O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tog‘ oldi va tog‘liklar relefi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Tog‘ oldi va tog‘liklar relefi. O‘zbekiston tog‘li qismi relefining 
asosiy xususiyati-bu tog‘ tizmalari bilan tog‘ oraliq botiqlari bilan g‘arbga 
ochiq va shu tomonga balandligi pasayib boradigan tog‘ oldi tekisliklarining 
yonma-yon joylashganligidir. Tog‘li hududda orografik tuzilishiga ko‘ra 1) 
tog‘ sistemalari, 2) tog‘ oralig‘i va tog‘ oldi botiqlari ajratiladi. 
O‘zbekistonda Tyanshyan tarkibiga kiruvchi CHotqol-Qurama, Nurota-
Turkiston, Hisor-Zarafshon tog‘ sistemalari ajratilgan.


58 
Chotqol-Qurama tog‘ sistemasi-respublikamizning shimoli-sharqida 
joylashgan bo‘lib, Ugam, Qorjantog‘, Piskom, Chotqol va Qurama tog‘ 
tizmalaridan iborat. Bu tog‘ tizmalarining hammasi Talas Olatog‘ining 
tarmoqlari bo‘lib, undan bir-biriga parallel holda janubi-g‘arb tomon 
yo‘nalganlar. Bu sistemadagi eng baland tog‘ tizmasi CHotqol. Uning mutlaq 
balandligi 4069 m. Boshqa tizmalar pastroq bo‘lib, balandligi Piskomda 
3700 m ga, Quramada esa 3769 metrga etadi. Sistemaning g‘arbdagi eng 
chekka tarmog‘i bo‘lgan Ugam tizmasining o‘rtacha balandligi 3000 m 
atrofida. Eng baland eri Sayram cho‘qissi (4236). Bu tog‘ tepalari qoyali, 
kambar yonbag‘rilarida chuqur jarliklar ko‘p. Faqat daryo yoqalarida o‘r-qir 
terassalar bor. Tizmalar bir necha tarmoqlarga bo‘lingan. Bu tizim g‘arbiy 
tog‘ yonbag‘rining o‘rta qismida Qorjantog‘ ajralib chiqadi. U emirilib ancha 
pasayib qolgan. O‘rtacha balandligi 2000 metr, eng baland cho‘qisi 
Mingbuloq 2834 metrdir. 
Piskom tizmasining faqat g‘arbiy yonlari O‘zbekiston hududida 
joylashgan. U kambar, qoyali tog‘ bo‘lib, Piskom daryosi vodiysi ustidan tik 
ko‘tarilib turadi. 
Chotqol tizmasi G‘arbiy Tyanshanning eng katta tarmoqlaridan 
hisoblanadi. O‘zbekistonda uning janubi-g‘arbiy qisqa va past qismi 
joylashgan. Chotqol tizmasi Chapchama tog‘ tugumidan g‘arbda bir muncha 
past tizmalar va tekis baland platolardan iborat. SHunday platolardan biri 
Qizilnura va Qurama tog‘lari orasida joylashgan Ohangaron platosi bo‘lib, 
uning balandligi 2500-3400 metrga boradi. Er yuzasi Ohangaron va 
G‘ovasoyning chuqur daralari bilan o‘yilgan. 
Chotqolda Chapchama tog‘ uzelidan janubi-g‘arb tomonga Qurama 
tizmasi ajralib chiqqan. Uning o‘rtacha balandligi 2000 m, eng baland 
cho‘qqisi esa 3769 metrga teng. Tizmaning shimoliy yonbag‘ri platosimon 


59 
tekis bo‘lib, Ohangaron vodiysiga qiya tushadi. Quramaga janubi-g‘arbda 
qoyali, ancha emirilib, pasayib qolgan Mo‘g‘iltog‘ tutashgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling