O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
-BOB . TUPROQNI DALADA TEKSHIRISH TEXNIKASI
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
5-BOB . TUPROQNI DALADA TEKSHIRISH TEXNIKASI
5.1 Tuproqlarni dala sharoitida o‘rganishda kartografik asoslardan foydalanish Har xil xaritalardan, shuningdek, topografik asoslardan, rasm rejalardan oson foydalanish va ularni to‘g‘ri taxmin qilish uchun masshtabdan fodalaniladi. Masshtab – bu reja va xaritadagi chiziqlarni xaqiqiy masofaga nisbatan kichraytirilgan darajasiga aytiladi. Masshtab rejadagi chiziqlarning joydagi masofalarga nisbatini ko‘rsatadi. Masshtab ikki xil bo‘ladi: Sonli masshtab; chiziqli masshtab. 1. Sonli masshtab nisbat yoki kasr bilan ko‘rsatiladi, uning suratida va maxrajida kichraytirish darajasini ko‘rsatuvchi son bo‘ladi. Masalan: masshtab 1/100 yoki 1:100 rejadagi har bir chiziqning xaqiqiy masofaga nisbatan 100 marta kichrayganligini ko‘rsatadi. Rejadagi ikki nuqta orasidagi masofani o‘lchab, keyin uni sonli masshtab maxrajidagi songa ko‘paytirilsa, ikki nuqta orasidagi xaqiqiy masofaning uzunligi topiladi. Masalan rejada ikki nuqta orasidagi masofa 7 sm va sonli masshtab 1:2000 bo‘lsa, xaqiqiy masofa 70x2000=140000 sm yoki 1400 m ga teng bo‘ladi. Sonli masshtab maxrajida kichik son bo‘lsa, yirik masshtab, katta son bo‘lsa, mayda masshtab deyiladi. Masalan: Masshtab 1:10000 ga qaraganda 1:200 yirik, masshtab 1:100000 ga qaraganda 1:20000 yirik va xokozo. 2. Chiziqli masshtab teng qismlarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziqdan iborat. Uning qismlari o‘z ustida bo‘lgan raqam bilan belgili masofani anglatadi. Hozirgi reja va xaritalarda chiziqli masshtab qismlarining uzunligi 1sm bo‘ladi: eski xaritalarda esa 1 dyuym (ya’ni 2,54 sm ) bo‘lgan. CHiziqli masshtab qismlarining uzunligini ko‘rsatuvchi o‘lcham (1 sm yoki 1 dyuym) masshtab asosi deyiladi. Masshtab asosi bilan ko‘rsatiladigan xaqiqiy masofa masshtab kattaligi deyiladi. 71 Masalan chiziqli masshtab 1 sm , 1 m, 100 m, 1 km va xokozo masofalarni ko‘rsatish mumkin. Chiziqli masshtab asosi qancha kichik masofani ifodalasa masshtab shuncha yirik bo‘ladi. Chiziqli masshtab qismlari 0 raqamidan boshlab hisoblanadi. 0 raqam masshtabning birinchi qismidan keyin o‘ng tomonga yoziladi. Reja va xaritalarda masofani aniq o‘lchash maqsadida, masshtabning birinchi qismi mayda bo‘laklarga (masalan millimetrlarga) bo‘lingan. Sonli masshtabga qaraganda chiziqli masshtabdan foydalanish ancha qulay. CHunki chiziqli masshtabdagi xaqiqiy masofani reja yoki xaritaga qarab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash mumkin. Ko‘p reja va xaritalarda sonli va chiziqli masshtabning ikkalasi ham bo‘ladi. Lekin ba’zi reja va xaritalarda chiziqli yoki sonli masshtablardan birigina bo‘ladi. Bularning qaysi biri kerak bo‘lsa o‘shanga aylantirish mumkin. Sonli masshtabni chiziqli masshtabga aylantirish uchun rejadagi yoki xaritadagi 1 sm ni sonli masshtab maxrajidagi songa ko‘paytirish kerak. Keyin kupaytirishdan hosil bo‘lgan santimetrlarni metr yoki kilometrga aylantiriladi. Masalan: sonli masshtab 1:10000 bo‘lganda xaqiqiy masofa rejada 10000 marta kichraytirilganligi ko‘rinadi. Demak rejadagi 1sm, 10000 sm yoki 100 metr xaqiqiy masofani ko‘rsatadi. Chiziqli masshtabni sonli masshtabga aylantirish uchun chiziqli masshtab qismlarining xaqiqiy masofadan necha marta kichikligini hisoblash kerak. Masalan: chiziqli masshtabning 1 santimetri xaqiqiy masofaning 2 km ko‘rsatadi deylik. Ma’lumki, 1km da 1000 m yoki 100000 sm bor, 2 km da 200000 kichraytirilgan ekan. Binobarin sonli masshtab 1:200000 bo‘ladi, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, sonli va chiziqli masshtab maydonning emas, balki chiziqlarning kichrayish darajasini ko‘rsatadi. Reja yoki xaritadan maydonning kichrayish darajasi masshtabida ko‘rsatilgan chiziq kichrayishning kvadratiga barobar bo‘ladi. Masalan, masshtab 1:100 bo‘lganda rejadagi maydon 100 marta emas, 10000 marta kichrayadi. Agar shu masshtabni ikki marta kichraytirsak, yani 1:100 o‘rniga 1:200 olsak, u holda rejadagi maydon ikki marta emas, balki to‘rt marta kichrayadi, yani maydonning xaqiqiy kengligi 40000 marta kichrayadi. Rejadagi to‘g‘ri to‘rtburchakli maydonning haqiqiy kattaligini aniqlash uchun masshtabga 72 qarab, uning dastlabki haqiqiy uzunligi va xaqiqiy eni topiladi. Keyin maydonning topilgan haqiqiy uzunligini haqiqiy eniga ko‘paytirish kerak. Buning natijasida hosil bo‘lgan son maydonning haqiqiy kattaligini kvadrat metr hisobida ko‘rsatadi. Agar rejadagi maydonning shakli to‘g‘ri burchakli bo‘lmasa, uning haqiqiy kattaligini topish uchun kvadratlarga bo‘lingan kalka qog‘oz, pontometrlardan foydalanamiz. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling