O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Nurota-Turkiston tog‘ sistemasi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Nurota-Turkiston tog‘ sistemasi O‘zbekistonning janubi-sharqida
joylashgan. O‘zbekistonda Turkiston tizmasining faqat g‘arbiy chekka qismi va uning davomi hisoblangan, uncha baland bo‘lmagan Nurota tog‘ining tarmoqlari joylashgan. Sistemaga kiruvchi tog‘larning mutlaq balandligi uning sharqida Morguzar tizmasida 3000 metrdan oshadi, g‘arbida Nurota tarmog‘i-Aqtog‘da esa 2000 metrni tashkil etadi. Bu tog‘lar unchalik parchalanib ketmagan, ayrim tizmalar unchalik katta bo‘lmagan tog‘ oraligi botiqlari bilan bir-birlaridan ajralgan. G‘allaorol Qo‘ytosh, Nurota tog‘ oraligi botiqlari relefi to‘lqinsimon o‘r-qirli, tog‘ oldi tekisliklariga o‘xshaydi va mutlaq balandligi g‘arbida 800 metrdan sharqiga tomon 400 metrgacha pasayib boradi. Turkiston tizmasining Farg‘ona vodiysidagi shimoliy yonbag‘ri keng, kichik tog‘ tarmoqlaridan, qiya tekisliklardan, chuqur daryo vodiylaridan iborat. Tizmaning janubiy yonbag‘ri qisqa, u Zarafshon vodiysi ustidan tik ko‘tarilib turadi. Turkiston tizmasi Sangzor daryosining boshlanish joyida ikkita tarmoqqa, shimoli-g‘arbga yo‘nalgan Morguzar, g‘arbga cho‘zilgan CHumqor tog‘lariga bo‘linadi. Nurota tog‘lari baland bo‘lmagan tizmalardan iborat bo‘lib, uning eng baland eri-Hayotboshi cho‘qqisining mutlaq balndligi 2169 metrga etadi. Bu tizmaning shimoliy yonbag‘ri qambar, tik, kichik daryolar va juda ko‘p quruq soylar bilan parchalangan, asosan toshloqlardan iborat, janubiy yonbag‘ri esa unga nisbatan qiyaroq, kam parchalangan. Zarafshon vodiysiga asta-sekin pasayib boradi. Tog‘ tepalarida yalangliklar ko‘p. Hisor-Zarafshon sistemasi Turkiston-Nurota tog‘ sistemasining janubida joylashgan. Bu sistemaga kiruvchi tog‘ tizmalari chuqur o‘yilganligi, eroziyaning kuchliligi, tepa qismining qoyaligi, 60 yonbag‘irlarining asimmetrikligi, doimiy va vaqtincha oqar suvlar bilan parchalanganligi bilan boshqa tog‘ sistemalaridan ajralib turadilar. Hisor-Zarafshon sistemasiga kiruvchi tog‘lar orasida eng balandi Hisor tizmasi hisoblanadi. Uning eng baland cho‘qqisi Hazrati Sultonning mutlaq balandligi 4643 m. Hisor tizmasining janubiy yonbag‘ri keng, tog‘ oldi qiyaliklari va platolari ko‘p. Ularni daryo vodiylari kesib o‘tgan. Hisor tizmasidan janubi-g‘arbga tomon Boysuntog‘, Yakkabog‘, G‘uzor, Ko‘hitangtog‘, Surxontog‘, Bobotog‘ tizmalari tarqalgan. Bu tizmalarda qoyali yonbag‘irlarni chuqur vodiylar kesib o‘tgan. Ko‘hitangtog‘ning g‘arbiy yonbag‘rida karst relefi shakllari keng tarqalgan. O‘zbekistonga Zarafshon tizmasining g‘arbiy tarmoqlari kirib kelgan. Bular Chaqilkalon va Qoratepa tog‘lari bo‘lib, Chakilqalon Taxtaqoracha davonidan sharqda, Qoratepa esa g‘arbda joylashgan. Chakilqalonning eng baland cho‘qqisi 2388 m, tog‘ning suvayirg‘ichi qoyali, janubiy yonbag‘ri juda tik, qoyali, bu erda nurash natijasida hosil bo‘lgan sochilma jinslar- qurumlar ko‘p. Shimoliy yonbag‘ri tog‘ o‘rmonlari bilan qoplangan. Qoratepa tog‘lari ancha past va yassi tog‘ tarmoqlaridan iborat bo‘lib, eng baland cho‘qqisi-Kamqo‘tonning balandligi 2197 m. Zarafshon tizmasining eng g‘arbiy qismi uncha baland bo‘lmagan Ziyovuddin-Zirabuloq tog‘laridan iborat. Bu tog‘larning balandligi 400-600m bo‘lib, eng baland cho‘qqisi 1115 metr, suvayirg‘ichi ancha tekis, tik qoyalar deyarli uchramaydi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling