O’zbekiston rеspublikаsi oliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti
xulq-atvor iqtisodiyotining muhim rollaridan
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Xulq-atvor (o\'quv qo\'llanma) - янги
xulq-atvor iqtisodiyotining muhim rollaridan biridir.
Quyida afzal ko’rishlardagi o’zgarishlar bo’yicha bir nechta eksperimental tadqiqotlarni keltirilgan. Ushbu xulosa orqali xulq-atvor iqtisodiyotining cheklovlarini, shuningdek, uning yaqinda rivojlanayotgan fan sifatida foydalanish va keyingi rivojlanish imkoniyatlarini ko’rsatish mumkin bo’ladi. Bu borada bir qator tajribalar o’tkazilgan. Agar insonda ma’lum bir tovar bo’lmasa, qaror qabul qilishini tahlil qilish uchun, insonning shu tovarni sotib olish uchun to’lashga tayyor bo’lgan maksimal miqdori – to’lashga tayyorlik (willingness to pay, WTP) deb ataladi. Masalan, krujka bozorda sotilayotgan bo’lsa va uning WTP qiymati krujka narxidan yuqori bo’lsa, u holda bu iste’molchi krujkani shu narxda sotib oladi. Shunday qilib, WTP ma’lum bir narxdan yuqori bo’lganda bitta xaridor shu bitta tovarni sotib olsa, bu bozor talabi hisoblanadi. Agar ikkita xaridorning daromadi bir xil bo’lsa, krujkani chindan ham yaxshi ko’radigan birinchi xaridorning WTP ko’proq, lekin uni unchalik yoqtirmaydigan ikkinchisi xaridor kamroq WTPga ega bo’ladi. Agar xaridorlar bir xil afzal ko’rishga ega bo’lsa, yuqori daromadga ega bo’lgan xaridor yuqori WTPga va pastroq daromadga ega bo’lgan xaridor krujka oddiy mahsulot ekan deb hisoblaydi, chunki u pastroq WTPga ega bo’ladi. Bu esa daromad sararasi deb yuritiladi. Endi krujka egasi bo’lgan insonni va uning krujkasini sotish yoki sotmaslik haqidagi qarorini ko’rib chiqaylik. Krujkani sotish uchun u qabul qilishga tayyor bo’lgan minimal sotish narxi – qabul qilishga tayyorlik (willingness to accept, WTA) deb ataladi. Bozorda, agar egasining WTA qiymati krujkaning bozor narxidan past bo’lsa, egasi krujkani sotadi. Shunga ko’ra, agar bitta yakka tartibdagi egasi bitta krujkani sotishni amalga oshirishi 14 kerak bo’lsa, u holda narx bo’yicha bozor taklifi WTA narxidan past bo’lishi egalar soniga bog’liqdir. An’anaviy iqtisodiyot nazariyasi WTP va WTA ning farqlanishining yagona sababi, agar ikki kishi bir xil afzal ko’rish va boshlang’ich daromadga ega bo’lsa, krujka olishdan olinadigan daromad samarasi ekanligini taxmin qilinadi. Ushbu taxminni tushunish uchun biz bilishimiz kerakki, iqtisodiyotda byudjet cheklovi uchun foydalaniladigan daromad faqat mehnatdan olinadigan daromad bo’lishi shart emas. Bozorda ishtirok etishdan oldin insonlarga tegishli bo’lgan tovar va vaqtni biz “ehson” deb ataymiz. Agar insonga turli xil tovarlar berilgan bo’lsa, u tovarlarni sotib olish va sotish bo’yicha qanday qaror qabul qilishini tahlil qilishning bir usuli – u dastlab barcha berilgan tovarlarini sotadi, keyin esa o’zi iste’mol qilmoqchi bo’lgan tovarlarni bozor narxlarida sotib oladi, deb taxmin qilishdir. Shuning uchun, agar kimdir boshqasiga krujka sovg’a qilsa va krujkaning bozor narxi uch dollar bo’lsa, bunda byudjet cheklovini hisoblash uchun oluvchining daromadi uch dollarga oshadi. Ushbu daromad ortishi tufayli uning sovg’ani olgandan keyin WTA sovg’ani olishdan oldingi WTP dan yuqori bo’lishi kerak. Ushbu ta’sir daromad samarasi deb ataladi. Biroq, daromadning oshishi nafaqat krujkaga, balki, boshqa tovarlarga ham sarflanishi mumkin. Shuning uchun uning WTA WTP dan unchalik yuqori bo’lishi mumkin emas. Bu yerda ko’p ma’nosini daromadning uch dollarga ko’payishi misolida ko’rib chiqsak, WTA hech qachon WTP dan uch dollarga yuqori bo’lishi mumkin emas deb taxmin qilish mumkin. Buning sababi, insonning agar boshqa ko’plab xaridlari mavjud bo’lsa, u holda u ko’paygan daromadini krujkaga sarflashni xohlamaydi. Insonning WTP va WTA dan foydalanib, biz xaridor tomonidan tovarlarning bahosini o’lchashimiz mumkin. Agar afzal ko’rish haqiqatan ham an’anaviy iqtisodiyotdagi faraz kabi ekzogen va barqaror bo’lsa, afzal ko’rishlarga insonning krujkaga egaligi yoki 15 yo’qligi ta’sir qilmasligi kerak. Aytaylik, bir xil afzal ko’rish va daromadga ega ikkita xaridor mavjud bo’lsa, ulardan biri krujka xarid qilib, unga egalik qilsa, ikkinchisi esa xaridni amalga oshirmasa, u holda krujka egasi bo’lmaganning krujkaga WTP va krujka egasining WTA ning yagona sababi daromad samarasi bo’lishi kerak. Bu yerda biz mantiqiy ravishda WTA WTP bilan bir xil emasligini taxmin qilishimiz mumkin, ammo, WTP WTA dan biroz yuqori bo’lishi kerak. Insonlar o’zlari egalik qilgandan so’ng tovarlarni yo’qotishni yoqtirmaydilar. Agar bu to’g’ri bo’lsa, biz krujkani qabul qiluvchining WTA ni qabul qilishdan oldin qabul qiluvchining WTP dan ancha yuqori bo’lishini taxmin qilishimiz mumkin. Buning individual baholashga ta’sirini berilgan tovarlarni hadya qilish samarasi deb ataymiz. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling