O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tog‘ oraligi va tog‘ oldi botiqlari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Tog‘ oraligi va tog‘ oldi botiqlari. Bular tog‘ daryolarining 
konussimon yoyilmalaridan hosil bo‘lgan, relefi to‘lqinsimon, o‘r-qirli qiya 
tog‘ oldi tekisliklaridan va yirik daryolarning yuzasi biroz qiya terrasalaridan 
iborat tekisliklardir. 
O‘zbekistondagi eng katta tog‘ oraligi botiqlaridan biri Farg‘ona 
vodiysidir. Vodiyni g‘arbda Mo‘g‘iltog‘, shimoli-g‘arbda Qurama, CHotqol, 


61 
sharqda Farg‘ona, Oto‘ynoq, janubda Turkiston va Oloy tog‘ tizmalari o‘rab 
turadi. Vodiy faqat g‘arb tomonda torgina(eni 9-40km.) «Xo‘jand» yo‘lagi 
orqali Dalvarzin va Mirzacho‘l tekisliklariga tutashib ketadi. Er yuzasi 
O‘zbekiston qismida past-baland tekislikdan iborat, vodiy sharqdan 
markaziga va g‘arbga tomon pasayib boradi(Kampirovatda 812m.dan 
Xo‘jandda 320 m.gacha). Farg‘ona botig‘ini o‘rab turgan adirlarning dengiz 
sathidan balandligi 600-1200m. Adirlar ortidagi tog‘ oldi (1200-2000m) va 
tog‘ zonasi (2000-5000m.) qo‘shni davlatlar hududida joylashgan. Farg‘ona 
vodiysini Sirdaryo bir-biriga teng bo‘lmagan ikki qismga-shimoliy va janubiy 
qismlarga bo‘lib turadi. Janubiy Farg‘ona keng tog‘ oldi tekisliklari va 
Sirdaryoning uchinchi terrasasidan iborat. Shimoliy Farg‘onada esa tog‘ oldi 
tekisligi juda ensiz, daryoning uchinchi terrasasi umuman yo‘q. Tog‘ oldi 
tekisligini Sirdaryo o‘zani kesib o‘tib, balandligi 20 metrlik jarlik orqali 
daryoning ikkinchi tarrasasi bilan qo‘shilgan. 
Farg‘ona botig‘i atrofini lyossli baland tekisliklar-adirlar o‘rab turadi. 
Ular neogen va to‘rtlamchi davrlarda hosil bo‘lgan konglomerat, qumtosh, 
mergel va qumoqlardan tashkil topgan bo‘lib, usti lyoss va lyossimon 
qumoqlar bilan qoplangan. Adir tepalari soylar, quruq jarlar bilan 
parchalangan. Vodiyning shimoli-g‘arbida va janubi-sharqida adirlar past 
tog‘lardan adir orti botiqlari bilan ajralib turadi. Bu botiqlar tog‘lardan oqib 
tushayotgan soylarning konussimon yoyilmalari bilan qoplangan. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling