O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Download 159.97 Kb.
bet4/11
Sana25.02.2023
Hajmi159.97 Kb.
#1229975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ETM 1 ma\'ruza

Elektron qutblanish

  • Elektron qutblanish. Qutblanishning bu turi atomdagi elektron yoki ion qobig‘ining siljishi natijasida sodir bo‘lib, katta tezlikda (10-15 s) kechadi va qiymat jixatidan yorug‘likning singdirish ko‘rsatkichi kvadratiga (n 2) tengdir.
  • Agar kondensator manbadan ajratilsa, elektron qobig‘i siljishi natijasida paydo bo‘lgan dipollar o‘sha zaxoti yoqoladi va agar manbaga ulansa, bir laxzada paydo bo‘ladi. Shuning uchun bunday dipollar bikr dipollar deyiladi va ularning paydo bo‘lish jarayoni elektron qutblanish deyiladi.
  • Elektron qutblanish barcha dielektriklarda kuzatiladi. Dielektrikdagi atom va elektronlar musbat elektrod (anod) tomon siljiydi.
  • Elektron qutblanishda elektr energiyasi sarf bo‘lmaydi. Bunday qutblanish neft moylarida va qattiq dielektriklar kuzatiladi.

Ionli qutblanish.

  • Ionli qutblanish.
  • Kristall panjarali qattiq jismlarda bo‘sh bog‘langan ionlar bo‘ladi. Bu ionlarning siljishi natijasida ionli qutblanish ro‘y beradi.
  • Ionli qutblanish elektron qutblanishga nisbatan kuchliroq kechadi va ε ning qiymati 5÷30 oraligida bo‘ladi.
  • Shuni yodda tutish kerakki, ion qutbanishida energiya isrofi kuzatilmaydi, chunki qutbanishga sarflanadigan energiya manbaga to‘liq uzatiladi. Faqat yuqori chastotalarda ionlarning rezonansi xisobiga materiallarda elektr energiya isrofi kuzatiladi.

Dipol relaksatsiya qutblanish

  • Bu qutblanish turi betartib issiqlik xarakatida bo’lgan zarrachalar (dipol molekulalari) elektr maydoni ta’sirida o’z yo’nalishlarini o’zgartirish xisobiga ro’y beradi.
  • Agar molekulyar kuchlar dipollarning maydon uzra yo’nalish olishiga xalaqit bermasa, u xolda dipol qutblanish sodir bo’ladi.

Qutblanish turlari

  • Shuni aloxida ta’kidlash joizki, dipol qutblanish gazlar (ammiak, xloroform va b), suyuqliklar (suv, monoxlorbenzol va b) va ba’zi organik qattiq dielektriklar (PE, PP, PS va b) ga xosdir.
  • Maydon kuchlanganligi uzilganda dipolning issiqlik xarakati ta’sirida tartibli susayish vaqti relaksatsiya vaqti deb ataladi.

Download 159.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling