O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tuproq kesmalarini qo‘yish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Tuproq kesmalarini qo‘yish. 
Tuproq qoplamining tuzilishi –TQT aniqlash uchun 1 ga maydon 1:100m tada 
batafsil xaritaga tushiriladi. Bunda ushbu o’rganiladigan maydon 10 
piketlar 
orqali bo‘linadi va har bir kvadrat o‘rtasiga kesma qo‘yilib tasniflanib kalit 
maydon hosil qilinadi. 
Kesmaning qo‘yilgan joyi kartografik asosnomaga yoki aerofototasvirga 
o‘tkaziladi. Asosiy kesma tomonlari -3mm dan bo‘lgan kvadrat, nazorat kesma-
3mm aylana, xandak tomonlari-3mmdan bo‘lgan to‘g‘ri uchburchak ko‘rinishida 
tushiriladi va o‘ng tominiga raqamlar yoziladi. 
Tuproq kesmasining joylashgan joyi kartografik asosnomaga o‘tkazilganda 
1:10000 va 1:25000 masshtabda aniqlik ko‘rsatkichi ± 3.0 ±1.5 mm da bo‘ladi. 
Tuproq qoplami qalinligini o‘rganish uchun 3 xil tuproq kesmalari ya’ni asosiy 
kesma, nazorat kesma va xandaklar qo‘yiladi.Ushbu asosiy kesma, nazorat kesma 
hamda xandaklar son nisbati 1:4:5 ga teng bo‘ladi. 
a.Asosiy kesma. Bu kesmadan laborotoriya tahlilariuchun tuproq namunalari 
olinadi. Tuproqning sistematik birligi aniqlanadi. Topografik asosnomada yoki 
tuproq xaritasida X bilan belgilanadi. 
b.Nazorat kesma .Tuproq ayirmalarini aniqlash uchun qo‘yiladi va O belgisi bilan 
belgilanadi. 
v. Xandakcha-tuproq ayirmalarining chegaralarini aniqlash uchun qo‘yiladi. X 
belgi bilan belgilanadi. 
Asosiy kesmada tuproq profilining barcha genetik qatlamlari va ona 
jinsining bir qismi ochiladi. Asosiy kesmaning chuqurligi ona jinsning 
joylashishiga va genetik qatlamlar soniga bog‘liq.Mirzacho‘l vohasining 


73 
sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarida 180-200sm. Bu kesmada tuproqning 
morfologik belgilari batafsil yoziladi,laborotoriya tahlili uchun, tuproq namunalari 
olinadi, tuproqning zichligi,hajm og‘irligi, namligi aniqlanadi, rasmga tushiriladi
dalaning o‘simliklar qoplami kuzatiladi. 
Nazorat kesma (YArim kesma -)-asosiy kesma orqali tariflangan tuproq 
turi, ayirmasining maydonini aniqlash uchun, hamda tuproqning morfologik 
belgisi, genetik qatlam qalinligi, granulometrik tarkibi, gumus miqdori, karbonatli 
qatlamning joylashishi va qalinligini taqqoslash maqsadida qo‘yiladi. Nazorat 
kesmaning chuqurligi
gorizontning quyi chegarasigacha ochiladi chuqurligi 80-
100sm.olinadi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling