O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Sho‘rlanish darajasi: Sho‘rlanish darajasi tuproqdagi o‘simlik o‘sishga 
salbiy ta’sir etuvchi, suvda eruvchan tuzlarning miqdorini ko‘rsatadi. Bunda suvda 
eruvchan tuzlarning umumiy miqdori quruq qoldiq miqdori, hamda sho‘rlanish 
tiplarini beruvchi xlor va sul’fat anionlarining miqdori beriladi. Shu berilgan 
miqdor asosida tuproqlarning sho‘rlanish darajasi bo‘yicha sho‘rlanmagan, 
kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va sho‘rxok kabi ayirma nomlari kelib chiqadi. 
Tuproqning yemimrilishi: Tuproqlarning yemirilishi suvning ta’sirida 
tuproqlarning nurashi ko‘zda tutiladi. suv ta’siri ostida u yoki bu darajada 
tuproqning yemirilishi undagi gumus ya’ni chirindili qatlamning qisqarishiga,
o‘simlikningo‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ozuq moddalarning 
kamayishiga olib keladi. Tuproq xaritanomasining eksplikatsiyasida, yuvilmagan
kuchsiz, o‘rtacha kuchli yuvilgan hamda yuvilib keltirilgan, ayirmalarga ajratiladi 
(25 jadval). Yuvib keltirilgan tuproqlarda gumus qatlam qalinligi ortadi
gumusning umumiy miqdori ko‘payadi shuningdek azot, fosfor va kaliy kabi ozik 
elementlar miqdori ham orta boradi. 


102 
Suv bilan yemirilgan a yuvilmali tuproqlar murakkab rel’efli har xil nishobli 
yerlarda bo‘ladi, dalalarni xaydash va sug‘orishda bir muncha qiyinchilik 
tug‘diradi. 
Tuproqlarning skeletligi: Tuproqlarning skletligi-tuproqlarni qayta 
ishlashda, agrotexnik tadbirlar o‘tkazishda qiyinchilik tug‘diradigan har xil 
yiriklikdagi shag‘al, chog‘ir tosh, toshchalar aralashmalaridir. Skeletli tuproqlar 
ko‘pincha kam qavatli bo‘lib, asosan toshloqli va shag‘ali toshlar, toshchalar va 
kumtoshlardan iborat bo‘ladi. Bu tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik kuchi, er osti 
suvlari tez oqib chiqib ketadi. Sozli zarrachalar kamligi tufayli suv sig‘imi past, 
gumus va oziq elementlarga kambag‘alligi bilan ajralib turadi. Bunday
tuproqlarni kam miqdorda tez-tez sug‘orib turish kerak. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling