O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- orfografiya
- grafema
Diakritik harflar - o‘z referentiga ega bo‘lmagan, ammo so‘z qismlari yoki fonemalarning o‘ziga xos belgisiga ishora qilish vazifasini o‘taydigan harflar.Rus- o‘zbek alifbosidagi ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari shu xususiyatga ega.
Adabiyotlar: 12 (160-164-b.) 3.4.Orfografiya -yozuv tizimining ikkinchi komponenti Orfografiya (grek. Orthos - "to‘g‘ri"+grapho - "yozaman") yozuv sistemasining grafikadan keyingi ikkinchi komponenti bo‘lib, u to‘g‘ri yozish me'yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Bunday qoidalar tizimini o‘rganadigan fan (tilshunoslikning bir bo‘limi) ham orfografiya deb nomlanadi. Grafikada bo‘lganidek, orfografiyaning ham lisoniy asosini til va nutq tashkil etadi, biroq bu ikki tizimning lisoniy asoslarida ma‘lum tafovutlar ham bor: orfografiyaning lisoniy asosi zamirida til va nutqning grafika tomonidan boshqarilmaydigan jihatlari yotadi. Masalan, kuchli pozitsiyada “b” fonemasining tipik ottenkasi (bozor, abror, lobar leksemalaridagi jarangli “b” ko‘rinishi), kuchsiz pozitsiyada esa shu fonemaning notipik ottenkasi (obkash >opkash, ketib> ketip so‘zlaridagi “b”ning jarangsizlashgan —p” ko‘rinishi) qatnashadi. Birmchi holatning yozuvdagi ifodasi grafika tomonidan boshqariladi (b grafemasining jarangli “b” fonemasini ifodalashi grafikada kodlashtirib qo‘yilganligi uchun), ikkinchi holatning yozuvdagi ifodasi esa grafika tomonidan boshqarilmaydi, chunki “b” fonemasining kuchsiz pozitsiyadagi ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash usullari - orfografiya prinsiplari grafikada nazarda tutilmagan. Bunday usullarni (orfografiya prinsiplarini) tanlash va qo‘llash orfografiyaning vazifalari doirasiga kiradi. Bundan tashqari, so‘z qismlarini satrdan satrga ko‘chirish, bosh va kichik harflarni qo‘llash, allomorflardan qaysilarini orfogramma uchun asos (referent) qilib tanlash, qo‘shma so‘z komponentlarini qo‘shib yoki ajratib yozish, jult va takroriy so‘zlar imlosini me‘yorlashtirish kabi qator masalalar ham borki, ularni boshqarish orfografiya zimmasiga yuklanadi. Bu ikki tizimning asosiy birliklari ham o‘zaro farqlanadi: grafik tizimning asosiy birligi grafema bo‘lsa, orfografiyaning asosiy birligi orfogrammadir. Orfogramma - so‘zlarning yoki so‘z tarkibidagi fonema va morfemalarning imlo qoidalariga muvofiq yozilgan adabiy-orfografik shakli.Bunday shakllar (orfogrammalar) so‘zlarning yoki so‘z tarkibidagi fonema va morfemalarning til va nutqdagi ko‘rinishlaridan birini adabiy-orfografik me’yor qilib tanlanishiga asoslanadi. Masalan, arpa, asal so‘zlarining yozma shaklida orfogramma yo‘q, chunki bu so‘zlarning yozilishini grafikaning o‘zi boshqaradi; maqsad so‘zining yozma shaklini me’yorlashtirishda esa ikki xil holatdan birini asos sifatida tanlash zarurati paydo bo‘ladi: maqsad (fonematik prinsipga asoslangan shakl)- maqsat (fonetik prinsipga asoslangan shakl). Hozirgi o‘zbek orfografiyasida birinchi holat (fonematik prinsipga asoslangan shakl) imlo uchun asos sifatida tanlangan, demak, bu so‘z tarkibidagi “d” orfogramma sanaladi, uni talaffuziga moslab “t” harfi bilan yozish imloviy xato hisoblanadi. Bunday holatlar o‘zak va affiksal morfemalarning imlosida ham uchrab turadi. Chunonchi, sifatdosh yasovchi —-gan” affiksi nitq oqimida —-gan”, —-kan”, —-qan” shakllarida namoyon bo‘ladi: borgan, ekkan, oqqan kabi. Bulardan birinchisida (borgan sifatdoshida) orfogramma yo‘q (“-gan”ning til va nutqdagi ko‘rinishlari o‘zaro farqlanmagani uchun); ekkan, oqqan so‘zlarining yozma shakllarida esa orfogramma bor: ularda “-kan” va “-qan” allomorflari adabiy-orfografik me‘yor uchun asos qilib belgilangan, demak,til va nutqdagi uchta morfning(“-gan”,“-kan” va “-qan”ning) faqat talaffuzdagi ko‘rinishlari orfogrammaga asos qilib tanlangan. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling