O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


-BOB . TUPROQNI DALADA TEKSHIRISH TEXNIKASI


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

5-BOB . TUPROQNI DALADA TEKSHIRISH TEXNIKASI 
5.1 Tuproqlarni dala sharoitida o‘rganishda kartografik asoslardan 
foydalanish 
Har xil xaritalardan, shuningdek, topografik asoslardan, rasm rejalardan 
oson foydalanish va ularni to‘g‘ri taxmin qilish uchun masshtabdan fodalaniladi. 
Masshtab – bu reja va xaritadagi chiziqlarni xaqiqiy masofaga nisbatan 
kichraytirilgan darajasiga aytiladi. Masshtab rejadagi chiziqlarning joydagi 
masofalarga nisbatini ko‘rsatadi. 
Masshtab ikki xil bo‘ladi: Sonli masshtab; chiziqli masshtab. 
1. Sonli masshtab nisbat yoki kasr bilan ko‘rsatiladi, uning suratida va 
maxrajida kichraytirish darajasini ko‘rsatuvchi son bo‘ladi. Masalan: masshtab 
1/100 yoki 1:100 rejadagi har bir chiziqning xaqiqiy masofaga nisbatan 100 marta 
kichrayganligini ko‘rsatadi. Rejadagi ikki nuqta orasidagi masofani o‘lchab, keyin 
uni sonli masshtab maxrajidagi songa ko‘paytirilsa, ikki nuqta orasidagi xaqiqiy 
masofaning uzunligi topiladi. Masalan rejada ikki nuqta orasidagi masofa 7 sm va 
sonli masshtab 1:2000 bo‘lsa, xaqiqiy masofa 70x2000=140000 sm yoki 1400 m 
ga teng bo‘ladi. Sonli masshtab maxrajida kichik son bo‘lsa, yirik masshtab, katta 
son bo‘lsa, mayda masshtab deyiladi. Masalan: Masshtab 1:10000 ga qaraganda 
1:200 yirik, masshtab 1:100000 ga qaraganda 1:20000 yirik va xokozo.
2. Chiziqli masshtab teng qismlarga bo‘lingan to‘g‘ri chiziqdan iborat. 
Uning qismlari o‘z ustida bo‘lgan raqam bilan belgili masofani anglatadi. Hozirgi 
reja va xaritalarda chiziqli masshtab qismlarining uzunligi 1sm bo‘ladi: eski 
xaritalarda esa 1 dyuym (ya’ni 2,54 sm ) bo‘lgan. CHiziqli masshtab qismlarining 
uzunligini ko‘rsatuvchi o‘lcham (1 sm yoki 1 dyuym) masshtab asosi deyiladi. 
Masshtab asosi bilan ko‘rsatiladigan xaqiqiy masofa masshtab kattaligi deyiladi. 


71 
Masalan chiziqli masshtab 1 sm , 1 m, 100 m, 1 km va xokozo masofalarni 
ko‘rsatish mumkin. Chiziqli masshtab asosi qancha kichik masofani ifodalasa 
masshtab shuncha yirik bo‘ladi. Chiziqli masshtab qismlari 0 raqamidan boshlab 
hisoblanadi. 0 raqam masshtabning birinchi qismidan keyin o‘ng tomonga 
yoziladi. Reja va xaritalarda masofani aniq o‘lchash maqsadida, masshtabning 
birinchi qismi mayda bo‘laklarga (masalan millimetrlarga) bo‘lingan. 
Sonli masshtabga qaraganda chiziqli masshtabdan foydalanish ancha qulay. 
CHunki chiziqli masshtabdagi xaqiqiy masofani reja yoki xaritaga qarab 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash mumkin. Ko‘p reja va xaritalarda sonli va chiziqli 
masshtabning ikkalasi ham bo‘ladi. Lekin ba’zi reja va xaritalarda chiziqli yoki 
sonli masshtablardan birigina bo‘ladi. Bularning qaysi biri kerak bo‘lsa o‘shanga 
aylantirish mumkin. Sonli masshtabni chiziqli masshtabga aylantirish uchun 
rejadagi yoki xaritadagi 1 sm ni sonli masshtab maxrajidagi songa ko‘paytirish 
kerak. Keyin kupaytirishdan hosil bo‘lgan santimetrlarni metr yoki kilometrga 
aylantiriladi. Masalan: sonli masshtab 1:10000 bo‘lganda xaqiqiy masofa rejada 
10000 marta kichraytirilganligi ko‘rinadi. Demak rejadagi 1sm, 10000 sm yoki 100 
metr xaqiqiy masofani ko‘rsatadi. Chiziqli masshtabni sonli masshtabga aylantirish 
uchun chiziqli masshtab qismlarining xaqiqiy masofadan necha marta kichikligini 
hisoblash kerak. Masalan: chiziqli masshtabning 1 santimetri xaqiqiy masofaning 2 
km ko‘rsatadi deylik. Ma’lumki, 1km da 1000 m yoki 100000 sm bor, 2 km da 
200000 kichraytirilgan ekan. Binobarin sonli masshtab 1:200000 bo‘ladi, shuni 
esdan chiqarmaslik kerakki, sonli va chiziqli masshtab maydonning emas, balki 
chiziqlarning kichrayish darajasini ko‘rsatadi. Reja yoki xaritadan maydonning 
kichrayish darajasi masshtabida ko‘rsatilgan chiziq kichrayishning kvadratiga 
barobar bo‘ladi. 
Masalan, masshtab 1:100 bo‘lganda rejadagi maydon 100 marta emas, 
10000 marta kichrayadi. Agar shu masshtabni ikki marta kichraytirsak, yani 1:100 
o‘rniga 1:200 olsak, u holda rejadagi maydon ikki marta emas, balki to‘rt marta 
kichrayadi, yani maydonning xaqiqiy kengligi 40000 marta kichrayadi. Rejadagi 
to‘g‘ri to‘rtburchakli maydonning haqiqiy kattaligini aniqlash uchun masshtabga 


72 
qarab, uning dastlabki haqiqiy uzunligi va xaqiqiy eni topiladi. Keyin maydonning 
topilgan haqiqiy uzunligini haqiqiy eniga ko‘paytirish kerak. Buning natijasida 
hosil bo‘lgan son maydonning haqiqiy kattaligini kvadrat metr hisobida ko‘rsatadi. 
Agar rejadagi maydonning shakli to‘g‘ri burchakli bo‘lmasa, uning haqiqiy 
kattaligini topish uchun kvadratlarga bo‘lingan kalka qog‘oz, pontometrlardan 
foydalanamiz. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling