69
Tuproq xaritasini tuzishda tuproqning quyidagi muhim xususiyatlariga
alohida e’tiborni qaratish zarurdir:
1. Tuproq paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayoniga
qarab turli genetik
qatlamlarni hosil qiladi. Har bir genetik qatlam o’ziga xos morofologik belgilarga,
kimyoviy tarkibga va fizik xossalarga ega bo’ladi. Shuning ushun tuproqni
o’rganishda aynan shu yerning o’ziga xos bo’lgan joydan kesma qazib, genetik
qatlamlar ta’rifi asosida tuproqni o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
2.Tuproq xaritasini tuzishda, tuproqning tekislik va balandlik kengliklari
bo’yicha almashinish chegaralarini aniqlash va ularni
xaritaga tushirish ishlari
amalga oshiriladi. Bu ishni aniq qilib bajarish bir muncha qiyin bo’lganligi tufayli
baz’an xarita – chizmalar qilinadi.
Shunday qilib tuproqning tarqalishlarini chizmaga tushirish ishlarini bajarish
katta mas’uliyat talab etadi. Tekshiruvchi tuproqshunoslik fanlarini yaxshi bilishi,
texnik ishlarni bajarish amaliyoti ko’nikma va malakalarni yaxshi egallagan
bo’lishi zarur.
Xalq boyligi bo'lgan tuproqni muhofoza qilish,
unumli foydalanish va
unumdorligini oshirish hozirgi zamon muammolaridan biridir.
Qishloq ho'jaligi zamin, ya'ni tuproqga asoslangan eng qiyin ishlab chiqarish
turidir. Chunki tuproqga tushgan urug'ning unib chiqishi uchun muayyan sharoit
kerak bo'lib,bu sharoit har joyda har xil bo'ladi.Bir joyda sho'rlanish,ikkinchi joyda
eroziya,uchinchi joyda zichlik yuqori,boshqa bir joyda namlikning etishmasligi va
hokoza kamchiliklar turli hil qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Tuproqdan ilmiy asosda to'g'ri foydalanish uchun tuproqning hossasini,
xususiyatlarini,
tavsifini, agronomik ko'rsatkichlarini, tabiiy unumdorligini va
ma'lum tabiiy sharoitini hisobga olish kerak.
Mamlakatimizda yer va tuproq resurslaridan to’g’ri foydalanish umumhalq
vazifasidir. Buni to’g’ri amalga oshirish uchun sifatli
tuproq xaritasi va unga
qo’shimcha kerakli bo’lgan xaritografik ma’lumotlar hamda xo’jalikning yer
maydonining tavsiflari bo’lishi kerak.
70
Tuproq xaritasini tuzish uchun, turli xil tuproqni tekshirish ishlari olib
boriladi. Buning uchun
ekspedisiyalar tashkil etiladi, laboratoriya ma’lumotlari
to’planadi. Bu davlat yer tuzish, yer hisobi va uni baholash uchun birlamchi
material bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: