Takrorlash uchun savollar
Mahsulot tannarxini aniqlashning jarayonli usuli deganda nimani tushunasiz?
O‘rtacha hisob usulini tushuntirib bering?
FIFO usulini tushuntirib bering?
Yarim tayyor mahsulotli usulni tushuntirib bering?
Yarim tayyor mahsulotsiz usulni tushuntirib bering?
Ekvivalent birliklarni hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Shartli (ekvivalent) birliklarni aniqlash deganda nimani tushunasiz?
8.Boshqa jarayonga berishni (tayyor mahsulotni) va tugallanmagan ishlab chiqarishni baholashni tushuntirib bering?
29-BOB. KOMPLEKS ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINING TAQSIMLANISHI VA QO’SHIMCHA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH.
29.1. Kompleks xarajatlar to’g’risida tushunchalar.
29.2. Kompleks xarajatlarni taqsimlash usullari.
29.3. Qo’shimcha mahsulotni hisobga olish.
Tayanch so‘z va iboralar: kompleks xarajatlar, qo’shimcha mahsulot, ajralish nuqtasi, alohida xarajatlar, xarajatlarni taqsimlash, sotishga asoslangan usul, natural ko’rsatkichlar, sof sotish qiymati.
29.1. Kompleks xarajatlar to‘g‘risida tushunchalar
Birgalikda ishlab chiqariladigan va qo’shimcha mahsulotlar bir mahsulotni ishlab chiqarish muqarrar ravishda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga olib boradigan ishlab chiqarishga xosdir. Quyidagilar bunday tarmoqlarga misol bo’la oladi:
|
Tarmoq
|
Tayyor mahsulot
|
1.
|
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash
|
|
|
Sut zavodi
|
sut, qaymoq, saryog’, tvorog
|
|
Go’sht kombinati
|
Go’sht, teri, yog’, suyak
|
2.
|
Kimyo sanoati
|
|
|
Organik kimyo zavodi
|
Etilen, propilen, benzol
|
Quyida kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish chog’ida foydalaniladigan atamalar keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |