashtga bo‗linishi - slavyanofillar tomonidan etirof etilgan. Savitskiy uchun Rossiya- Yevrosiyoning geosiyosiy ma'nosi ushbu ikki haqiqatning - Yevropa o‗rmoni va Osiyo dashtining sintezi sifatida namoyon bo‗ladi. Bundan tashqari, bunday sintez ikki geosiyosiy tizimning bir-birining ustiga qo‗ygan oddiy superpozitsiyasi emas, balki o‗z o‗lchovi va baholash metodologiyasiga ega bo‗lgan ajralmas, o‗ziga xos narsa. Turon (forscha so‗z, ya‗ni turkiylar demakdir) – turkiy qavmga mansub xalqlar yashaydigan geografik makonni bildiradigan ijtimoiy, tarixiy - etnik atama. Turon hududan faqat geografik emas, geografik - tarixiy talqinga ega. Turon hududi Tinch okeanidan O‗rta yer dengizidagi Egey - Adreatikagacha, Shimoliy muz okeanidan Tibet, Himoloy tog‗larigacha, shimoliy Hindistondan Onado‗ligacha (Turkiya) bo‗lgan kengliklarni, u yerlarda yashovchi turkiy xalqlarni birlashtiradi. Agar slavyanofillar rus landshaftini geografik jihatdan o‗rmon va dashtga bo‗lishgan bo‗lsa, P.Savitskiy Rossiya - Yevrosiyoning geosiyosiy mohiyatidan kelib chiqib makonni Yevropa o‗rmonlari va Osiyo dashtlariga bo‗ladi. Rossiyaga esa o‗sha geosiyosiy makonlarning sintezi sifatida qaraydi. P.Savitskiy ijodining tarkibiy qismi yana bir konsepsiya – «rivojlanish o‗chog‗i» konsepsiyasi bilan bog‗liq. «Rivojlanish o‗chog‗i» F.Ratsel «siyosiy geografiyasi»da sharhlangan «Raum» - «borliq» tushunchasi bilan mohiyatan to‗g‗ri keladi. Bunda nemis «organitsistik» maktabiga mos keluvchi hamda aglosakson geosiyosatchilarining voqealarni faqat tashqi bog‗lanish va izchilligiga qarab tasvirlovchi qarashlari - pragmatizmiga zid bo‗lgan yevrosiyochilarning «organitsistik» kayfiyatlari o‗z ifodasini topgan. «Rivojlanish o‗chog‗i» - bu Rossiya - Yevrosiyo. Makonda ijtimoiy - siyosiy muhit va uning hududidagi geografik geografik individuum (landshaftlar) o‗zaro uyg‗unlashgan. «Rivojlanish o‗chog‗i»ning yuksalishiga nafaqat geografik, balki u bilan barobarida etnik, tarixiy, xo‗jalikka va boshqa ko‗rinishlarga ega bo‗lgan asoslar mavjud. Bu jihatdan «Rivojlanish o‗chog‗i»ni yaxlit «Grossraum» sifatida emas, ko‗plab mayda «raum»lardan tashkil topganligini aytmoq lozim. 1 https://nicbar.ru/politology/study/kurs-geopolitika/199-tema-5-russkaya-geopoliticheskaya-shkola 55 P.Savitskiy geosiyosiy qarashlarida «Yevrosiyo», «Turon», «Rivojlanish o‗chog‗i» nazariyalaridan tashqari, «ideokratiya» prinsipi ham alohida o‗ringa ega. Ideokratiya ham boshqa geosiyosiy dasturlar singari «kuch» tushunchasini o‗zida mujassam etadi. Masalan, geosiyosatda davlat yoki xalqaro tashkilotlarni umumiy qilib «kuch» deb atashimiz mumkin. Ideokratiya bunga qarama - qarshi qo‗yilgan emas. Ichki kontenental diqqatga sazovor joylar ikki holatda alohida ahamiyatga ega: 1) agar qo‗shni kontinental mintaqalar miqyosi eng katta fazoviy darajaga ega bo‗lsa; 2) agar bu sohalar iqtisodiy va madaniy tabiatning eng xilma-xilligini namoyish etsa. Birinchi turdagi omillar qit'a ichidagi diqqatga sazovor joylar samarali bo‗lgan fazoviy zonani kengaytiradi, ikkinchi turdagi omillar esa iqtisodiy va madaniy foyda sonini ko‗paytiradi. Shuning uchun Rossiyaning strategik sheriklari Xitoy, Mo‗g‗uliston, Erondir. Savitskiy o‗zining ―Kontenent-okean‖ asarida Rimlandning kontinental geosiyosatning ta'sir zonasiga qo‗shilishining muhim iqtisodiy qonunlarini asoslab berdi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling