O’zbekiston rеspublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/103
Sana18.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1589400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
Bog'liq
Xulq-atvor (o\'quv qo\'llanma) - янги

 
Xulq-atvor iqtisodiyoti nima? 
 
Xulq-atvor iqtisodiyoti – shaxslar va institutlar qarorlariga psixologik, 
kognitiv, hissiy, madaniy va ijtimoiy omillarning ta’sirini hamda bu 
qarorlarning klassik iqtisodiy nazariya nazarda tutgan qarorlardan qanday farq 
qilishini o’rganadigan fandir. 
Xulq-atvor iqtisodiyoti va inson faoliyati iqtisodiyoti 
 
An’anaviy iqtisodiyotda asosiy sub’ekt “Inson faoliyati iqtisodiyoti” 
yoki “Homo ekonomikus” deb ataladigan xayoliy xarakterdir. U o’zining 
shaxsiy foydasini xudbinlik yoki oqilonalik bilan maksimallashtiruvchidir. 
Aslida insonlar butunlay xudbin emas va ular juda oqil ham emas, chunki, 
aksariyat insonlar o’z his-tuyg’ularini iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilishiga yo’l 
qo’yadilar. Biroq, an’anaviy iqtisodiyotda inson va inson faoliyati iqtisodiyoti 
o’rtasidagi tafovut iqtisodiyotni o’rganishni rivojlantirishning muhim omili 
hisoblanmaydi. 
Xulq-atvor iqtisodiyotiga oqilona va xudbin farazlarga tayanmaydigan 
iqtisodiyotni o’rganish deb ham ta’rif berish mumkin. Xulq-atvor iqtisodiyoti 
psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, nevrologiya va boshqa fanlarning 
“Homo ekonomikus” yoki “Inson faoliyati 
iqtisodiyoti” – ba’zi iqtisodiy nazariyalarda inson o’z 
manfaati uchun boylikka intiladigan oqilona shaxs sifatida 
tavsiflanadi. Inson faoliyati iqtisodiyoti esa oqilona mulohaza 
yuritish orqali keraksiz ishlardan qochadigan kishi xatti-
xarakati sifatida tavsiflanadi. 



nazariyalari hamda natijalarini qo’llaydi, inson faoliyati iqtisodiyoti haqidagi 
taxminlar va haqiqiy iqtisodiy qarorlar qabul qilish o’rtasidagi nomuvofiqlikni 
ko’rsatish 
uchun 
empirik 
tadqiqotlar, 
shu 
jumladan 
eksperimental 
tadqiqotlardan foydalanadi. Ratsional xudbin iqtisodchi faraziga tayanadigan 
an’anaviy iqtisod doirasida hal qilib bo’lmaydigan muhim savollar mavjudligi 
sababli, bu yangi yondashuv bu taxminni orqada inkor qilishga xizmat qiladi. 
Iqtisodiyotning kichik sohasi sifatida xulq-atvor iqtisodiyotining 
maqsadlaridan biri siyosatni baholashdir.
Biroq, xulq-atvor iqtisodiyotining asosiy maqsadi insonning xatti-
harakati va o’zaro ta’sirini chuqurroq o’rganish hamda shuning uchun ular 
individual va guruhlarda o’zini qanday tutishini anglashdir. Muayyan inson 
o’zining qimmatli vaqtini, daromadini yoki mol-mulkidan qanday foydalanishni 
tanlashini kuzatish orqali tanlovini amalga oshirayotgan shaxs haqida ko’p 
xulosa chiqarish mumkin. Xulq-atvor iqtisodiyotida ushbu kuzatishlarni 
yaxshiroq talqin qilishda nazariyani yaratish uchun psixologiya, antropologiya, 
nevrologiya va tegishli sohalarning tajribasini qo’llaniladi.
Agar ushbu bilimlarni o’qish orqali o’quvchi atrofdagi insonlar yoki 
firmalar haqida chuqurroq tushunchaga ega bo’lsa, maqsadga erishgan 
bo’lamiz. Chunki, insonlarni yaxshiroq anglash uchun avvalo ularni tushunish 
lozim. 
Bu yerda ratsional xudbin maksimallashtiruvchi inson faoliyati 
iqtisodiyoti haqidagi faraz bilan bog’liq uchta muhim qarashni muhokama 
qilish o’rinlidir.
Birinchidan, iqtisodchining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan afzalliklari 
ham ekzogen, ham barqarordir. Agar, imtiyozlar ekzogen desak, ular iqtisodiy 
tizimdan tashqari omillar masalan, irsiyat bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, inson faoliyati iqtisodiyoti xudbinka asoslangan bo’lsa, lekin 
hatto an’anaviy iqtisodiyotda ham ota-onaning bolaga nisbatan altruistik his-


10 
tuyg’ulariga ega bo’lgan holatlar mavjud. Bunday vaziyatda biz qaror qabul 
qiluvchini o’zlariga va ularning avlodlariga nisbatan maksimal darajaga 
ko’taradigan, xudbin insonning postulatsiyasini saqlab qolgan holda ko’rib 
chiqamiz.
Uchinchidan, inson faoliyati iqtisodiyotining ratsionalligi ta’rifi keng 
tarqalgan ratsionallik ta’rifidan keskin farq qiladi. Shu munosabat bilan, ushbu 
matnda biz ushbu farqni ta’kidlash uchun “Inson faoliyati iqtisodiyotining 
ratsionalligi” atamasidan foydalanamiz.
Ta’kidlash joizki, inson faoliyati iqtisodiyotining afzalliklari tovar va 
xizmatlarning yakuniy iste’moliga nisbatan bo’ladi va bu faqat yakuniy 
taqsimlashga tegishli degan taxminni o’z ichiga oladi. Shuningdek, tovarlar 
kombinatsiyasiga nisbatan afzalliklarni belgilovchi kichik modifikatsiya 
(masalan, nafaqat salat yoki gamburger, balki salat va gamburgerni o’z ichiga 
olgan menyuga nisbatan) vasvasa va o’zini modellashtirish imkonini beradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling