O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqlarni mayda masshtabli xaritaga tushirish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Tuproqlarni mayda masshtabli xaritaga tushirish.
Mayda masshtabli xarita tuzishdan asosiy maqsad tuproq chegaralari aniq tushirilgan tuproq xaritasini yaratishdan iborat (1:300000 masshtabda). Tuproq izlanishlarida mayda masshtabli tuproq xaritalarini xalqa uslubi (petel metodom) tavsiya etiladi. Bu uslubning moxiyati shundan iboratki, izlanish olib borilayotgan hudud xalqasimon marshrutlardan iborat bo‘lib, iloji boricha tuproqshunos maskanidan radial yo‘nalish bo‘yicha kesishadi. Parallel kesib o‘tish uslubi bilan marshrutlarni o‘tkazish mumkin. Tuproq marshrutlarini shunday hisob kitob bilan o‘tkazish kerakki, bunda hududning hamma joylari bir xil darajada o‘rganilgan bo‘lishi va olingan ma’lumot tuproq xaritasini tuzish uchun etarli bo‘lishi kerak.Tuproq chegaralari aniq tushirilgan bo‘lishini talab qiladi. Mayda masshtabli xaritaga tushirishni yirik masshtabli topografik asoslarda o‘tkazish kerak. Ya’ni oxirgi tuzilayotgan tuproq xaritasi masshtabidan katta bo‘lishi kerak. Mayda masshtabli xaritaga tushirishda quyidagi materiallarni taqdim qilish kerak: 1. Topografik asosda tuproq kesmalari va marshrutlarning sxematik joylanishlari. 2. Tuproq xaritasi va mumkin bo‘lgan tuproq tushintirish xati Topografik xarita. Tuproq xaritasi, keyinchalik xaritanomalar tuzish uchun zarur bo‘lgan kartografik asosnoma bo‘lib topografik hamda aerokosmik materiallar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi dehqon fermer xo‘jaliklari yoki suv iste’molchilar uyushmasining yerlari uchun 1:10000 masshtabdagi monografik xaritalar tuproq 40 tadqiqot ishlarida qo‘llaniladi. Lekin bu topografik xaritada tuproq qoplamining tuzulish farqlarini ko‘rsatish qiyin. Hozirgi kunda dehqon fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmasining yerlari hamda kichik yer maydonlari 1:5000 masshtabli tuproq xaritalariga tushurilmoqda. Tajriba maydonlari, kichik uchastkalar, melioratsiya ishlar o‘tkaziladigan maydonlar, bog‘lar, sabzavot almashlab ekishlar uchun 1:2000 masshtabli kortogrammalar tuzushda tapografik asosnomalardan foydalanilmoqda. Topografik xaritanomadan talaba hududning umumiy joylashishini, bog‘lar,sabzavot maydonlari, xar xil agrotsenozlar, gidrografik tarmoqlar, yo‘llar, aholi yashash joylarini, aniqlay olishi zarur. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling