O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surxondaryo tog‘ oraligi botig‘i
Kitob-Shahrisabz botig‘i Hisor va Zarafshon tizmalaridan ajralib
chiqqan tarmoqlar orasida joylashgan. U g‘arbga tomon kengaya boradi, tubi to‘lqinsimon tekislikdan iborat bo‘lib, bu tekislik g‘arbga va o‘z markaziga tomon pasayib boradi. Tekislikni juda ko‘p daryo vodiylari, quruq soy va o‘zanlar kesib o‘tib, parchalab yuborgan. Janubi-sharqda tekislik asta-sekin ko‘tarilib borib, Hisor tog‘ining past tarmoqlariga tutashib ketadi. Surxondaryo tog‘ oraligi botig‘i Boysun va Bobotog‘ tizmalari orasida joylashgan. SHimoli-sharqdan janubi-g‘arbga cho‘zilgan va janubda Amudaryo vodiysiga tutashgan. Botiq keng, yuzasi to‘lqinsimon, ayrim erlarda zinapoyali. Botiq markazga va janubi-g‘arbiga tomon pasayib boradigan tekislikdir. Uning deyarli o‘rtasida Surxondaryo vodiysi joylashgan. Uning kengligi 3-5 km. 1 va 2 terrasalari yaxshi rivojlangan va ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Surxondaryoning qayir usti uchinchi va to‘rtinchi terrasalari uncha katta maydonlarni egallamaydi va ularning nisbiy balandligi 4-10 va 10-20 metrni tashkil etadi. Vodiyning mutlaq balandligi tog‘dan chiqish erida 700 metrni, Amudaryo vodiysiga tutashgan erida 300 metrni tashkil etadi. Botiqning g‘arbida Surxondaryoning irmoqlari konussimon yirik yoyilmalar hosil qilgan. SHerobod daryosi yoyilmasini daryo irmoqlari kesib o‘tib, 20 metr chuqurlikkacha o‘yib yuborgan. Janubda Surxondaryo vodiysi Amudaryo vodiysini kesib o‘tib balandligi 22 metrgacha bo‘lgan ostona (jarlik) hosil qilgan. Botiqning janubida tog‘ oldi tekisliklarida balandligi 100 metrgacha bo‘lgan Xovdog‘, Uchqizil, Kokayti, Oqtog‘ balandliklari bor. Botiqning janubi-sharqiy qismi qum massividan iborat. Shimoliy va Janubiy Nurota tog‘lari orasida G‘allaorol, Qo‘ytosh, Nurota, Arnasoy tog‘ oraligi botiqlari joylashgan. Ular respublikamizdagi 64 boshqa ko‘pchilik botiqlardan daryo vodiylarining yo‘qligi bilan ajralib turadi. Faqat G‘allaorol botig‘ida Sangzor daryosining uncha katta bo‘lmagan terrasalari mavjud. Boshqa botiqlarda relef to‘lqinsimon tekisliklardan iborat. Bu botiqlarning mutlaq balandligi sharqida 800 metrdan g‘arbida 400 metrgacha pasayib boradi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling