O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Xitoyning geostrategiyasi va uning mohiyati
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
4.3. Xitoyning geostrategiyasi va uning mohiyati
Xitoy tashqi siyosatining shakillanishi va uning jahon siyosatidagi ro„lining mustahkamlanishi. Xitoy oxirgi olti asr davomida Min sulolasi hukm surgan davr (XIV – XVII asrlar) dan boshlab, ayniqsa, Sin sulolasi davri (XVII-XX asrlar)da tashqi dunyodan ajralish siyosatini olib borganini eslash lozim. O‗shanda tashqi dunyo bilan har qanday aloqalar taqiqlab qo‗yilgan edi. Bu Xitoyning tanazzulga yuz tutishiga olib keldi, qashshoqlik va qoloqlikni yanada kuchaytirdi. XXR rahbariyati Osiyoning «to‗rt kichik ajdari» (Syangan, Singapur, Tayvan, Koreya) iqtisodiyoti taraqqiy etishiga olib kelgan omillarni o‗rganib chiqib, tashqi dunyoga ochiqlik yo‗liga kirdi. XX asrning 70-80-yillari chegarasida ―yagona front‖ siyosatining siyosiy- strategik yo‗nalishi ayniqsa faol rivoj topdi. Bu ma‘lum darajada Xitoy chegarasi yaqinidagi vaziyatning yanada murakkablashuvi bilan bog‗liq edi: 70-yillarning oxiridan boshlab Xitoy-SSSR, Xitoy-Monogoliya va Xitoy-Hindiston chegarasidagi keskinlikka Xitoy-Vetnam chegarasidagi qarama-qarshilik, qo‗shni Afg‗onistonga sovet qo‗shinlarining kiritilishi, Uzoq Sharqda va Tinch okeanining g‗arbiy qismida sovet harbiy salohiyatining yanada kuchayishi, shuningdek KXDR bilan Xitoy munosabatlarining sovuqlashishi qo‗shildi. 1978 – yil hokimiyat tepasiga Den Siyopin kelgandan so‗ng tashqi siyosatda keskin o‗zgarishlar ro‗y berdi ―yagona front― siyosati, ―ko‗p qutubli dunyo‖, 145 ―uchinchi dunyo nazriyasi― kabi jahon siyosatidagi nazariyalarni ilgari surib ko‗p tomonlama munosabatlarga kirishadi bu esa Xitoy taraqqiyoti uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‗lgan. Muammolarni yechishning kuch ishlatishga asoslanmagan, ancha tejamli va shu bilan bir vaqtda samarali yo‗llarini doimiy ravishda izlash, shuningdek ayrim davlatlar bilan alohida munosabatlarga urg‗u berish Xitoy tashqi siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi. Shunga mos ravishda, u yoki bu diplomatik yurishlarni tayyorlayotganda tahliliy ishning muayyan qismi jahonda mavjud ziddiyatlarni, ulardan mamlakat manfaatlarida foydalanish imkoniyatlarini o‗rganishga bag‗ishlanadi. ―Yagona front‖ siyosatini olib borish Xitoyga qisqa vaqt ichida G‗arb mamlakatlari bilan munosabatlarni butunlay o‗zgartirish imkonini berdi. 1978 yilning dekabrida 1979 - yil yanvardan boshlab ikki mamlakat o‗rtasida diplomatiya munosabatlarini o‗rnatish to‗g‗risidagi Xitoy va AQSh qo‗shma kommyunikesi e‘lon qilindi. Bu hujjatga ko‗ra AQSh XXR hukumatini Xitoyning birdan-bir qonuniy hukumati sifatida tan olar edi. 1979 - yil iyulda XXR va AQSh o‗rtasida Savdo-sotiq to‗g‗risidagi bitim imzolandi. Mazkur bitimda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun uzoq muddatli mustahkam asosni yaratish nazarda tutilgan edi. Bundan tashqari, 70-yillarning oxirida bu ikki davlat o‗rtasida fan va texnika, madaniyat, maorif, qishloq xo‗jaligi, kosmik bo‗shliqni o‗zlashtirish sohasida va boshqa jabhalarda hamkorlik to‗g‗risida bitimlar imzolandi. Qo‗shma Shtatlar bilan munosabatlarning yaxshilanishi Xitoyning boshqa rivojlangan mamlakatlar, eng avvalo Yaponiya bilan aloqalari rivojlanishiga sezilarli darajada ko‗maklashdi. Modernizatsiyani amalga oshirish jarayonida Xitoy rahbariyatining bir qismi aynan Yaponiya bilan hamkorlikka alohida umid bog‗ladi. 1978–1980-yillarda bu ikki mamlakat o‗rtasida savdo-sotiq, madaniy aloqalarga ko‗maklashish, ilmiy va texnikaviy hamkorlik to‗g‗risida bitimlar imzolandi, shuningdek tomonlarni qiziqtiruvchi muammolar bo‗yicha bir qator kelishuvlar va ahdlashuvlarga erishildi. 1978 -yil avgustda XXR va Yaponiya o‗rtasida tinchlik va do‗stlik to‗g‗risida shartnoma tuzildi. ―Yagona front‖ siyosati XXRning G‗arb mamlakatlari bilan munosabatlari rivojlanishiga kuchli turtki bergan bo‗lsa-da, lekin Xitoy rahbariyatining ko‗pgina umidlarini oqlagani yo‗q. 1984-1986-yillarda jahon rivojlanishining asosiy muammolariga nisbatan Xitoy yondashuvining yangi konseptual asoslari yaratiladi. Xalqaro vaziyat tahlilida dunyoga ko‗p qutblilik nuqtai nazaridan qarash ustunlik qila boshlaydi. Xitoylik siyosatshunoslar orasida 80-yillarning o‗rtalaridan boshlab keng tarqalgan bu konsepsiya Pekinning jahondagi vaziyat xususidagi rasmiy nuqtai nazari sifatida 146 ilk bor 1988 - yil mayda XXR tashqi ishlar vaziri Syan Sichenning nutqida bayon etildi. Uning aksariyat tarafdorlari fikriga ko‗ra, ko‗p qutbililikka intilish ijobiy hodisa hisoblanadi. U jahon turli davlatlarining xalqaro maydonda mustaqil siyosat olib borishga intilishini aks ettirish orqali, xalqaro munosabatlarni demokratiyalashtirish sari eltadi va ―bitta yoki ikkita o‗ta qudratli davlat‖ning yakkahokimligiga barham berishni nazarda tutadi. Xitoyning hozirgi tashqi siyosati zamirida yotuvchi boshqa bir qoida ―keng ko‗lamli davlat qudrati‖ g‗oyasi bilan bog‗liq. Uning mohiyati shundaki, hozirgi sharoitda davlatning kuchi va uning xalqaro maydondagi nufuzi harbiy salohiyatning mavjudligi bilangina emas, balki iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasi, shuningdek oqilona tashqi siyosat bilan ham belgilanadi, bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati yetakchi omil hisoblanadi. Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruv faoliyatida ishtrok etish yoʼliga nazar solganda uchta umumiy bosqichni aniqlash mumkin: 1) asosiy xalqaro rejimdan orqada qolgan autsayder (qoloq mamlakat) (1949- 1971). XXR 1949 yili АQSh va Sovet Ittifoqi oʼrtasidagi Sovuq urush davrida tashkil topgan boʼlib, unda АQSh gʼarbiy davlatlar blokiga va Sovet Ittifoqi sharqiy blokka yetakchilik qildi. 1971 yilgacha Xitoy asosiy rejimdan tashqarida kuzatuvchi, hatto raqib sifatida qabul qilinar edi. 2) Global rejim qatganchisi (1971-2000yy). Xitoyning asosiy rejimdagi rasmiy ishtroki 1971 yili BMT uning qonuniy oʼrnini tiklaganidan keyin Xitoy va gʼarbiy blokidagi (АQSh, Yevropa va Yaponiya kabi) mamlakatlar oʼrtasidagi munosabatlar toʼliq normallashishiga erishildi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʼarmasi (XVJ), tariflar va savdo boʼyicha bosh bitim (TSBB), keyinchalik Jahon savdo tashkiloti (JST) aʼzoligining tiklanishi bilan Xitoy xalqaro rejimning asosiy ishtirokchilaridan biri darajasiga koʼtarildi. 3) qatnashuvchidan amalga oshiruvchi va yetakchilikkacha (2001 yildan). Xitoyning xalqaro rejim va global boshqaruvdagi tobora rivojlanib borayotgan harakatlari uning rolidagi muhim oʼzgarishlarni - pessimistik kuzatuvchidan gʼayratli qatnashuvchiga; passiv moslashishdan tashabbuskorona aralashuvga; befarq erkin chavandozdan masʼul amalga oshiruvchi, islohotchi va natijaga erishuvchi; jabrlanuvchi va eski rejimning antagonistidan yangi rejimning yaratuvchisi va yetakchisiga aylanganini koʼrsatadi. Rossiyada siyosiy hokimiyatdan kommunistik partiyaning chetlatilishi, Moskvada aksilkommunistik va o‗sha vaqtda g‗arbga xayrixoh bo‗lgan kuchlarning g‗alaba qozonishi Moskva va Pekinning yaqinlashish jarayonini sekinlashtirdi. Boz ustiga, o‗sha davrda g‗arb bilan yaqinlik ―romantizmi‖ga berilgan Rossiya ma‘murlari Pekin bilan o‗z munosabatlarida AQSh va G‗arbiy Yevropa tomonidan belgilangan andozalardan chetga chiqmaslikka harakat 147 qilardilar, inson huquqlariga nisbatan yondashuvlarda Xitoy rahbariyati bilan kelishmovchiliklarga alohida urg‗u berardilar, Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo‗nalishlari tizimida Xitoy AQSh, G‗arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin qo‗yilardi. Shunga qaramay, 1991 - yil dekabrda Xitoy Rossiyani tan olishi haqida rasmiy bayonot berdi, 1992 - yilda esa XXR rahbariyati Rossiya va Xitoy o‗rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rag‗batlantirish to‗g‗risida qaror qabul qildi. 90-yillarning o‗rtalariga kelib ―uchburchak munosabatlar‖ mantiqi bo‗yicha siyosiy rivojlanish Rossiya va Xitoy munosabatlarining yaqinlashuv jarayonida yyetakchilik qilayotgani ayon bo‗lib qoldi. Umuman olganda, 1991–1996 - yillarda Rossiya-Xitoy munosabatlari darajasi tan olish masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‗lgan bo‗sag‗adan ―XXI asrda strategik o‗zaro aloqa qilishga qaratilgan teng huquqli ishonchli sherikchilik‖ ta‘rifiga qadar ko‗tarildi. Ikki mamlakatning ―strategik o‗zaro aloqalar qilish‖ yo‗lidagi sa‘y-harakatlari AQShning bir qutbli dunyoni turg‗un holatda saqlab qolish borasidagi intilishlariga qarshi kurashish va ikkala davlat ham hech kimga qaram bo‗lmagan rolni o‗ynay oladigan ko‗p qutbli dunyoni yaratishga qaratilgani bois, mohiyat e‘tibori bilan Moskva va Pekin birgalikda amalga oshirayotgan harakatlarning pirovard maqsadi yaqin harbiy-siyosiy ittifoqni tashkil etishdan emas, balki bir-biridan ajralish va alohida-alohida ish ko‗rishdan iborat. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling