O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqlarning mexanik tarkibi bo‘yicha bo‘linishi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Tuproqlarning mexanik tarkibi bo‘yicha bo‘linishi.
Tuproqlarning mexanik tarkibiga ko‘ra nomi Fiziki soz miqdori (0,01 mm-dan kichik) Fizikqummiqdori(0, 01mm-dan katta) Qum 0-10 100-90 Qumloq 10-20 90-80 Yengil qumoq 20-30 80-70 O‘rta qumoq 30-45 70-55 Og‘ir qumoq 45-60 55-40 Yengil loy 60-75 40-25 O‘rta loy 75-85 25-15 Og‘ir loy <85 >15 Tuproqning fizik xususiyati uning unumdorligini aniqlovchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, ning zichligi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi, strukturasi va boshqa ko‘pgina ko‘rsatkichlari ko‘pincha mexanik tarkibga bog‘liq bo‘ladi Loy va og‘irqumoq mexanik tarkibga ega bo‘lgan tuproqlar yuqori suv sig‘imi, kuchsiz suv o‘tkazuvchanlik, changli va qatqoloq paydo bo‘lishi xususiyatlari bilan ajiralib turadi. Tuproqqa ishlov berish davrida uning zichligi ortishi sababli yuqori qarshilik ko‘rsatishi mumkin. Il zarrachalari (0,001mm-dan kichik) esa tuproqning strukturasining yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi. Shu narsa ma’lumki bunday mexanik tarkibli tuproqlarning potensial unumdorligi yuqori bo‘lib, agrotexnik tadbirlar tizimi to‘g‘ri olib borilganda, bu yerlardan yuqori hosil olish mumkin. Yengil qumoqli qumloq mexanik tarkibli tuproq ancha g‘ovak tuzilishga ega bo‘lib,kuchli suv o‘tkazuvchanlik va kam suv ushlab qolish qobiliyatiga ega. Bu tuproqlarning yuza qismida qatqaloq umuman hosil bo‘lmaydi, lekin ular shomol eroziyasiga uchraydi.Shuningdek bu tuproqlarda suvda eruvchan tuzlarni yuvib chiqarish oson bo‘ladi. 81 O‘rta qumoq tuproqlaryuqorida aytilgan tuproqlarning oraliq qismini tashkil qilib, ularga nisbatan kam zichlashgan va qatqoloqlashgan,eng yaxshi suv-fizik xususiyatlariga ega bo‘ladi. Tuproqning mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina fizik xususiyatlari undagi namlik rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham sug‘orish muddatlari va me’yorlari belgilanayotganda tuproqning mexanik tarkibi asosiy ko‘rsatkich sifatida hisobga olinadi. Tuproq kesmasining morfologik tasnifi mexanik tarkibi bo‘yicha quyidagicha yoziladi: -loyli,-og‘ir qumoqli, -o‘rta qumoqli,-yengil qumoqli, -yengil qumoqli, - qumloqli,-qumli, a) og‘ir qumoqli qatlamlar uchraydi, b) o‘rta qumoqli qatlamli uchraydi, v) yengil qumoqli qatlamlar uchraydi. 85> Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling