O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Zamonaviy bosqichda Xitoyning Markaziy Osiyo bilan aloqalari hamda


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
Zamonaviy bosqichda Xitoyning Markaziy Osiyo bilan aloqalari hamda 
uning mintaqadagi manfaatlar. Xitoy o‗zining uzoq muddatga ko‗zlangan 
iqtisodiy srategiyasini ishlab chiqishi hozirgi zamonning muhim bir jihatidir. Bu 
strategiya XXR jahon iqtisodiy markazlaridan biriga aylanishiga yo‗naltirilgan. 
Shu tariqa, Xitoy yirik davlatlar bilan strategik sherikchilik munosabatlarini 
rivojlantirishga va ayni paytda ko‗p tomonlama diplomatiya orqali o‗zaloqa-
munosabatlarining mintaqaviy va global ahamiyatini oshirishga intilmoqda. 
Xitoyning Markaziy Osiyodagi tutgan o‗rni har jihtadan faollashishi uning 
strategik dasturi yo‗nalishlaridan biridir. Bugungi kunda Markaziy Osiyodagi 
Xitoy manfaatlari ikki sohaga ajratishimiz mumkin: xavfsizlik masalasi va 
iqtisodiy faollik. Tahlillilchilarning fikricha, hozirda Xitoy milliy xavfsizligi uchun 
Markaziy Osiyoda quydagi tahdidlar mavjud: 
 XXR hududidagi uyg‗ur ayirmachiligi;
 mamlakat ichida va tashqarisidagi diniy ekstremizim va terorchilik, 
giyohvandlik savdosi ;
 mintaqada Amerika harbiylarining joylashuvi 
Hozirgi paytda XXR Sintszyan-Uyg‗ur muxtor o‗lkasida (SUMO‗) barqaror 
holatni saqlashga qaratilgan. SUMO‗ning ko‗pchilik aholisi musulmon-uyg‗urlari 
bo‗lib, ular bir necha marta mustaqil Uyg‗ur davlatini tuzmoqchi ekanligini 
bildirishgan. Hali XX asr boshlarida etnik va diniy o‗zligini saqlab qolish 
maqsadida Sharqiy Turkiston islom harakati tuzilgan edi. Biroq o‗tgan asrning 90 
yillaridan boshlab bu harakat mustaqillik uchun Pekin hokimiyati bilan 
kurashishda teroristik usullardan foydalana boshladi. Ma‘lumki, Markaziy Osiyo 
mamlakatlarida ko‗plab uyg‗urlar yashashadi, ularning qator madaniy-milliy va 
madanaiy-diniy mazmundagi tashkilotlari ish olib boradi. Bular Xitoy uchun jiddiy 
ahamiyatga egadir. 
Tahlillarga ko‗ra, yuqorida ko‗rsatilgan jihatlarning barchasi Xitoy hukmron 
doiralari Markaziy Osiyo davatlarinimahalliy uyg‗urlarga nisbatan o‗z siyosatini 
keskinlashtirshga undashi uchun asos bo‗ladi. Bugungi kunda xitoy-qozoq bitimi 
imzolangan bo‗lib, unda xitoylik musulmonlar orasida targ‗ibot olib bormaslik 
to‗g‗rida majburiyatlar ko‗rsatilgan. 2004-yilda XXR bilan Qozog‗iston o‗rtasida 
―O‗zaro jinoyatchi-fuqarolarini almashish‖ to‗g‗risida shartnoma tuzilgan. Unga 


154 
ko‗ra tomonlar bir bilan ikkala davlat sudlari jinoyatchi deb topgan fuqarolarini 
almashishi shartdir. 
Markaziy Osiyo va Afg‗oniston davlatlaridagi notinch holatning o‗zi 
Xitoyni ancha xavotirlantiradi.Birinchi navbatdabu terozrizm, diniy ekstremizm va 
giyohvand savdosi muammolari bilan bog‗liqdir. Ularning barchasi Xitoyni 
Rossiya va MO davlatlari bilan samaraliroq hamkorlik qilishga undamoqda, 
xususan Shanxay hamkorlik tashkilot doirasida. 
Rasmiy Pekin mintaqdagi uzoqni ko‗zlovchi iqtisodiy maqsadlari sari 
intiladi. Xitoy manbalariga ko‗ra, hozirda XXRda MO respubliklari bilan 
hamkorlik qilish bo‗yicha xitoylik tadbirkorlarning qatnashuvi bilan idoralararo 
kengash tuzilgan. Yoqilg‗i quvurlari va boshqa komunikatsion liniyalarni qurilishi 
neft maxsuotlarini yirik ist‘emolchisi bo‗lgan Xitoy uchun alohida ahamiyat kasb 
etadi. XXR jahonda enrgetika resurslarini import qilish bo‗yicha AQSH va 
Yaponiyadan keyin uchinchi o‗rinda turadi. Taminlarga ko‗ra, 10 yildan so‗ng 
Xitoy Yaponiyadan o‗zib ketadi, 2020-yilda uning neftga bo‗lgan ehtiyoji 380-400 
mln. tonnani tashkil etadi. Mamlakatning o‗z manbalari faqatgina 170-180 mln. 
tonnaga teng. 
Xitoy energetika sohasiga kiritayotgan sarmoyalarining katta qismi 
Qozog‗istonga to‗g‗ri keladi. Xitoyning yirik energetikachi kompaniyalaridian biri 
―CNPC‖ 20 yil davomida 43 mlrd. dollar mablag‗ kiritish sharti bilan 
―Aktobemunaygaz‖ qozoq neft kompaniyasining 82% aksiyasiga egalik qilmoqda. 
Xitoy mintaqadan gaz import qilishga katta e‘tibor qaratmoqda. 
Ma‘lumotlarga ko‗ra, Xitoy 2020-yilga qadar gaz qazib olishni 3 baravar (100-115 
mlrd kub. m.gacha) ko‗paytirishni rejalashtirgan. 2006-yil 3-aprelda XXR va 
Turkmaniston o‗rtasida kelishuv imzolagan. Unga ko‗ra Xitoy 30 mlrd. kub. metr 
hajmda turkman gazini 2009-yilda Turkmaniston – Xitoy gazquvuri ishga 
tushurilishidan boshlab 30 yil mobaynida xarid qilishi belgilangan. 
Xitoyning mintaqada olib borayotgan iqtisodiy siyosatining bosh 
maqsadlaridan biri bu MO davlatlari bilan savdo-sotiqni rivojlantirshdir. Bugun 
MO davlatlari tashqi savdosining 9% XXRga to‗g‗ri kelmoqda. Xitoy tashqi savdo 
aylanmasida ularning ulushi atiga 0,4%ni tashkil etadi. XXR mintaqada 
Qozog‗iston va Qirg‗iziston bilan eng yirik tijorat aloqalarini o‗rnatgan. MO 
davlatlariga XXR asosan mashinalar va qurilmalarni (65%), hamda oziq ovqat va 
ist‘emol tovarlarini (30%) chiqaradi. O‗z navbatida, mintaqa mamlakatlari XXRga 
hom-ashyo va energetika resurslarini sotishadi. 
O‗zbekiston bilan Xitoy o‗rtasidagi diplomatik aloqalarga to‗xtaladigan 
bo‗lsak, Xitoy ham mamlakatimizni birinchilardan bo‗lib tan olgan davlatlardan 
biri hisoblanadi. 1991- yil 27 – dekabrda O‗zbekistonni mustaqilligini tan oladi va 
1992 – yil 15 – oktabrdan XXR elchixonasi faoliyat ko‗rsata boshladi. Pekinda 


155 
O‗zbekiston Respublikasining elchixonasi 1995 – yil 6 – maydan faoliyat ko‗rsata 
boshladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014 - 
yilning avgust oyida Xitoyga davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik 
munosabatlarini yangi bosqichga ko‗tardi. Mazkur tashrif doirasida umumiy 
qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng loyihalar bo‗yicha yigirmadan ziyod 
hujjat, shuningdek, 800 million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani 
va shu tariqa jami 6 milliard dollarlik kelishuvga erishilgani o‗zaro hamkorlik 
ko‗lami yanada kengayib borayotganidan dalolat beradi. 
Xususan, 2013-yilda "Jizzax" maxsus industrial zonasi shaklida 
O‗zbekiston-Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki tashkil etildi. Bu yerda 
mobil telefonlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish 
yo‗lga qo‗yildi. "Jizzax" maxsus industrial zonasida Xitoy kompaniyalarining 
qiymati ellik million dollardan ziyod to‗g‗ridan-to‗g‗ri sarmoyasi ishtirokida o‗n 
beshdan ortiq qo‗shma loyiha amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatlarimiz 
o‗rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik samaradorligining yorqin tasdig‗idir. 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling