- Turli xil moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning fazoviy joylashuvi xar xil bo’lishi mumkin. Agar molekulalarning barcha musbat va manfiy zaryadlarini bitta umumiy musbat va bitta umumiy manfiy zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda musbat va manfiy zaryadlarning og’irlik markazlarida joylashgan mazkur zaryadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki tushmasligi mumkin.
- Agar dielektrik molekulalarning zaryadlari bir-biriga mos tushsa (ya’ni ularning og’irlik markazlari simmetrik joylashgan bo’lsa), bunday molekulalar qutblanmagan va bunday molekulalardan tashkil topgan dielektriklar qutblanmagan dielektriklar deyiladi.
Qutbsiz dielektriklarga misollar - Masalan, bir atomli molekulalar (geliy (Не), Neon (Ne),Kripton (Кг),Ksenon (Хе)) va ikki atomli gomeoqutbli bog‘lanishli molekulalar (vodorod (Н2), Kislorod (О2), Hlor (Сl2), Azot (N2) Etilen (С2Н4)) lar qutbsizdir. Qutbsiz bog‘lanishli dielektriklarga Parafin, Ftorplast, Poliizobutilen,Eksapon, neftli izoluatsiya moyi va b. kiradi. Tetraform (ССl4), Benzol (С6Н6), Toluol(С7Н8),Oltingugutr, Olmos ham qutbsiz dielektriklar xisoblanadi.
- Qutbsiz molekulalarda dipol yelkasi 1=0 bo’lgani uchun molekulaning dipol momenti =0 bo’ladi.
Qutbli dielektriklar - Agar dielektrikdagi molekulalarning og’irlik markazlari nosimmetrik joylashgan bo’lsa, bunday molekulalar qutblangan va ulardan tashkil topgan dielektriklar qutblangan dielektriklar deyiladi. Masalan, ammiak (N, H3), Xloroform (CHCl3) Suv, Natriy xlor (NaCl), Xlorli metilen (CH3Cl),PVX (ПВХ), Tsellyuloza va uning maxsulotlari, fenolformaldegid va enoksid katronlari qutblangan dielektriklar xisoblanadi.
Dielektrik qutblanishining asosiy turlari. - Dielektrikda kuzatiladigan qutblanish asosan 2 turga bo‘linadi:
- Elektr maydoni ta’sirida juda tez sodir bo‘ladigan qutblanish. Qutblanishning bu turi elektron - ion turi deyiladi. Bu turdagi qutblanish nixoyatda tez o‘tadi. Shuning uchun dielektrikda elektr energiyasi sarflanmaydi.
- Elektr maydoni ta’sirida dielektrikda sekin o‘tib hamda sekin pasayadigan (relaksatsiya) qutblanishlar. Bunda qutblanish asta-sekin sodir bo‘lib, dielektrik qiziydi va natijada energiya sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |