O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqlarning fizik xossalarini o‘rganish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Tuproqlarning fizik xossalarini o‘rganish
Yirik o‘lchamli tuproq tadqiqotlarining ajralmas qismi bu tuproqning fizik xossalarini o‘rganishdir. U tuproq to‘g‘risida to‘la tavsifga, uning meliorativ va agrotexnik xossalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladi. Fizik xossalarini o‘rganish dasturi tuproq ishlarini umumiy rejalashtirish davrida belgilanadi va dala ishlarining boshlarida aniqlik kiritiladi. Ish hajmining mo‘ljallangan hisobini amalga oshirish uchun 4-jadvaldan foydalaniladi. Tuproqlarning fizik xossalari dala hamda laboratoriya sharoitlarida o‘rganiladi. Hajm og‘irligi, solishtirma og‘irligi, g‘ovaklik, mexanik va mikroagregat tarkibi, struktura holati, suv o‘tkazuvchanlik, dala nam sig‘imi, o‘simlikning turg‘in so‘lish namligi, kapillyar namlikning yuqori chegarasi aniqlanadi. Tuproq fizik xossalarini to‘liq yoki qisqartirilgan dastur bo‘yicha o‘rganish guruh boshlig‘i va tadqiqotchi tuproqshunos tomonidan tuzilgan tuproq kartasi asosida hamda dastlabki tuproq tadqiqotlari natijasida aniqlanadi. 78 4-jadval Tuproq tadqiqotlari masshtabi va tuproq toifalari murakkabligiga bog‘liq holda tuproqning fizik xossalarini to‘la o‘rganish dasturiga muvofiq bitt fizik nuqta to‘g‘ri keladigan maydon hisobi. Tuproq s’yomkasi masshtabi Tuproq o‘rganish ishlari toifalariga qarab fizik xossalari majmuini aniqlash uchun bir fizik nuqtani qamrab oluvchi haydaladigan maydon(ming/ga) I II III IV 1:10000 4 3 2 1 1:25000 8 6 4 2 Eng ko‘p tarqalgan tuproqlarda fizik xossalar to‘liq dastur bo‘yicha, kamroq tarqalgan tuproqlarda esa quyidagi qisqartirilgan dastur asosida o‘rganiladi. *-mexanik tarkibni aniqlash bilan qo‘shib olib boriladi. **- yer osti suvi yaqin joylashganda (3 m. va undan yaqin) aniqlanadi. O‘rganilayotgan hudud bir nechta maydonlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, unda tuproqning fizik xossalarini o‘rganish massivda uchraydigan tuproq xillarining mumkin qadar ko‘proq qismini qamrab olishi kerak. Buesa, bajarilgan ilmiy- tadqiqot ishlari natijalaridan ko‘proq va kengiroq foydalanish imkonini beradi. 5-jadval Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling