O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Toshkent atrofi tog‘ oldi botig‘i
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarafshon tog‘ oraligi botig‘i
Toshkent atrofi tog‘ oldi botig‘i Chotqol, Qurama, Turkiston, Nurota
tog‘lari orasida joylashgan bo‘lib, shimoli-g‘arbda Qizilqum bilan asta qo‘shilib ketadi. Botiqning sharqida va janubida alohida-alohida turgan adirlar mavjud. Botiq relefida tog‘larga yondashgan, yuzasi to‘lqinsimon tekisliklar va Sirdaryo, Chirchiq hamda Ohangaron daryolarining yuzasi tekis terrasalari ajralib turadi. Chirchiq-Ohangaron vodiysida qayir usti terrasalari mavjud. Ular ichida katta maydonni 1- va 4- terrasa egallaydi. 1-terrasaning 62 mutlaq balandligi Qibray shaharchasi yaqinida 512 m., Chirchiqning quyilish joyida 170 m.ga teng. 1-va 4-qayir usti terrasalarining qayirdan balandligi 1-7 metrni tashkil etsa, qadimgi 4-terrasa balandligi 20 metrga, ayrim erlarda 40 metrga etadi. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan Mirzacho‘l tekisligi Sirdaryoning 3-terrasasidan iborat. U daryo qayiridan 2-3 va 8-10 m ko‘tarilib turadi. Tekislikning yuzasi deyarli tekis bo‘lib, shimoli-g‘arbga tomon biroz pasayib boradi. Relefida yonbag‘ri juda ham kam qiyalikka ega bo‘lgan ikkita past tekislik-Sardoba va SHo‘ro‘zak o‘zansimon tekisliklar ajralib turadi. Janubdan Mirzacho‘lga to‘lqinsimon tog‘ oldi qiya tekisliklar yondoshib keladi. Ular Turkiston tog‘ tizmasidan oqib tushadigan Sangzor, Zominsuv va boshqa daryo hamda soylarning konussimon prolyuvial yoyilmalaridan, hududni janubdan o‘rab turgan tog‘larning delyuvial- prolyuvial shleyflaridan tashkil topgan. Tog‘ oldi tekisliklarining Sirdaryoning 3qterrasasi bilan qo‘shilgan erida keng sho‘rxok zona mavjud. Toshkent tog‘ oldi botig‘ida paydo bo‘lishi va gipsometrik belgilariga qarab strukturali-erozion, skulptura-erozion, erozion-akkumulyativ va eol- akkumulyativ relef tiplarini ajratish mumkin. Zarafshon tog‘ oraligi botig‘i Nurota va Zarafshon tog‘ tizmalari oralig‘ida joylashgan. U uch tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Zarafshon botig‘ining uzunligi 180 km.ga, kengligi 10-60 km.ga teng bo‘lib, tubi shimoli-g‘arbga tomon asta pasayib boradi. Botiqning mutlaq balandligi janubi-sharqida 720 m.ni, shimoli-g‘arbida 280 m.ni tashkil etadi. Botiq g‘arbda Hazora darasi orqali Qizilqum bilan tutashgan. Zarafshon vodiysi botiqning o‘rtasida joylashgan, kengligi 10-30 km. Eng katta maydonni qayirdan 7-10 m yuqorida joylashgan 2-terrasa egallaydi. 3-terrasaning 2-terrasadan balandligi 10-18 m keladigan tik jarliklar bilan ajralib turadi. Bu terrasa yuqori tomonida o‘r-qir relefli tog‘ 63 oldi tekisliklari bilan asta-sekin qo‘shilib ketadi. Botiqning sharqiy qismini Zarafshon daryosining konussimon yoyilmasi egallagan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling