O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti «Lоgistikа» tа’lim yo’nаlishi tаlаbаlаri uchun


Xaridni (ta’minotni) rejalashtirish


Download 1.89 Mb.
bet24/77
Sana26.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1127983
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
Xalqaro logistika

Xaridni (ta’minotni) rejalashtirish
Moddiy oqimni harakatga keltiruvchi mexanizm ta'minot yoki xarid bilan ta'minlanadi.
Ta'minot zanjirida har bir tashkilot oldingi yetkazib beruvchilarning materiallarini sotib oladi, ularga qo'shimcha qiymat beradi va ularni keyingi iste'molchilarga sotadi. har bir tashkilot material sotib oladi va sotadi. ular yetkazib berish zanjiri bo'ylab harakatlanishadi va bu tizimga qo‘shilib ketadi. Bu tizimning o‘ziga xos jixatlaridan biri bo‘lib xarid hisoblanadi unda maxsulotlarning xar bir xarakati hisobga olinadi. Xarid yetkazib berish zanjiri tarkibiga kiruvchi korxonalar o‘rtasida asosiy bo‘g‘inlarni shakllantiradi.18
Umumlashtirilgan xolatda logistik zanjir – korxonani ishonchli materiallar
Yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
SHundan kelib chiqib o‘uyidagi aniq maqsadlar taklif qilinadi:

  1. tashkilotga ishonchli va uzluksiz moddiy oqimlarni yaratish;

  2. ushbu materiallardan foydalangan holda bo'limlar bilan yaqin aloqada bo'lish, aloqalarni rivojlantirish va ushbu so'rovlarni tushunish;

  3. Tegishli yetkazib beruvchilarni izlash, ular bilan yaqin hamkorlik va foydali munosabatlarni shakllantirish;

  4. Kerakli materiallarni sotib olish va ular sifatli bo'lishini ta'minlash vaqtida va zarur bo'lganda yetkazib beriladi, shuningdek boshqa talablarni qondiradi;

  5. Yaxshi narx va yetkazib berish shartlari to‘g‘risida kelishish;

  6. Mavjud standart va mavjud materiallarni o‘rtacha darajadagi zaxiralarini yaratish, ularga to‘g‘ri keluvchi zaxira va investitsiya siyosatini yuritish;

  7. Yetkazib berish zanjiri orqali materiallarning tez harakatlanishi, zarur bo'lganda yetkazib berishlarni ta’minlash, mavjud sharoitlarni doimiy kuzatish, shu jumladan etishmovchiliklar narxining kutilayotgan ortishi, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqalar.

Odatda, ta'minot bitta bo‘lim orqali amalga oshiriladi, bu markazlashgan savdoni amalga oshirishda ko‘proq daromad olish imkoniyatini beradi. Bu daromadlar turiga quyidagilar kiradi:

  1. Aynan va shunga o‘xshash materiallar xaridlarini birlashtirish, bu katta byurtma uchun chigirmalar olish imkoniyatini beradi;

  2. Xizmat ko‘rsatish, saqlash, ortish tushirish uchun qilinadigan xarajatlarni tejash orqali faoliyatini asosiy turlarini samaradorligiga erishish;

  3. Keraksiz qabul qilish va takrorlanishdan voz kechish;

  4. Yetkazib beruvchilar bilan yagona aloqa nuqtasiga ega va ularni zarur axborot va xizmatlar bilan ta'minlash;

  5. Maxsus malakalar olish va yetkazib berish operatsiyalarini takomillashtirish;

  6. Boshqa xodimlarni o'z funktsiyalarini bajarishlariga e'tibor qaratish qobiliyati, ular xaridlar bilan chalg'itilmasligi;

  7. Boshqaruvni nazorat amalga oshirish ta’minot javobgarligini osonlashtiriradi.

Ta'minotning eng muhim qismlaridan bir qismi bo‘libi to'g'ri yetkazib beruvchini topish hisoblanadi. Agarda yetkazib beruvchi uni ta’minotini ta’minlay olmasa yaxshi ishlab chiqarilgan maxsulotdan foyda kamroq. Tasavvur qiling siz ma’lum loyixa ustida ishlayapsiz va siz ushbu loyixani amalga oshirishni muxim bug‘inlaridan biri bo‘lgan yig‘ma ko‘prik sotib olmoqchisiz.
Siz ikkita faktor bo‘yicha taxlil qilasiz.
Birinchidan, qanchalik darajada loyixa qismi sizni extiyojizni qondira oladi.
Ikkinchidan yetkazib beruvchi berilgan xususiyatlari bilan maxsulotlarni
Yetkazib berishni ta’minlay oladi.
Boshqacha aytganda, yetkazib beruvchi o'z ishini bajarishi, yuqori sifatli, o'z vaqtida va oqilona xarajatlarni ta'minlashi kerak va boshqalar.
Aytaylikki, poezdda qayoqqa borish to'rt soat ichida amalga oshirishi e’loni yaxshi ko'rinishi mumkin, ammo temir yo'l kompaniyani bu vaqtni hqiqatda ta’minlab bera olmasa, uning qiymati sezilarli darajada kamayadi.
SHunday qilib ta’minot malakali yetkazib beruvchini izlashda boshlanadi.
Odatda korxonalar yetkazib beruvchini izlashadi, qaysiki:

  1. moliyaviy barqarorligi va ularning faoliyati uzoq muddatli istiqbolga ega;

  2. zaruriy materiallarni yetkazib berish imkoniyatiga egadir;

  3. xatolarsiz zarur materiallarni yetkazib berish;

  4. materiallarni kafolatlangan yuqori sifat bilan jo‘natish;

  5. ishonchli va o'z vaqtida yetkazib berishni, qisqa muddatlarda buyurtmalarni bajarilishini ta'minlash;

  6. oqilona narxlar va moliyalashtirish shartlarini taklif qilish;

  7. iste'molchilar talablari va yuzaga keladigan o'zgarishlarga moslashish;

  8. Sizga kerak bo'lgan mahsulotlar bilan etarli tajribaga ega;

  9. yaxshi obro'ga ega bo‘lish;

  10. qulay va oson xarid qilish tizimiga ega bo'lish;

  11. ilgari erishgan yutuqlar va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirishi mumkin.

Turli sharoitlarda, joylashtirish qulayligi, keng tarqalgan o'zgaruvchan talabni ta'minlash qobiliyati va boshqalar kabi boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega19.
Men elektron xaridlarga alohida e'tiborni qaratmoqchiman, bu juda istiqbolli tizim. Aksariyat tashkilotlar bugungi kunda elektron ta’minotni u yoki bu shaklda shaklda qo'llaydilar.
Bir qator sharh natijalari shuni ko'rsatdiki, Buyuk Britaniyadagi kompaniyalarning 60% dan ortig'i 2002 yilda ta’minotni bu shaklini qo‘llab kelmoqda va 80% Yevropa menejrlari kelajakda juda keng qo'llanilishini kutishmoqda.
Elektron ta’minotni amalga oshirishni asosiy yutuqlarini ko‘rsatib o‘tamiz:

  1. dunyoning xoxlagan nuqtasida joylashgan yetkazib beruvchilarga tez ruxsat berish;

  2. mahsulotlarning tayyorligi va ularni ishlab chiqarish shartlari maqbul bo'lgan ochiq bozorni yaratadi;

  3. standart usuli yordamida xaridlarni avtomatlashtiradi;

  4. tranzaktsiyalar uchun zarur bo'lgan vaqtni sezilarli darajada pasaytiradi; xarajatlarni kamaytiradi (odatda 12-15%);

  5. sotib olish tadbirlarining ayrim turlari uchun autsorsingdan foydalanadi;

  6. o'z axborot tizimini ta'minlovchilarning o'xshash tizimlari bilan birlashtiradi.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling