O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Genetik qatlamdagi karbonatlar miqdori(10%li HCI kislotada tuproqning
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Genetik qatlamdagi karbonatlar miqdori(10%li HCI kislotada tuproqning
qaynashiga qarab)va joylanish chuqurligini aniqlash Tuproqdagi erkin CaCO 3 mavjudligini aniqlash uchun hohlagan genetik qatlamdan yoki genetik qatlam ketma-ketligidan lopatkaga tuproq namunasi olib, pipetka bilan 10%li HCI kislotadan bir necha tomchi tomiziladi va qaynashiga qarab CaCO 3 miqdori aniqlanadi. CaCO 3 -0,3%dan kam tuproq qaynamaydi. CaCO 3 -0,3-1% to‘liqsiz kuchsiz juda sekin qaynash. CaCO 3 -1-2%to‘liq,kuchsiz to‘xtovsiz qaynash,SO 2 ning kichik pufakchalari ajralish bilan boradi. CaCO 3 -2-5% to‘liq o‘rtachadan kuchli qaynashgacha bo‘ladi. CaCO 3 -5-15% korbonatlarmiqdori ko‘p, to‘xtovsiz CO 2 - gaz pufakchalari ajraladi. Berch qatlamlarni ajratish. Sahro va yarim saxro tuproqlarida o‘smliklar qoplamining siyrakligi, tuproqqa tushadigan organik moddaning kamligi va mineralizatsiya jarayonining jadalligi tufayli gleyli va gleylashgan qatlam sekinlik bilan vujudga keladi. Gleyli va leylashgan qatlam, tabiatan kam chirindili, yengil mexanik tarkibli kuchli aeritsiyalangan tuproqlarga nisbatan, og‘ir mexanik tarkibli, torfli va torflanishga moyil gidromorf tuproqlardan, aniq ajralib turadi. O‘zbekistonda gidromorf tuproqlar maydoni sug‘oriladigan yerlar miqdorining 50 foizni tashkil qiladi. Gleyli va gleylashgan qatlamlar strukturasiz, berch, og‘ir mexanik tarkibli, tarkibida ko‘p miqdorda kolloid va il zarralari saqlaydi, bu tuproqning suv-fizik va kimyoviy xossasini yomonlashtradi. 88 ZuxurovN., Bikbulatova G.G., Li V.N. va boshqalarning ma’lumotiga ko‘ra sahro va yarim sahro mintaqasining gidromorf tuproqlarining gleyli qatlamlarida temir oksidi, alyuminiy, fosfor birikmalari miqdorining meyordan yuqori bo‘lishi g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari ildizi uchun zararlidir. Respublikamizning gidromorf tuproqlarining gleyli katlamlarida Fe CO 3 va Fe (HCO 3 ) 2 birikmalari ko‘p uchraydi. Gleyl va gleylashgan qatlamlarda alyuminiyning miqdori ortadi. Bu gleyli qatlamda kaolinit (K AL. S O) ning to‘planishi ya’ni kaolinitizatsiya jarayonining jadallashuvi bilan aloqadordir. Undan tashqari gleylanishda alyuminiy saqlovchi ikkilamchi minerallar ham vujudga keladi. Gleyli qatlamda eruvchan alyuminiy miqdorining ortishi, o‘simlik ildizining kurib qolishina asbab bo‘ladi. Gleyli qatlamlarda fosfor miqdorining ortishi, gleylanish jarayonida, uning vivaviy (3 FeO/ PO-8HO)shakliga o‘tib moddalarning kislorodsiz-anaerob sharoitda parchalanishi mahsulotlari sifatida-vodorod sul’fid-NS, uglerod-oksidi SO, metan- CN ammiak-NH kabi zaharli gazlar ajralib chiqadi. Bu gazlar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra tuproq xavosi tarkibida vodorod sul’fid HS miqdori 10 foizga etganda qishloq xo‘jalik o‘simliklari kuriydi. G‘o‘za xosiliga gleyli qatlam joylashishining ta’sirini o‘rganish maqsadida, buxoro va Samarqand viloyatlarida tarqalgan sahro mintaqasi va och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasidagi gidromorf tuproqlarni unumdorligi 5-yil davomida kuzatilganda quyidagi natijalariga erishilgan: - gleyli qatlam chuqurligi 50 sm dan yuqorida botqoq va tuproqlarda hosil 17, 3 s/ga - gleyli qatlam chuqurligi 60-80 sm da o‘tloqi-botqoq va botqoq –o‘tloqi soz tuproq-22,4 s/ga - gleyli qatlam chuqurligi 80-100sm da o‘tloqli almovil tuproqda -24,0 s/ga - gleyli qatlam chuqurligi 80-100 sm da o‘tloqi soz tuproqda xosil 26,6 s/ga - gleyli qatlam chuqurligi 110sm dan chuqur bo‘lgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarda hosil-31,2 s/ga 89 YUqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib trubdiki, ya’ni gidromorf tuproqlarning unumdorligi gleyli va gleylashgan qatlamning joylashish chuqurligiga bog‘liq ekan. Gleyli qatlam tuproq yuzasiga qancha yaqin joylashsa, tuproq unumdorligi shuncha kam bo‘lar ekan. Demak gidromorf tuproqlarning unumdorlik gleyli qatlamning joylashgan o‘rniga ham bog‘liq. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling