Kompleks yoki qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlari. Bunga yagona texnologik jarayon bilan bog’liq bo’lgan, shu jarayon davomida ikki yoki undan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan xarajatlar kiradi.61
Qo’shma mahsulotlar - bu (1) ancha bozor qiymatiga ega bo’lgan, (2) ajralib chiqish nuqtasiga qadar alohida mahsulot bo’la olmaydigan ikki va undan ortiq mahsulotdir.
Ajralish nuqtasi – bu texnologiya jarayonidagi qo’shma mahsulot alohida mahsulot sifatida tan olinadigan nuqta.
Alohida xarajatlar ~ ajralish nuqtasidan keyin mahsulot bilan bog’liq xarajatlar
Qo’shimcha mahsulotlar - bu (1) ancha bozor qiymatiga ega bo’lgan, (2) ajralish nuqtasiga qadar asosiy mahsulotdan ajralmaydigan mahsulotlar.
Kompleks ishlab chiqarishda bir mahsulotni ikkinchi mahsulotsiz ishlab chiqarib bo’lmaydi, lekin nisbati turlicha bo’lishi mumkin. Go’sht etkazib beruvchi kompaniya qushxonada faqat bir xil mahsulot olmaydi, chunki go’sht bilan birga suyak, teri, yog’ chiqadi.
Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlash sabablari:
1. Tashqi moliya hisobotlari va soliq organlari uchun zahiralarni va sotilgan mahsulot tannarxini baholash.
2. Ichki maqsadlar uchun, masalan, ijrochilarni mukofotlash uchun zahiralarni va sotilgan mahsulot tannarxini baholash.
3. Xaridorga birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotning faqat bir qismini sotishni ko’zda tutuvchi shartnomalar bo’yicha xarajatlarni aniqlash.
4. Tariflarni davlat yo’li bilan tartibga solish. Masalan, neft va tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi, lekin AQShda faqat tabiiy gaz narxni tartibga solish ob’ektidir.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |