7-rasm. 2009-2018 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va mahsulotlarini tashish
Manba: O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xabarnomasi. 2018 4-son Yuqoridagi rasmda yuk tashish tariflari nisbatan yuqori bo‘lgan avtomobilda tashish qiymatini pasaytirish eng muxim vazifadir. Jumladan, 20 tonna yukni (to‘qimachilik mahsulotini) 500 kilometrlik masofaga avtomobilda 1 kilometrga tashish qiymati O‘zbekitsonda 1,75 dollarni, Qozog‘istonda 1,19 dollarni,
Qirg‘izistonda 1,35 dollarni, Tojikistonda 1,11 dollarni, Turkmanistonda 0,71 dollarni tashkil etadi. Bunday holatning sabablari quyidagilardan iborat.
Birinchidan, avtotashuvchi kompaniyalarning avtosaroyi eskirmoqda. Respublikamizda yuk avtomobillari saroyining taxminan 60 foizi (2018 yil boshidagi holatga ko‘ra) 15 yildan ortiq ekspluatatsiya qilingan. Eskirgan avtosaroy yoqilg‘i ko‘proq sarflanishiga va yuk tashish qiymatining oshishiga olib kelmoqda. Jumladan, yuk avtomobilining 100 km yo‘lga yoqilg‘i sarfi O‘zbekistonda 34-41 l., Evropa
Ittifoqida 32-34 litrni tashkil etadi.
Ikkinchidan, yuk avtomobillarini import qilishga qo‘yilgan bojxona to‘lovlari stavkalari. Jumladan, Respublikamizga Evropada ishlab chiqarilgan zamonaviy avtopoezdni import qilishda to‘lovlarning umumiy summasi (bojxona boji, QQS, aksiz, Yo‘l jamg‘armasiga yig‘im va hokazolar) tovar bojxona qiymatining 110146 foizini tashkil etmoqda. Natijada Respublikamizda 2011-2017 yillarda yuk avtotransporti saroyining o‘sishi 0,6 foizni tashkil etdi. AQSHda shu davr mobaynida u 5,7 foizni, Polshada 40,1 foizni, Rossiya Federatsiyasida 25,4 foizni,
Sloveniyada 48,7 foizni, Slovakiyada 64,7 foizni tashkil etdi.3
Uchinchidan, avtotashuvchilarning transport xizmatlarining narxlariga ularning faolitini litsenziyalash mexanizmining og‘irlashtirilgani, Xalqaro avtotashish kvotalariga kirish huquqidek omillar ta’sir qiladi.
5-jadval
Bitta konteynerni 1-km masofaga tashish harajatlarini taqqoslama jadvali
№
|
Davlatlar nomi
|
Qilinadigan xarajatlar miqdori AQSH
$
|
1.
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
5,15
|
2.
|
Qozog‘iston Respublikasi
|
0,93
|
3.
|
Qirg‘iziston Respublikasi
|
2,65
|
4.
|
Tojikiston Respublikasi
|
6,83
|
5.
|
Turkmaniston Respublikasi
|
2,65
|
Do'stlaringiz bilan baham: |