77
beriladi,laboratoriya tahlil ishlari uchun ajiratilgan
genetik qatlamdan tuproq
namunalari olinadi.Olingan namunalar tuproq tur xili yoki ayirmalarni to‘liq
qamrab olgan bo‘lishi shart. Tuproq namunalari kesmaning quyi qismidan
yuqoriga qarab olib boriladi. Namunalar 500-700 g . ni tashkil qiladi.
Sug‘oriladigan yerlar haydalma qatlami va
lalmikor yerlarning gumusli
qatlamlaridan namuna to‘liq olinadi.SHuningde ajiratilgan genetik qatlam 10 sm
bo‘lganda ham tuproq namunasi to‘liq olinadi.Genetik qatlam qalinligi 50sm va
undan ortiq bo‘lganda 2 ta tuproq namunasi olinadi.Maqsadli ilmiy tadqiqot ishlari
uchun tuproq namunalari 0-10 sm, 10-20 sm, 20-30sm, 30-40 sm,40-50 sm, kabi
ketma –ketlikda olinadi.Olingan tuproq namunalari maxsus mato xaltalarga
solinadi va yorliq yozib solib qo‘yiladi. Yorliqdagi yozuv oddiy qora qalam bilan
yoziladi.Tuproq namunalari quyosh nuri tushmaydigan
ochiq joyda yoki
shomollatilib turiladigan xonada quritiladi. Quritilgan tuproq namunalari kesma
bo‘yicha bitta qilib yig‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: