O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi
Gazsimоn, suyuq va qattiq dielektriklardagi isrоflar
Download 159.97 Kb.
|
ETM 1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dielektriklarni teshilishi
Dielektriklarni teshilishiDielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilganda tok oqimi yuksalib, elektr energiyasining isrofi ko’payadi. Elektr izolyatsiyasi cheklanmagan qiymatdagi o’ta yuqori elektr kuchlanishiga bardosh bera olmaydi. Kuchlanish qiymati ko’tarila borishi natijasida dielektrikda teshilish sodir bo’ladi. Bunda dielektrikda tok oqimi keskin ortadi. Teshilish payitida dielektrikda sodir bo’ladigan o’ta o’tkazuvchan kanal elektrodlarning qisqa-tutashuviga olib keladi. Teshilish sodir bo’lgan joyda chaqnash yoki elektr yoyi yuzaga kelib, dielektrikning teshilgan qismida erish, kuyish, yorilish va xokozolarni kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, elektr maydonida joylashgan dielektrik o’z izolyatsion xususiyatini elektr maydoni kuchlanganligining ma’lum qiymatida yo’qatadi.Dielektrik xajmining aniq bir qismida keskin o’zgarish ro’y berishi oqibatida elektrodlar orasida dielektrik orqali katta tok o’tib, qisqa-tutashuv xodisasi ro’y beradi. Dielektrikning teshilish laxzasidagi kuchlanish teshilish kuchlanishi (Ut) deyiladi. Elektr maydoning shu laxzaga mos keluvchi qiymati esa dielektrikning elektr mustaxkamligi deyiladi. Dielektrikning elektr mustaxkamligi teshilish kuchlanishi (Ut)ning dielektrikning teshilish joyidagi qalinligi (h) ga nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni Et = U/h Kv /mm Dielektrikning elektr mustaxkamligi SN ga asosan MV/m larda o’lchanadi.Download 159.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling