O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Yer osti suvlarining sathi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Yer osti suvlarining sathi: Yer osti suvlarining sathi-tuproqlarning yer osti
suvlari bilan namlanish darajasini va suvdan o‘simliklarning foydalanish darajasini ko‘rsatadi. Quruq tuproqlar bo‘z tuproqlar, taqir tuproqlar va sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning yer osti suvlari sathi 5m chuqurda joylashgan sharoitda rivojlangan. Namlangan tuproqlar- o‘tloq, bo‘z –o‘tloqi va o‘tloqi almovial tuproqlar yer osti suv satha 1-3 metrda joydlashgan. Tuproqlarning suv rejimida bilar o‘z aksini topgan bo‘lib, vegetatsiya davrda sug‘orish muddati va imkdorini xisobga olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘z va sahro mintaqasida, tuproqlar iqlim va antiropogen, texnogen ta’sirlar natijasida biridan ikkinchisiga o‘tib turadi ya’ni namlangan sizot suvi chuqur joylashgan avtomorf va sizot suvi sathi bir muncha yuqori ko‘tarilgan namlangan tuproqlar xossasini namoyon qiluvchi yarimgidromorf shtoki-bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi-taqir tuproqlar ham joylashgan. Bu tuproqlar sizot suvlarining sathi 3-5 metr oralig‘ida bo‘ladi. Bu sharoitda g‘o‘zaning yer osti suvlaridan foydalanishi cheklangan va u ko‘pgina guruntning mexanik tarkibga hamda qatlamlikga bog‘lik. Kapilyar g‘ovakliklar orqali yer osti suvining eng yuqoriga ko‘tarilish qobilyati asosan loyli va qumli yerlarda yaxshi bo‘lib, qumli, qumoqli yerlarda va kumli va kumloqli keltirilmalardan iborat bo‘lgan keskin qatlamli yerlardan juda yomon. 103 Yer osti sathi 1 m dan yuqori joylashgan namga o‘ta to‘yingan yerlarda botqoq-o‘tloqi va botqoq tuproqlar paydo bo‘ladi. Yer osti suvi sathining juda yuza joylashganligi, tuproq qatlamlarining namga o‘ta to‘yinganligi va havoning yetishmasligi organik moddalarning anoerob sharoitda parchalanishi qaytarimish jarayonining kuchayishi natijasida bu tuproqlarda gleyli qavat hosil bo‘ladi, bu o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi uchun noqulay sharoit vujudga keladi. Kul rang va ko‘kimtir rang bo‘yalgan gleyli qatlam o‘zining o‘zi zichligi va yopishqoqligi tufayli zaharli birikmalar (temir oksidlari, vodorod sul’fid) paydo bo‘lishi bilan ajralibturadi. B. gleyli qatlam qishloq xo‘jaligi ekinlari ildizining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularni o‘sishini sekinlatib xosilni kamyib ketishga olib keladi. Tuproq xaritanomasi eksplikatsiyasida joyning ekspozitsiyasi, nishablik darajasi, har qaysi tuproq ayirmasining umumiy va sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maydon ham ko‘rsatiladi. Kameral ishining oxirida tuproq xaritalariga indekslar qo’yish. Indeks formulasining boshlanishiga tuproqlarni genetik hususiyatlari, mexanik tarkibi, sho’rlanish, yuvilish darajasining, yuvilib keltirilganlik darajasi, sizot suvlarning chuqurligi ia minerallashganlikning indekslari qo’yiladi. Masalan: 1. Eskidan sug’orilgan tipik bo’z tuproq, o’rtacha kuchli, o’rtacha qumoqli, lyossimon o’rtacha qumoq ustida, kuchsiz yuvilgan, sizot suvlari sathi 3 m dan chuqurda ES B.O’-1-5. 2. Yangi sug’orilgan och tusli bo’z tuprok o’rta qumoqli, kuchli sho’rlangan, o’rtacha, chukur sho’rlangan, sizot suvlari 1,7 m o’rtacha minerallashgan Ya.S.BOO’ 3/2 Zv. 3. Taqirli tuproqlar. O’rtacha sho’rxoksimon, kuchli chu?ur sho’rlangan, o’rta qumoqli, biringa metri soz, og’ir va o’rtacha qumoqlar, yengil qumoqlar, qumoqlar va qumlardan iborat, kichikroq hat-hat qatlamli. Ikkinchi metri qumli Tq-O’ O/E-Q-023. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling