O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Aerokosmik ma’lumotlar . 
Tuproqning tiplarning chegarasini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy material. 
Landshaftning barcha komponentlari aniq tasvirlangan, aerofotoplyonkaga 
tushirilgan, 
aerofototasvirlar 
ko‘p 
ishlatiladi. 
Ko‘plab 
ishlatiladigan 


45 
aerofototasvirlar o‘lchami 18x18, 24x24, 30x30 smli bo‘ladi. Bu mos ravishda 
1:15000, 1:17000, 1;2000 ni tashkil qiladi. Shuni ham hisobga olish keraki 
yuqoridagi masofadan turib zondlash materiali tuproqning ustki tuzulishi haqida 
ma’lumot beradi. Aerofototasvirda obyekt yoki tabiiy konturning o‘lchami muhum 
tasnif hisoblanadi. Har xil masshtabdagi aerofototasvirdagi millimetrning o‘ndan 
bir bo‘lagi (0.1mm), joyning qutidagi o‘lchamiga mos keladi. 1:5000 
masshtabda0.5m, 1:10000 da 1m, 1:15000 da 1.5m, 1;20000da 2m, 1:25000da 2.5, 
1:35000 da 3.5m, 1:50000 da 5.0m va boshqalar. 
Dalaga chiqishdan oldin aerofototas’virlardan foydalaniladi bunda 
tas’airdagi har bir dalalar taqqoslanib solishtirilib chiqiladi. Konturlar 
chegarasining aniqligi tasvir tiniqligi kontrasti Kya
bilan aniqlanadi. Kya-quyidagi 
formula orqali topiladi. 
%
100
1
х
В
В
В
K
Л


Bu erda 
- Tuproqning konturining tiniqligi 
B-Fonning tiniqligi 
Qo‘shni tuproqlar chegarasini aniqlashda inson ko‘zining chegaralarni 
aniqlashdagi tiniqlikning minimal koeffisenti – 2%, kuchsiz 3-5% o‘rtacha 6-10%, 
yaxshi 11-20%, juda yaxshi 21-30%, bo‘ladi. Tuproq konturlarining tiniqlik 
chegarasi topografik xaritasi qalam bilan tushuriladi. 
Kosmik suratlar- yerni kosmik kemalardan turib yoki sun'iy yo'ldoshlar 
yordamida suratga olish orqali tayyorlanadi. 
Suratlar: Obzo’rli (1:10000000 – 1:10000000) 
Kichik masshtabli (1:500000 – 1:2500000) 
O'rta masshtabli (1:100000 – 1:300000) larga bo'linadi. 
 
Dala tekshiruvi jarayonida qishloq xo’jalik ekinlarining turlari, ularning 
holati, hosildorligi va boshqa tavsiflari tahlil qilinadi. Tahlil qilinadigan dalalarda 
(konturlarda) yoki konturlarning chegaralarida o’ziga xos nuqtalar yoki ob’ektlar 


46 
ajratilib turardi, GPS yordamida ularning koordinatalari aniqlanadi. O’ziga xos 
nuqtalar sifatida aksariyat hollarda elektr uzatish tarmoqlari minoralari, kanalning 
burilish joyi, ko’prik, chorraha va boshqalar namoyon bo’ladi. Har bir ta’riflash 
raqamli fotokamera vositasida suratga olish bilan birga olib boriladi. Barcha 
to’plangan dala materiallari kosmik suratlarni dala sharoitida deshifrovkalash 
ishlarini suratdagi tasvirni joydagi ob’ektlar bilan taqqoslash hamda suratdagi va 
joydagi eng o’ziga xos ob’ektlarni (nazorat ob’ektlarini) belgilab olish yo’li bilan 
o’tkazish imkoniyatini beradi. 
Ishlarni o’tkazish jarayonida nazorat nuqtalari bo’yicha quyidagi materiallar 
to’planadi: 

sana; 

viloyatning nomi; 

tumanning nomi; 

xo’jalikning nomi; 

planshet; 

nuqtalarning koordinatalari (kenglik va uzunlik sekundning ulushlari 
aniqligida); 

qishloq xo’jalik ekinining geografik joylashuvi; 

joyning rel’efi; 

qishloq xo’jalik ekinlarining nomi; 

qishloq xo’jalik ekinining balandligi va zichligi; 

tupdagi ko’saklarning soni; 

jo’yakning 1 metridagi tuplarining zichligi, soni; 

ekin maydonlarining ifloslanish darajasi bo’yicha bahosi; 

deshifrovkalash etalonlari uchun joyda fotosuratlar olindi. 
Qishloq xo’jalik ekinlarining turlarini va holatini batafsil tasniflash 
maqsadida avtomatik tasniflash borasida eksperimentlar o’tkaziladi. 
1- va 2-rasmlarda 1- va 2-nuqtalarning suratlari keltirilgan.


47 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling