O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tuproqlarni batafsil masshtabli xaritaga tushirish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Tuproqlarni batafsil masshtabli xaritaga tushirish. 
Tuproqlarni batafsil masshtabli xaritaga tushirishda ma’lum hududning 
tuproq qoplami batafsil va katta aniqlikda yoritilgan holda o‘rganilib, reja va 
xaritalar tuziladi. Bunday toifalarga 1:200 dan 1: 5000 gacha masshtabli xaritalar 
kiradi. Batafsil xarita tuzish nav sinash maydonchalarida, tajriba dalalarida


35 
bodorchilikda foydalaniladigan maydonlarda, ko‘chatzorlarda, uzumzorlarda, yo‘l 
qurilishida, aerodromlarni qurishda olib boriladi. 
Batafsil masshtabli xaritaga tushirishlarda tuproqshunos dala tuproqlarining 
chegarasini bir kiska vaqt ichida aniqlashni juda yaxshi bajarishi kerak. Batafsil 
masshtabli xaritaga tushirishda har qanday o‘zgarish, shurxok doQ, tuproq xili, 
rejali xaritada o‘z tasviri bo‘lishi kerak. Bunday xaritaga tushirishda asos sifatida 
ko‘rsatilgan masshtabdagi ko‘proq yo‘llantiruvchi bor reja yoki xaritadan 
foydalaniladi. Topografik asoslarda rel’ef qatlamlari tasviri bo‘lishi juda muhim 
ahamiyatga ega. Batafsil masshtabli xaritalarni yuqori aniqlikda tuzish uchun 
joyning mikrorel’efiga katta ahamiyat berish kerak, chunki tuproq yuzasi 
koplamining murakkabligi shu izlanish olib borilayotgan hudud mikrorel’efi bilan 
uzviy bog‘liqdir. Ma’lumki, tuproq ona jinsining bir xilligi, joyning rel’efi va 
tuproqning o‘zlashtirilganlik darajasi tuproq qoplamining bir xilligiga olib keladi. 
Tuproq hosil bo‘lishida mana shu bir omilning har xilligi tuproq qoplamining 
hamma vaqt bir xil bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Rel’efning gorizantallari tasviri 
bo‘lgan asoslarni mavjudligi xaritaga tushirishni onsonlashtirib va tezlashtirib 
qolmasdan, balki bir butun o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. 
Batafsil xaritaga tushirishda mikrorel’efga alohida ahamiyat berish kerak, chunki 
tuproq qoplami joyning mikrorel’efi bilan yaqindan aloqada bo‘ladi. Har qanday 
balandlik, do‘nglik, pastlik bu xolatda o‘sha joy tuproq qoplamida o‘z tasvirini 
yaxshi ifodalaydi, shuning uchun har qanday element o‘z tuproq kesmasi bilan 
harakterlanadi. YUqori aniqlik bilan xaritaga tushirilganda ko‘p miqdordagi tuproq 
kesmalari (chuqurlar, yarim chuqurlar, chuqurchalar) qaziladi. 1:2000 masshtabli 
xaritaga tushirishda o‘rtacha topografik asosga tushirilgan bitta tuproq namunasiga 
(chuqur, yarim chuqur, chuqurcha) 0,5 dan 2 gektargacha tekshirilgan maydon 
to‘g‘ri keladi. Kesmalarning soni urganiladigan joy tabiiy sharoitiga, tuproq, 
tuproq koplamining murakkabligiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Tuproq 
kesmalarining soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproqni o‘rganish jarayonida tuproq hosil 
qilish sharoitlari va tuproq qoplamining murakkabligini hisobga olgan holda 
belgilanadi, xech qachon oldindan beixtiyor, bilmasdan belgilanmaydi. 


36 
Batafsil xaritalash jaraenida tuprokshunos katta aniklikda xarita tuzishda 
kuyidagilarga aloxida etibor karatadi:
1. Hamma morfologik belgilari yozilgan tuproq kesmasi aniq tekshirilgan 
tuproq rejasi.
2. Tuproq yoki tuproq - grunt profili. 
3. Maxsus reja asosida tuproq tushintirish xati. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling