O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet214/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Muqarrar bekor turish korxonaning nazorat qilib bo’lmaydigan yoki muqarrar xarajatidir. U odatdagi ish sharoitidan yoki tashqi omillardan, choy ichishga tanaffusdan, to’satdan mahsulotga talabning kamayishi, ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo etkazib beruvchida boshlang’ich ish tashlashdan kelib chiqadi.
Bunga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan (ularni umumiy ishlab chiqarish sarflari schetida aks ettirish yo’li bilan) xarajatlarning bir qismi sifatida qarash mumkin.
Ish vaqtidan ortiqcha vaqt – bu mehnat qonunida belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ma’lum davr bo’lib, unga odatda ustama sifatida haq to’lanadi.
Asosiy ishchilar uchun ortiqcha vaqt quyidagi sabablar bilan zarur bo’ladi:
1)ishlab chiqarish jarayonida to’la ishlanmagan vaqtni to’ldirish;
2)dastlab rejalashtirilgan mahsulot miqdorini ko’paytirish.
Bartaraf etish imkoni bo’lgan ortiqcha ish vaqti xarajatlarini odatda shu davridagi foydalar va zararlar schetiga o’tkazib, hisobdan chiqariladi. Muqarrar yoki zaruriy ish vaqtidan ortiqcha ishlar qiymati uni umum ishlab chiqarish xarajatlari schetiga o’tkazish yo’li bilan mahsulot tannarxiga qo’shiladi.
Mukofot haqi asosiy xodimlarga va yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlari uchun to’lanadi, unga oddiy ishlab chiqarish xarajati deb qaraladi va mahsulot tannarxiga kiritiladi (umum ishlab chiqarish xarajatlariga kirtish yo’li bilan). Noishlab chiqarish xodimlariga to’langan rag’batlantirish mukofotlari shu davrdagi foyda va zararlar schetiga o’tkaziladi.


25.3. Mehnatga haq to’lash shakllari

Mehnatga haq to’lashning quyidagi shakllari mavjud:



Vaqtbay haq ishlab chiqarilgan mahsulot xajmidan qat’iy nazar, belgilab qo’yilgan soatbay, har kunlik yoki har haftalik haq me’yori asosida to’lanishini bildiradi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling