O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a g l i k ch i z i g‘ i
- Q i r g‘ o q
S u v a y i r g‘ i ch - chiziqlari ikkita qarama-qarshi qiyalikning eng yuqori
nuqtasi bo‘lib uning chegarasi hisoblanadi. Topografik xaritada gorizontallar bir- biri bilan kesishgan joy suv ayirg‘ichda chiziqlari kuchli egilgan bo‘ladi. T a g l i k ch i z i g‘ i-qiyalikning asoaini va tekislik maydonini ajratib turadi hamda yuvilgan va yuvib keltirilgan tuproqlarning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. T a l v e g a - jar, soy va daryo o‘zanlarining eng past qismi hisoblanaldi. Topografik xaritada gorizontal chiziq kesilib o‘tgan joyi kuchli egilgan bo‘ladi. Suvsiz vodiy tarmoqlari muayyan hududning yuqori qismi bo‘lib, ular soylardan boshlanib,chuqurligi 1 m. bo‘lgan to‘g‘ri shakilli rel’eflar hosil qiladi. Soyning suv yig‘iladigan maydoni 50 gektar atrofida, soy yon bag‘irlari asosan haydaladi. Soyning pastki qiyaliklari jarliklarga tutashgan, ularning tubi yaxshi ifodalanga, qiyaligi 8-15 o , jarliklar chuqurligi 8 m. dan 10 m. gacha, kengligi 40-60 m., jarliklarning suv to‘plag‘ich maydoni 500 ga., pastka tomon jarliklar kengaya borib, soylarga aylanadi yoki soylarga qo‘shilib ketadi. Soylar yaxshi ifodalangan qirg‘oqqa ega, keng taglik, qirg‘oq chuqurligi 6-20 m., kengligi 60-200m., suv 51 yig‘uvchi maydoni bir necha ming gektar, solylar tagi asosan yaxshi ifodalangan bo‘lib vaqtinchalik suv oqimiga ega. Soylar daryo vodiylariga borib quyiladi. Bular suv jo‘g‘rofiq tarmoqlarining eng qadimiy qismi hisoblanadi. Daryo soyliklarining, jarliklardan farqi shundaki, jarliklarda doimiy ravishda qayir relfiga bog‘liq holda suv oqib turadi. Suv to‘plg‘ich, o‘pqonlar vajarliklarning hozirgi davrda paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni M. S.Kuznetsov (1996) asoslab berdi. Q i r g‘ o q- bu qiyalikning keskin egilgan chizig‘i hisoblanib, qiyalik larni bir-biridan ajratib turadi va nishablikdan kuchli farq qiladi. Soylar, jarlar, zinapoyalar chetida qirg‘oq joylashgan bo‘ladi. Dehqonchilikda qiyalikning joylashishi va tikligi muhim ahamiyatga ega. Har xil qiyalikda joylashgan maydonchalar mikroiqlim sharoiti asosan suv rejimi bilan farq qiladi. Shimolga qaragan qiyalikga yorug‘lik va isiqlik kamroq tushshishi tufayli tuproqlari bahorda janubga qaragan qiyalika nisbatan birmuncha kechroq yetiladi. Qiyalikning tikligi haqidagi dastabgi klassifikatsiyani Zaxarov S.A ga tegishli. U qiyalikning tikligini quyidagicha bo‘ldi: 0-5 0 - yassi, 5-20 0 -tikroq, 20- 45 0 - tik, -45 0 - juda tik. Ushbu klassifikatsiyani tuproqlanning yirik masshtabli xaritalarini tuzishda qo‘llash birmuncha noqulayliklar tug‘dirdi,chunki ma’lum bir qiyaliklarda tuproqlaning yuvilish darajalarini aks etira olmaydi. Hozirgi kunda tuproq kartografiyasi va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida S.I. Silvestrov(1955) taklif qilgan quydagi klassifikatsiyadan foydalaniladi: tekis qiyalik- 1 0 dan kam, yuvilmagan; tikroq-1-2 0 - kuchsiz yuvilgan; tik-3-4 0 o‘rtacha yuvilgan; juda tik-5-10 0 kuchli yuvilgan. Qiyalikning tikligi va yuvilish darajasiga qarab S.I.Silvestrov tuproqlarni suv eroziyasidan muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish uchun tavsiyalar bergan. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling