O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tuproq g‘ovokligini baholash(N.A.Kachinskiy)


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Tuproq g‘ovokligini baholash(N.A.Kachinskiy) 
Vegetatsiya 
davrida qumoq 
vasoz tuproqlar 
uchun umumiy 
kovaklik,foiz 
G‘ovaklikning sifat 
bahosi. 
Vegetatsiya 
davrida qumoq 
va soz tuproqlar 
uchun umumiy 
g‘ovaklik,foiz 
G‘ovaklikning 
sifat bahosi. 
70 
Tuproq qavargan bo‘lib, 
g‘ovoklik nihoyatda 
yuqori 
50 
Haydalma qatlam 
uchun qoniqarsiz 
65-55 
Madaniy haydalma 
qatlam uchun, g‘ovaklik 
a’lo 
40-25 
Illyuvial 
gorizontuchun 
xarakterli 
g‘ovaklik 
nihoyatda past. 
 
N.E.Bekarievich, S.I.Dolgova va boshqa tadqiqotchilar, juda ko‘pchilik 
qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi uchun tuproq haydalma zichligining 
optimalligi va uning tuproq mexanik tarkibiga bog‘liqligi aniqlagan. Masalan: 
og‘ir qumoqli qora tuproqning xaydalma qatlami zichligi 1,25 g/sm

-1,30 g/sm

bo‘lishi makkajo‘xori va bug‘doy uchun optimal xisoblansa boshqa ekin turlari 
uchun kumloq tuproqlar zinchligi 1,35 g/sm
3
- 1,60g/sm
3
bo‘lishi optimal 
hisoblanadi. 


84 
Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan, paxtachilik va sabzavot, bog‘dorchilik, 
polizchilik ekin maydonlaring o‘ziga xos xususyatlaridan biri, xar bir davriy 
sug‘orishdan keyingi agrotexnik ishlov berishdir. G‘o‘zaning vegetatsiya davrida 
tuproqqa 3-5 marta ishlov beriladi. Agar bunga dalani ekishga tayorlash, davrida 
o‘tkaziladigan: chuqur og‘darib xaydash,chizillash, boronalash, mololash ishlarini 
hisobga olsak qishloq xo‘jalik texnikasi bitta dalaning o‘zidan 8-10 marta o‘tadi. 
A.K.Kashkarov va A. Jo‘raevlarning ma’lumotiga qaraganda nam tuproqli 
daladan traktorning bir marta o‘tishi natijasida tuproqning yuqori qatlami zichligi 
1,34 g/sm
3
dan 1,52-1,60g/sm
3
ortib ketar ekan. 
Tuproq zinchligining ortishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sug‘orish suvlari 
va sho‘r yuvish jarayonlari hamda xar yili tuproqni bir xil chuqurlikda og‘darib 
haydash tufayli vujudga keladigan “omochposhnasi”nomli qattiq zinchlishgan 
qatlam ham hisoblanadi. N.I.Zilina Mirzacho‘l vohasidagi sug‘oriladigan och tusli
buz tuproqlarda omoch poshnasi zichligi 1,66-1,72 g/sm
3
, M.U.Umarov Qarshi 
dashtida tarqalgan sug‘oriladigan taqdirli tuproqlarda omoch poshnasi zinchligi
1,58-1,69 g/sm
3
gacha borishin ko‘rsatadi. Bunday zinchlikka ega bo‘lgan omoch 
poshnasi ko‘pincha suv va havo o‘tkazmaydi. Buning natijasida bu qatlam ustida 
sug‘orma suvlar to‘planadi, va madaniy o‘simliklarning ildiz sistemasiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi qaytaruvchi jarayon vujudga keladi. Bu jarayon ta’sirida qishloq
xo‘jalik ekinlari hosildorligining kamayishiga sabab bo‘ladi. 
R.Qurvontoevning (1991) takidlashicha sug‘oriladigan og‘ir qumoqli va
engil soz mexanik tarkibli tuproqning zinchligi 1,2-1,3 g/sm
3
bo‘lganda kapilyarlik 
xossasi juda yaxshi bo‘lsa, engil va o‘rta qumloqli tuproqlarda bu ko‘rsatkich 
1,2-1,4 g/sm
3
, qumloqlarda esa 1,3-1,4 g/sm
3
hisoblanar ekan. Engil
mexanik tarkibli tuproqlarning optimal zinchligi g‘o‘za uchun 1,3-1,4 g/sm
3
bo‘lsa, engil soz tuproqlarda 1,2-1,4g/sm
3
hisoblanadi. 
N.A Kachinskiy ma’lumotlariga ko‘ra o‘simliklarning ildiz tukchalari 0,01 
mm dan kichik diometrli g‘ovaklikdan o‘ta olmaydi, tuproqda yashovchi
mikroorganizmlar 0,003 mm dan kichik g‘ovakliklarga kira olmas ekan, bu o‘z 
o‘rniga tuproq biotasining kambag‘allashuviga olib keladi. 


85 
Tuproq zinchligining ortishi, o‘simlik ildizining tarqalish va oziqlanish 
maydoni kamayadi, bu o‘sish va rivojlanish sekinlashtiradi, hosilning kamayishiga 
olib keladi. 
Tuproqning optimal zinchligini saqlash turli chora tadbirlari ya’ni yerni 45-
60 smda haydash, 60-100 sm gacha yumshatish, mahalliy o‘g‘itlar miqdorini 
ko‘paytirish, takroriy ko‘katli o‘g‘it o‘simliklar ekish, g‘oza-beda almashlab 
ekishni joriy etishdir (7-jadval). 
8-jadval 
Qumoq va soz tuproqlar zichlik darajasining baholanishi (N.A. Kachinskiy) 
Zichlik, 
g/sm
3
Baholash 
Zichlik, 
g/sm
3
Baholash 
1,0 
Qo‘zilab 
turuvchi 
yoki 
organik 
modalarga 
boy 
tuproq 
1,3-1,4 
Kuchli zichlangan haydalma 
tuproq 
1,0-1,1 
Yangi haydalgan tuproq 
1,4-1,6 
Haydalma 
ostki 
qatlam 
uchun(qora tuproqdantashqari) 
xarakterli ko‘rsatkich 
1,2-1,3 Zinchlangan 
haydalma 
tuproq 
1,6-1,8 Kuchli zinchlangan illyuvial 
gorizont uchun ko‘rsatkich 
Tuproqning zichligi quyidagi gradatsiyalarga bo‘linadi: 
- Juda yumshoq-tuproq massas to‘liq yumshoq,oyoq qo‘yganda chuqur oyoq izi 
qoladi,nam bo‘lganda qo‘lga olib siqsa kesak hosil bo‘ladi. 
- Yumshoq-tuproq massasi kuchli birikmagan zarrachalar yoki agregatlardan 
iborat,lopatka bilan oson ishlov beriladi. Kesma devoriga pichoq yengil to‘lig‘ich 
botib kiradi. 
- Birmuncha qattiqroq-tuproq massasi yaxshi ifodalangan donodor, lopatka 
bilanishlov berish yoki qazish oson. Kesma devoriga pichoq yengilroq botadi.
- Qattiq-lopatka bilan qiyin qaziladi vaishlov beriladi, kesma devorig pichoqni 
kuch bilan botirganda 1-2sm kiradi. 


86 
- Juda qattiq –lopatka bilan qazib ishlov berib bo‘lmaydi, kirka va lom yordamida 
qazish mumkin. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling