O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet128/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonematik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra harflar (yoki grafemalar) so‘z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanadi. Chunonchi, kitob, omad so‘zlarining oxiridagi "b" va "d" fonemalari jarangsiz "p" (kitop) va jarangsiz "t" (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda "b" (kitob) va "d" (omad) harflari bilan yoziladi.

O‘zbek tilshunosligida "fonematik prinsip" tushunchasi va atamasi XX asrning oxirrog‘idan qo‘llana boshlandi, bungacha u morfologik prinsip bilan bir hodisa sifatida izohlanib kelingan.
Rus tilshunosligida yozuvning fonemaga tayanishi haqidagi dastlabki fikr 1928-yilda N.F. Yakovlev tomonidan aytilgan edi, ammo u bu fikrni orfografiyaga nisbatan emas, yozuvning o‘ziga nisbatan bildiradi. Orfografiyaga nisbatan bu fikr birinchi marta 1930-yilda R.I. Avanesov va V.N. Sidorovlar tomonidan bildiriladi: ular imloning bu tamoyilini fonologik prinsip deb atashadi.
Rus tili imlosining fonematik xarakteriga oid nazariya esa dastlab I.S. Ilyinskaya va V.N. Sidorovlarning maxsus maqolasida ancha keng yoritilgan. Keyinroq bu prinsip A.A. Reformatskiy tomonidan shunday ta'riflanadi: "Yozuvning fonematik prinsipi shundan iboratki, unga ko‘ra har bir fonema qaysi pozitsiyada qo‘llangan bo‘lishidan qat'i nazar o‘ziga biriktirilgan harf bilan ifodalanadi".
3.Morfologik prinsip yoki analogiya prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘zning ma'noli qismlarini (o‘zak va affiks morfemalarini),ular qanday talaffuz qilinishidan qat'i nazar, asliga (tipik shakliga) mos ravishda yozishni talab qiladi. Chunonchi, "g" bilan boshlangan "-ga", "-gan", "-gani", "-guncha"
qo‘shimchalari "sh","t","p", "s" kabi jarangsiz undoshlar bilan tugagan o‘zaklarga qo‘shilganda "-ka", "-kan", "-kani", "-kuncha" shakllarida talaffuz qilinsa-da,
morfemalarning asl shakllariga mos ravishda "-ga", "-gan", "-gani", "-guncha" yoziladi. Qiyos qiling: ishga (yozuvda) - ishka (talaffuzda), ketgan (yozuvda) - ketkan (talaffuzda), ketguncha (yozuvda) - ketkuncha (talaffuzda), topgan (yozuvda) - topkan (talaffuzda), misga (yozuvda) - miska (talaffuzda) kabi.
Eslatma: "q","k" bilan tugagan so‘zlarga "g" bilan boshlangan affikslarning qo‘shilishida bu qoidaga amal qilinmaydi: ular rus-o‘zbek yozuvida ham,lotin- o‘zbek yozuvida ham talaffuziga ko‘ra (fonetik prinsip asosida) yoziladi. Qiyos qiling: оц+ган, oq+gan(asl shakli) - oKKaH,oqqan(talaffuzda) - OKKaH,oqqan (ad.- orf.yozuvda), 3K-ran,ek-gan (asl shakli) - 3KKaH,ekkan (talaffuzda) - 3KKaH,ekkan (ad.-orf.yozuvda).

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling