O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

 
 


52 
4.2. Xududning geomorfologik bo‘linishi haqida tushuncha
Tuproqni batafsil,yirik, o‘rta va kichik masshtabli xaritalarga tushirish 
ishlarida joyning geomorfologik hududlari hisobga olinishi kerak. Tuproqni 
dalada o‘rganib xaritaga tushirishning tayyorgarlik davrida o‘rganiladigan 
hududning qaysi geomorfologik rayon va oblastga tegili ekanligi haqidagi 
malumotlarga ega bo‘lishimiz lozim. 
Respublikamizning geomorfologik tuzilishi va rel’ef shakillari bir 
tomondan Markaziy Osiyoning tog‘ va baland tog‘ hududlari bilan, ikkinchi 
tomondan Qoraqum, Qizilqum cho‘llari bilan bevosita chegaralangan. Joyning 
geologik tuzilishi, ayniqsa tuproq hosil bo‘lishida ishtirok etadigan rel’ef shakillari 
va ularda hosil bo‘lgan turli ona jinslarning kelib chiqishi, ularning tarkibi
xossalari va xususiyalari tuproqni xaritaga tushirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston hududi er yuzasining tuzilishiga ko‘ra ikki qismga 
bo‘linadi: tog‘oldi-tog‘lar va tekisliklar. Tog‘ oldi va tog‘larga respublika 
sharqi va janubi-sharqidagi tog‘ tizmalari, tog‘ oldi qiya tekisliklari hamda 
tog‘ orlig‘idagi botiqlar, tekisliklarga esa pasttekisliklar, denudatsion 
tekisliklar va platolar kiradi. Respublikamizning sharqiy va janubi-sharqiy 
qismini Tyanshan va Oloy tizmalarining tarmoqlari, g‘arbiy va shimoli-
g‘arbiy qismini Turon tekisligining markaziy qismi egallagan. O‘zbekiston 
umumiy maydonining 78,7 % ini tekisliklar, 21,3 % ini tog‘lar tashkil etadi, 
mamlakatning eng past nuqtasi Mingbuloq botig‘i bo‘lsa (-12 m), eng baland 
nuqtasi Hisor tog‘ining Qoldirg‘a tizmasidagi Hazrati Sulton cho‘qqisidir 
(4643 m). O‘zbekistonning er yuzasi asosan sharq va janubi-sharqdan g‘arb 
va shimoli- g‘arb tomon pasayib boradi. SHu sababdan ham daryolar shu 
tomonga oqadi. Tekisliklar yaxlit bo‘lib Amudaryoning quyi va o‘rta oqimi, 
Sirdaryoning o‘rta oqimi, Zarafshonning o‘rta va quyi oqimi atrofidagi 
erlarni ishg‘ol etgan. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida Ustyurt platosi 
atrofidagi tekisliklardan tik ko‘tarilgan chinklar bilan ajralib turadi. 
O‘zbekistonning eng past erlari Orolning qurigan qismi, Amudaryoning 


53 
deltasi, Qizilqumning shimoli-g‘arbiy qismlari bo‘lib, bularning okean 
sathidan o‘rtacha balandligi 30-100 m. Sultonuvays, Bo‘kantog‘, Quljuqtog‘, 
Tomditog‘lar O‘zbekiston tekislik qismining eng baland (900 m.gacha) 
qismilaridir.
O‘zbekistonning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarini egallagan tog‘ 
tizmalari Qorjontog‘, Ugam, Piskom, CHotqol, Farg‘ona, Qurama, Nurota, 
Morguzar, Turkiston, Hisor-Zarafshon tizmalari G‘arbiy hamda Janubiy 
Tyanshan va Oloy tog‘ sistemalarining tarmoqlari bo‘lib, ularning o‘rtacha 
balandligi 2000-2500 metrni tashkil etadi. Ayrim cho‘qqilarning balandligi 
esa 4500 m.dan ham oshadi. Bu tog‘ tizmalarini Toshkent-Mirzacho‘l, 
Farg‘ona, Samarqand, Sangzor, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi tog‘ oralig‘i 
va tog‘ oldi botiqlari bir-biridan ajratib turadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling