O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Toshkent atrofi tog‘ oldi botig‘i


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Toshkent atrofi tog‘ oldi botig‘i Chotqol, Qurama, Turkiston, Nurota 
tog‘lari orasida joylashgan bo‘lib, shimoli-g‘arbda Qizilqum bilan asta 
qo‘shilib ketadi. Botiqning sharqida va janubida alohida-alohida turgan 
adirlar mavjud. Botiq relefida tog‘larga yondashgan, yuzasi to‘lqinsimon 
tekisliklar va Sirdaryo, Chirchiq hamda Ohangaron daryolarining yuzasi tekis 
terrasalari ajralib turadi. Chirchiq-Ohangaron vodiysida qayir usti terrasalari 
mavjud. Ular ichida katta maydonni 1- va 4- terrasa egallaydi. 1-terrasaning 


62 
mutlaq balandligi Qibray shaharchasi yaqinida 512 m., Chirchiqning quyilish 
joyida 170 m.ga teng. 1-va 4-qayir usti terrasalarining qayirdan balandligi 1-7 
metrni tashkil etsa, qadimgi 4-terrasa balandligi 20 metrga, ayrim erlarda 40 
metrga etadi. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan Mirzacho‘l tekisligi 
Sirdaryoning 3-terrasasidan iborat. U daryo qayiridan 2-3 va 8-10 m 
ko‘tarilib turadi. Tekislikning yuzasi deyarli tekis bo‘lib, shimoli-g‘arbga 
tomon biroz pasayib boradi. Relefida yonbag‘ri juda ham kam qiyalikka ega 
bo‘lgan ikkita past tekislik-Sardoba va SHo‘ro‘zak o‘zansimon tekisliklar 
ajralib turadi. Janubdan Mirzacho‘lga to‘lqinsimon tog‘ oldi qiya tekisliklar 
yondoshib keladi. Ular Turkiston tog‘ tizmasidan oqib tushadigan Sangzor
Zominsuv va boshqa daryo hamda soylarning konussimon prolyuvial 
yoyilmalaridan, hududni janubdan o‘rab turgan tog‘larning delyuvial-
prolyuvial shleyflaridan tashkil topgan. Tog‘ oldi tekisliklarining 
Sirdaryoning 3qterrasasi bilan qo‘shilgan erida keng sho‘rxok zona mavjud. 
Toshkent tog‘ oldi botig‘ida paydo bo‘lishi va gipsometrik belgilariga 
qarab strukturali-erozion, skulptura-erozion, erozion-akkumulyativ va eol-
akkumulyativ relef tiplarini ajratish mumkin. 
Zarafshon tog‘ oraligi botig‘i Nurota va Zarafshon tog‘ tizmalari 
oralig‘ida joylashgan. U uch tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Zarafshon 
botig‘ining uzunligi 180 km.ga, kengligi 10-60 km.ga teng bo‘lib, tubi 
shimoli-g‘arbga tomon asta pasayib boradi. Botiqning mutlaq balandligi 
janubi-sharqida 720 m.ni, shimoli-g‘arbida 280 m.ni tashkil etadi. Botiq 
g‘arbda Hazora darasi orqali Qizilqum bilan tutashgan.
Zarafshon vodiysi botiqning o‘rtasida joylashgan, kengligi 10-30 km. 
Eng katta maydonni qayirdan 7-10 m yuqorida joylashgan 2-terrasa 
egallaydi. 3-terrasaning 2-terrasadan balandligi 10-18 m keladigan tik 
jarliklar bilan ajralib turadi. Bu terrasa yuqori tomonida o‘r-qir relefli tog‘ 


63 
oldi tekisliklari bilan asta-sekin qo‘shilib ketadi. Botiqning sharqiy qismini 
Zarafshon daryosining konussimon yoyilmasi egallagan. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling